Umumiy biologiya 10. Variant 1


Umumiy biologiya – 10. Variant – 32


Download 0.67 Mb.
bet33/57
Sana02.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1672209
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Bog'liq
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2

Umumiy biologiya – 10. Variant – 32.


  1. ... morfologik, fiziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari bilan o`xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma`lum yashash sharoitiga moslashgan hamda tabiatda o`z arealiga ega bo`lgan organizmlar yig`indisi. Jumlani to`ldiring. A)tur B)populatsiya C)biogeosenoz D)biosfera

  2. Areal nima? A)tur ishg`ol qilgan maydon B)turning boshqa populatsiyalardan ayrim belgi va xossalari bilan farq qiladigan, nisbatan alohidalashgan tizim C)bir- biridan ozmi-ko`pmi tavofut qilgan individlar yig`indisi D)populyatsiya individlari tarqalgan muhit

  3. Tur tarqalgan maydon juda katta joyni egallagan bo`lib, maydonning turli qismlarida muhit turlicha bo`ladi. Shu bois unda yashovchi individlar bir turga kirsa ham o`z xususiyatlari bilan bir biridan farq qiladi. Shuning uchun har qanday biologik tur ... hisoblanadi. A)o`zgarmas B)politipik C)monotipik D)filotipik

  4. Qanday turlar bir-biridan nisbatan alohidalashgan, erkin chatishib nasl beradigan kenja turlar va populatsiyalardan tashkil topadi? A)biologik B)politipik C)monotipik D)filotipik

  1. Tor arelda yashovchi turlarga nisbatan keng arealda yashovchi turlar ... sanaladi. A)o`zgarmas B)politipik C)monotipik D)filotipik

  2. Evolyutsion ta`limotda qaysi muammo markaziy o`rinda turadi? A)tur B)populatsiya C)biogeosenoz D)biosfera

  3. Qaysi tushuncha xilma-xil o`simlik va hayvonlarni tizimga solishda, klassifikatsiyalashda muhim sistematik birlik sifatida qo`llaniladi? A)tur B)populatsiya C)biogeosenoz D)biosfera

  4. Qaysi sistemetik birlikni birinchi marta ingliz olimi Djon Rey fanga kiritgan? A)tur B)populatsiya C)biogeosenoz D)biosfera

  5. Qaysi olim tabiatda turning real mavjudligini tan olgan, lekintur o`zgarmas deb hisoblagan? A)Djon Rey B)K.Linney C)J.B.Lamark D)Ch.Darvin

  6. Kim tabiatda turning realligini tan olmagan holda tabiatda faqat individlar mavjud deb hisoblagan? A)Djon Rey B)K.Linney C)J.B.Lamark D)Ch.Darvin

  7. Tabiatda turlar paydo bo`ladi, yo`qoladi, o`zgaradi, bir tur yangi turning paydo bo`lishiga asos bo`ladi, deb aytgan olimni toping. A)Djon Rey B)K.Linney C)J.B.Lamark D)Ch.Darvin

  8. Qaysi mezon bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tuzilishining o`xshashligini ifodalaydi? A)morfologik B)fiziologik C)biokimyoviy D)geografik

  9. Qora qarg`a va ola qarg`a morfologik mezon bo`yicha qanday turga mansub? A)bir xil B)har xil C)politipik D)monotipik

  10. Chittaklar oilasidagi tojdor chittak, katta chittak, lazorevka chittagi, moskovka chittagi qaysi mezon asosida farqlanadi va ular o`zaro qanday tur? A)morfologik/har xil tur B)fiziologik/bir xil tur C)biokimyoviy/har xil tur D)geografik/har xil tur

  11. Morfologik jihatdan bir biriga juda o`xshash, lekin o`zaro chatishmaydigan turlar qanday ataladi? A)oraliq turlar jinsiy diformizm C)qiyofadosh turlar D)shubhali turlar

  12. Qaysi mezon turlarni aniqlashda uzoq vaqt asosiy va yagona o`lchov hisoblangan? A)morfologik B)fiziologik C)biokimyoviy D)geografik

  13. Qiyofadosh turlari 2 tadan bo`lgan organizmlarni toping. 1)drozofilla 2)bezgak chivini 3)qora kalamush 4)dala sichqoni 5)shoxdor qo`ng`iz 6)ninachi

A)2,4,6 B)1,3,5 C)1,2,6 D)1,2,3

  1. Bir turga mansub individlarda hayotiy jarayonlar: oziqlanish, nafas olish, ayirish, o`sish, ko`payish, rivojlanishning o`xshashligini aks ettiruvchi mezon? A)morfologik B)fiziologik C)biokimyoviy D)geografik

  2. Har xil tur vakillari bir-biri bilan chatishmaydi, chatishsa ham nasl bermaydi yoki nasli bepusht bo`ladi. Turlarning chatishmasligi jinsiy organlar tuzilishidagi farqlar, ko`payish muddatlarining turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Lekin tabiatda shunday turlar borki, ular har xil turga mansub bo`lsa ham erkin chatishib nasl beradi. Ular qaysilar? 1)terak va tollar 2)it va bo`rilar 3)kanareykalarning har xil turi 4)karam va turp 5)bug`doy va javdar 6)bug`doy va bug`doyiq A)3,5,6 B)1,2,3 C)4,5,6 D)1,3,6

  3. Har xil turga kiruvchi organizmlar o`zlarining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qilishi qaysi mezon

bilan tushuntiriladi? A)morfologik B)fiziologik C)biokimyoviy D)geografik

  1. Quyidagi jumla qaysi mezonning to`liq, mukammal ekanligini inkor qiladi? ”Turlarni aniqlashdagi asosiy farq har bir tur uchun xos irsiy material va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdorining o`ziga xosligidadir” A)morfologik B)fiziologik C)biokimyoviy D)geografik

  2. Qiyofadosh turlar qanday sinf organizmlari orasida ham uchraydi? 1)suvda va quruqda yashovchilar 2)reptiliyalar, 3)qushlar 4)sutemizuvchilar 5)baliqlar 6)hasharotlar 7)o`rgimchaksimonlar 8)qisqichbaqa- simonlar A)2,3,4,6,7,8 B)1,2,3,4 C)5,6,7,8 D)1,2,5,8

  3. Organizmlarning qaysi turga mansubligini aniqlash uchun ulardagi ... farqini belgilash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lishi munkin. A)oqsilar B)xromasomalar C)nuklein kislotalar D)genetik kod

  4. Turga xos belgi-xossalar yig`indisiga ... deyiladi?

A) tur mezonlari B) morfologik mezon C) genetik mezon D) ekologik mezon

  1. Tashqi tomondan bir-biriga oxshash, lekin o`zaro chatishmaydigan organizmlar nima deyiladi?

A) qiyofadosh turlar B) intim turlar C) genetik turlar
D) ekologik turlar

  1. Bir turga kiruvchi individlarning tashqi tomondan o`xshashligini ifodalovchi mezon bu - A) genetik

  1. morfologik C)fiziologik D)biokimyoviy

  1. Qaysi organizmlarda ikkitadan qiyofadosh turlar aniqlangan? A)drozofilla B) qora kalamush

  1. tovushqon D) A,B

  1. Bir turga kiruvchi individlarga hatotiy jarayonlar , ayniqsa, ko`payishining o`xshashligi ga bog`liq bo`lgan mezon bu -... A) fiziologik B)morfologik C)etologik D)geografik

  2. Har xil turga kiruvchi organizmlar o`zining oqsil, uglevod, lipid, nuklein kislota va boshqa belgilari bilan farqlanishi qanday mezon? A) genetik B) biokimtoviy C)etologik D)geografik

  3. Tur tarqalgan maydonning katta kichikligi va unda organizmlarning joylashish areali bilan bog`liq bo`lgan mezon bu- ... A) genetik B)morfologik C)etologik D)geografik

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling