Umumiy biologiya 10. Variant 1
Umumiy biologiya – 10. Variant – 36
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Umumiy biologiya – 10. Variant – 36.Turga xos belgi – xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhi qanday ataladi? A)korrelyatsiya B)shaxsiy o`zgaruvchanlik C)tur xili D)shubhali tur “Oraliq formalar”ni Darvin qanday atagan? A)korrelyatsiya B)shaxsiy o`zgaruvchanlik C)tur xili D)shubhali tur Yashash uchun kurashning qanday xillari mavjud? A) tur orasidagi B) tur ichidagi C) anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashi D) barchasi Ba`zi bir o`simlik va hayvon turlari o`zidan bir qancha nasl qoldiradi. Biroq naslning barchasi voyaga yetavermaydi. Bunga sabab nima? A) har bir individ uchun oziq, makon va boshqa hayot uchun zarur bo`lgan omillar yetishmasligi. B) tur ichda yashash uchun kurashning kelib chiqqanligi C) turlararo yashash uchun kurashning mavjudligi D) anorganik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashning mavjudligi. Turlararo kurashga misollarni ko`rsating. A) yirtqich hayvon bilan o`txo`r hayvon B) parazit bilan “xo`jayin” organizm C) o`txo`r hayvonlar bilan hasharotlar, qushlar o`rtasida D) A.B.C Markaziy Osiyoda keyingi vaqtda qaysi qushning ko`payishi boshqa qushlarning sonini kamayishiga sabab bo`lmoqda? A) varakushka B) hind maynasi C) chug`irchiq D) kurapatka Parazitlik qilib hayot kechirish yashash uchun kurashning qaysi turiga mansub? A) tur ichidagi B) turlararo C) anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurash D) barchasi Tur ichidagi kurashga misollar keltiring: 1) zich ekilgan rediskalar, sholg`omlar, turplar orasida. 2) bir yoshdagi teraklardan keng shox-shabba yozganlari quyosh nurini saqlab qolib, ildiz sistemasi orqali yerdan suv va undagi oziq moddalarni shimib oladi, buning natijasida qo`shni teraklar o`sishdan orqada qoladi. 3) Nasl qoldirish uchun hayvonlar orasidagi qisqa olishuv. Qushlar orasidagi yemish va in ustidagi kurash, 5) Och qolgan cho`chqalarning o`z bolalarini yeb qo’yishi A)barchasi B)1,2, C)3,4 D)3.5 Sun`iy yo`l bilan barpo etiladigan o`rmonlarda tuproqqa nima solinadi? A)g`ong B)ozuqa C)mikoriza zamburug`ining gifalari D)foydali daraxt urug`lari Dub, qayin, buk daraxtlarining o`sishi uchun zarur bo`lgan organizmni toping. A)mikoriza B)go`ng zamburug`i C)qichitqi o`t kapalagi D)bakteriya Organizmlarning ... ni hamma joyda ko`rish mumkin. tur orasidagi B) tur ichidagi C) anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurashi D) barchasi Qaysi misollar turlararo kurashni ifodalaydi? 1.Tulki bilan quyon orasidagi kurash; 2.Toshbaqalarning yozgi va qishki uyquga ketishi; 3.Kiyiklarning erkaklari orasidagi «jang»; 4.Zarpechakning madaniy o'simliklarni «bo'g'ishi»; 5.Issiq kunlarda yantoqda barg to'kilishi; 6.Tulkilarning o'lja talashishi; 7.Maynalarning har xil ozuqa bilan oziqlanishi.A) 1, 3, 5, 7; B) 2, 4, 6, 7; C) 1, 4, 6, 7; D) 1, 4, 7; E) 1, 3, 5, 6. Quyidagi qaysi misollar tur ichidagi kurashni ifodalaydi? 1.Tulki bilan quyon orasidagi kurash; 2.Toshbaqalarning yozgi va qishki uyquga ketishi; 3.Kiyiklarning erkaklari orasidagi «jang»; 4.Zarpechakning madaniy o'simliklarni «bo'g'ishi»; 5.Issiq kunlarda yantoqda barg to'kilishi; 6.Tulkilarning o'lja talashishi; 7.Maynalarning har xil ozuqa bilan oziqlanishi A) 1, 3; B) 3, 6; C) 1, 4;D) 5, 6; E) 2, 4. 14.Quyidagi qaysi misollar organizmlarning abiotik muhitning noqulay sharoitiga qarshi kurashni bildiradi? 1.Tulki bilan quyon orasidagi kurash;2.Toshbaqalarning yozgi va qishki uyquga ketishi; 3.Kiyiklarning erkaklari orasidagi «jang»; 4.Zarpechakning madaniy o'simliklarni «bo'g'ishi»; 5.Issiq kunlarda yantoqda barg to'kilishi; 6.Tulkilarning o'lja talashishi; 7.Maynalarning har xil ozuqa bilan oziqlanishi A) 2, 5; B) 1,3; C) 5, 7; D) 4, 6; E) 2, 4. Zararkunanda a) va ularga qarshi biologik kurashda foydalanuvchi b) hasharotlarni juftlab ko`rsating. 1)xasva 2)mikrofanus 3)olma qurti 4)tillako`z 5)ko`sak qurti 6)trixogramma 7)shira 8)afelinus 9)tugmachaqo`ng`iz – podaliya 10)entobakteriya A)a-1,3,5,7 b-2,4,6,8,9,10 B)a-2,4,6,8,9 b-1,3,5,7,10 C)a-1,3,5,9 b-2,4,6,7,8,10 D)a-2,3,5,7 b-1,4,6,8,10 Quyidagi hasharotlar ichidan foydalilarini ajrating. 1)xasva 2)mikrofanus 3)olma qurti 4)tillako`z 5)ko`sak qurti 6)trixogramma 7)shira 8)afelinus 9)tugmachaqo`ng`iz – podaliya 10) entobakteriyalar A)1,3,5,7,10 B)2,4,6,8,9,10 C)1,2,4,8,10 D)2,4,6,7,9,10 Zararkunanda hasharotlarga qarshi qaysi qushlardan foydalanisladi? A)chug`urchuq, chittak B)qarchig`ay, chittak C)bo`yog`li, chug`urchuq D)bo`yqush, chittak Chetdan changlanuvchi o`simliklardan yuqori hosil olish uchun qaysi hasharotdan foydalaniladi? A)kapalak B)ari C)asalari D)qo`ng`iz Ko`l va suv havzalarida baliqlarni sun`iy yo`l bilan urchitish maqsadida avvalo ular qanday organizmlardan tozalanishi kerak? A)yirtqich va uncha ahamiyati bo`lmagan baliqlardan B)cho`rtan va gambuziya C)A va B D)qunduz va nutralardan Yashash uchun kurashda foydali belgi-xossalarga ega organizmlarning yashab qolishi, bunday belgi-xossalarga ega bo'lmaganlarning nobud bo'lishini Darvin ... deb nomladi ? A) tur ichidagi B) turlararo C) anorganik tabiatning noqulay sharoitiga qarshi kurash D) tabiiy tanlanish Tabiiy sharoitda yashaydigan o'simlik va hayvonlarning har bir individida shaxsiy o'zgaruvchanlik sodir bo'ladi. Shaxsiy o'zgaruvchanlik organizmda necha ko'rinishda namoyon bo'ladi? A)2. B) 3. C) 4. D)5 Ziyon o'zgaruvchanlikka ega organizmlar shaxsiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ... bo'ladi. A) nobud B) yashab C) ko`rinmaydigan D) uzoq yashamaydigan Foydali o'zgaruvchanligi bor individlar birmuncha afzalliklarga ega bo'lgani sababli ... bo`ladi. A) nobud B) yashab C) ko`rinmaydigan D) uzoq yashamaydigan Sun'iy tanlashni ... olib borsa, tabiiy tanlanishni ... boshqaradi. A) inson/tabiat B) tabiat/inson C) yashash uchun kurash/inson D) konvergensiya/divergensiya Sun'iy tanlash tufayli chiqarilgan nav va zotlarda ... uchun foydali belgi-xossalar yaxshi rivojlangan bo'ladi. A) tabiat B) inson C) organizm D) barchasi Suniy tanlashni inson olib borsa, tabiiy tanlashni... boshqaradi? A) tabiat B) organizm C) inson D) konvergensiya Tabiiy tanlanishda inson manfaati emas, balki... manfaatlari birinchi o` rinda turadi. A) organizm B) tabiat C) tur D) zot va nav Yirtqich 1) va unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan 2) baliqlarnini toping A)1-karp, gambuziya B) 1-cho`rtan, 2-gambuziya C)1-treska,2-seld D)1-zog`ora, 2-laqqa Xasva, olma qurti, ko`sak qurti, shira bitlari kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi qaysi organizmlardan foydalaniladi? 1)mikrofanus, 2)oltinko`z, 3)trixogramma, 4)afelinus, 5)podoliya, 6)entobakteriyalar A)1,2,3,4,5,6 B)1,3,5,6 C) 2,4,7,8 D) 1,2,3,6 Podaliya tirik organizmlarning qaysi sinfi va turkumiga mansub?A)hasharot/qo`ng`izlar B)hasharot/tangachaqanotlilar C)bo`g`imoyoqlilar/hasharot D)moluska/shilliqlar Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling