Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

анализаторининг схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


193 
manbaidan (STM) ta’minlanadi. Qarshilik R5 ko‘prik manbaining tok kuchini 
o‘rnatish uchun xizmat qiladi; Rl va R2 doimiy manganin qarshiliklar. 
O‘lchashning termomagnit usulida xatolar, asosan, quyidagi sabablarga ko‘ra 
sodir bo‘ladi: 
a) 
atrof-muhit haroratining o‘zgarishi natijasida gaz aralashmasining 
magnitlanishi o‘zgaradi; 
b) 
sezgir element issiqligining o‘zgarishi (o‘lchash ko‘prigi manbai 
kuchlanishining o‘zgarishi); 
v) 
tekshirilayotgan gaz aralashmasi yoki atmosfera bosimining o‘zgarishi; 
g) 
magnitlarning eskirishi natijasida magnit maydoni kuchlanishining 
o‘zgarishi. 
Sezgirlikni 
oshirish 
va 
xatoliklarni 
kamaytirish 
uchun 
sanoatda 
foydalaniladigan gaz analizatorlarida o‘lchash va taqqoslash ko‘priklarining tegishli 
elkalariga ulangan ikkita halqali kompensasion o‘lchash sxemalari qo‘llaniladi. 
Tahlil qilinayotgan gaz harorati va bosimining o‘zgarishi, shuningdek, o‘lchash 
sxemasini ta’minlovchi kuchlanishning o‘zgarishi har qaysi ko‘prikning o‘lchash 
diagonallaridagi kuchlanishiga bir xilda ta’sir etadi, shuning uchun gaz 
analizatorining ko‘rsatishlariga bu o‘zgarishlar ta’sir qilmaydi. 
Tutun gazlaridagi kislorod miqdorini uzluksiz aniqlash uchun MN 5106-1 
turidagi termomagnit gaz analizatori ishlatiladi, uning o‘lchash chegaralari bir nechta 
bo‘lib, ulardan eng maksimali 0—10%. YUqorigi o‘lchash chegarasining asosiy 
xatoligi ±2%. MN 5130-1 rusumli gaz analizatori ikki yoki uch komponentli gaz 
aralashmalaridagi kislorod konsentrasiyasini uzluksiz o‘lchash va standart elektr 
signallari berish uchun mo‘ljallangan. Signal berish qurilmasi bilan jihozlangan. 
O‘lchash natijalarini ko‘rsatish va yozish uchun gaz analizatori bilan birgalikda 
ikkilamchi o‘ziyozar asbobdan foydalaniladi. Kislorodni o‘lchash chegaralari 0—0,5 
dan 80— 100% gacha. Asosiy xatolik ±2dan 10% gacha (o‘lchash chegaralariga
qarab). Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 12 sm
3
/s, bosimi 90—105 kPa.O‘lchash 
vaqti 120 s. CHiqish signallari 0-5 mA, 0—100 mV. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling