Umumiy doc


сигнализаторининг схемаси


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

сигнализаторининг схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


184 
Idishlardagi sochiluvchan moddalarning yuqori va quyi sathlarini nazorat qilish 
uchun bitta (BKS-2.1) yoki ikkita (BKS-2.2) sath datchiklari bilan bir komplektdagi 
BXS-2 bloki asosida qurilgan sath signalizatorlari (rele) o‘zini oqladi. Nazorat 
bloklari uchqundan xavfsiz qilib ham chiqariladi (BKS-24 turidagi). 
Sath signalizatorlari sifatida ulchashning rezonans sxemali (ko‘prikli emas) 
sig‘imli signalizatorlaridan foydalanish mumkin, masalan, ESU-1, ESU-2 va boshqa 
turlaridan. 
Bunday qurilmalarda elektrod 1 va bunker devori 2 (5.16-rasm) dan tuzilgan 
sig‘imli o‘zgartkich induktivlik g‘altagi L bilan birga tebranish konturini tashkil 
etadi. Uning rezonans chastotasi o‘zgartkich sig‘imi bilan, ya’ni sathning qiymati 
bilan aniqlanadi. Konturning rezonans chastotasi bilan generator G ning kuchlanish 
chastotasi (sathning chegaraviy qiymatiga mos kelgan) ustma-ust tushsa, R rele 
sinalizasiya sxemasini ulaydi. 
Akustik sath signalizatorlari zarrachalar o‘lchami 2 dan 200 mm gacha bo‘lgan 
sochiluvchan va bo‘lakli moddalarning sathini kontaktsiz avtomatik signalizasiyalash 
uchun qo‘llaniladi. EXO turidagi signalizator akustik o‘zgartkichdan, uzatuvchi 
o‘zgartkichdan va releli chiqishdan iborat. Signalizasiya oralig‘iga bog‘liq holda turli 
xil akustik o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. Sathdan qaytgan impulslar generatordan 
kelayotgan impulslardan vaqt oralig‘ining farqi bilan belgilanadi. Keyin moslashish 
sxemasidan chiqish signali chiqish qurilmasiga keladi, u erda rele qurilmasini ishga 
tushuruvchi o‘zgarmas tokning chiqish kuchlanishi shakllanadi. 
Sath o‘lchashning bir qator uslub va vositalari (radioizotopli, rezonansli
konduktometrik va boshq.) mavjud bo‘lib, ular qurilmasi murakkab bo‘lganidan yoki 
o‘lchanayotgan muhitning tavsifiga ko‘p jihatdan bog‘liqligidan, yoki oziq-ovqat 
mahsulotlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lganidan sanoatda amalda deyarli 
qo‘llanilmaydi, shunga qaramay ular yuqori metrologik xossalarga ega. 
5-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. 
Moddalar sathini o‘lchash 
2. 
Qalqovichli sath o‘lchagichlari 
3. 
Gidrostatik sath o‘lchagichlari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


185 
4. 
Elektr sath o‘lchagichlari 
5. 
Ultratovushli sath o‘lchagichlari
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Moddalarni sathini o‘lchash usullarini izohlab bering. 
2. Qalqovichli sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 
3. Gidrostatik sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 
4. Elektr sath balandligi o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 
5. Ultratovushli sath o‘lchagichlari qanday sanoat tarmoqlarida ishlatiladi? 
6. Sochiluvchan moddalar sathini qanday o‘lchash mumkin? 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling