Umumiy doc
-§. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мембранали
5.8-§. SOCHILUVCHAN MODDALAR SATHINI O‘LCHASH
5.14 – расм. Радиолокацион сатҳ ўлчагичи схемаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 182 Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda turli shakldagi va hajmdagi idishlardagi sochiluvchan moddalar sathni o‘lchash — suyuq moddalar sathni nazorat qilishga nisbatan ancha murakkab masaladir. Bu sochiluvchan moddalarning idishlarni to‘ldirishda va bo‘shatishda gorizontal sirtga ega bo‘lmay, balki sochiluvchan moddaning zarrachalari orasidagi ishqalanish va ma’lum bir ilashish natijasida qiyaliklar hosil qilishi bilai bog‘liq. Sochiluvchan muhitlarning idish tubiga va devorlariga bosimi sathning balandligiga mutanosib emas, chunki sochiluvchan materiallarga Paskal qonuni ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik sochiluvchan materiallar (ayniqsa sement, qum, selitra, shakar, un, tuz va shularga o‘xshash) saqlashda sochiluvchanligini yo‘qotadi, ya’ni yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘ladi. Bulardan tashqari, ular idishlarning sirtiga va sath o‘zgartkichlari sezgir elementlariga yopishishi mumkin, bu esa yopishqoqlik bilan birga materialning qiya va ba’zi hollarda vertikal tekisliklarda osilib turishiga olib keladi. Ba’zi sochiluvchan moddalarning (bug‘doy, tuz va boshqalar) abrazivligi bunkerlarda o‘rnatiladigan sath datchiklarini tez ishdan chiqaradi, uyumli moddalar esa ularni mexanik shikastlantirishi mumkin. Bir qator sochiluvchan moddalar (tuz, un, konsentrlangan ozuqalar, oltingugurt va boshqalar) idishlarda muvozanatli, oson alangalanuvchan, ma’lum sharoitlarda esa portlash xavfi bo‘lgan changni hosil qiladi. SHuning uchun elektr sath o‘lchagichlar, faqat portlash xavfi bo‘lmaydigan hollarda qo‘llanilishi mumkin. Sochiluvchan muhitlarni o‘lchash sharoitlarining va tavsiflarining turlichaligi sochiluvchan materiallar sathini o‘lchaydigan asboblarning katta nomenklaturasini belgilaydi: mexanik, kontaktli-mexanik, vaznli, qalqovichli, elektrik, radioizotopli, ultratovushli va boshq. SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, suyuk muhitlarning sathni o‘lchovchi yuqorida qarab chiqilgan bir qator asboblardan sochiluvchan moddalarning sathini o‘lchash uchun foydalanish mumkin. Biroq sochiluvchan moddalar sathini nazorat qiluvchi ommaviy chiqarilgan asboblar sanoatda TJABT ni 5.14 – расм. Мембранали Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling