Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Бир нурли ултрабинафша
компенсацион газ
анализаторининг схемаси. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 198 oqimi, chap silindriga esa zaiflashmagan oqimi kiradi. Bu esa silindrlardagi gaz harorati va bosimining farqlari hosil bo‘lishiga olib keladi. Obtyurator uzluksiz nur chiqarib turganida nur qabul qilgich silindrlaridagi gaz soviydi va bosim kamayadi, natijada silindrlarda bosimning vaqti-vaqti bilan pulsasiyalanishi yuz beradi. Gaz analizatorning ko‘rsatishlari aniqligini oshirish uchun silindrlariga inert gazlari qo‘shilgan tahlil qilinayotgan gaz to‘ldiriladi. Hyp qabul qilgichning silindrlari faqat tahlil qilinayotgan komponent va infraqizil nurlarga inert bo‘lgan azot bilan to‘ldirilgani uchun bosimning pulsasnyalanishi faqat tahlil qilinayotgan gaz yutadigan nurlanish spektri hisobigagina vujudga keladi. SHunday qilib, asbobda tanlab yutishga va tahlil qilishga erishiladi. Hyp qabul qilgich 9 da bosimning o‘zgarishi kondensatorli mikrofon 10 da o‘zgaruvchan tokka aylanadi. Bu tok kuchaytirgichida kuchaytirilib, reversiv dvigatel 12 ga beriladi va uning rotori aylana boshlaydi. Bu erda, kompensasiyalovchi kamera 13 ning qaytaruvchi porsheni biror tomonga surilib, yutuvchi qatlamning qalinligini oshiradi yoki kamaytiradi. Nur qabul qilgich silindrlariga tushayotgan nur oqimlari bir-biriga teng bo‘lib qolgan paytda nur qabul qilgichdan chiqayotgan elektr signali yo‘qoladi va dvigatel to‘xtaydi. SHunday qilib, kamera 13 porshenining vaziyati doimo tahlil qilinayotgan komponent konsentrasiyasiga mos keladi. Porshenning bu vaziyati o‘z navbatida reoxord 14 orqali ikkilamchi asbob 15 bilan qayd etiladi. Uglerod qo‘shoksidini o‘lchash chegaralari 0—1 dan O—100% gacha. Asosiy xatolik ±2,5%. Gaz aralashmasi sarfi 8,3 sm 3 /s, bosim 0,3 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 30 s. CHiqish signali 0—5 mA. Bayon qilingan OA-2209 turidagi gaz analizatori differensial (ikki nurli, ikki kanalli) kompensasiyalovchi asbobdir. Uning asosiy kamchiligi nurlatkichlarning eskirishi, ish kyuvetlarining ifloslanishi, shishalar shaffofligining o‘zgarishi va shu kabilar tufayli shkala noli vaziyatining o‘zgarib turishidir. Bevosita o‘lchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg‘unligi ancha yuqori bo‘ladi. Bu asbob differensial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi bilan farq qiladi. Masalan, metanni tahlil qilishda SO 2 , SO va namning ta’siri bir nurli asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3—5 marta kam bo‘ladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 199 Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob bug‘lari konsentrasiyasini, xlor, vodorod sulfid, azot qo‘shoksidi va boshqa moddalarning konsentrasiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Ultrabinafsha nurlarning manbai simobli lampalar bo‘lib, ular chiqargan nurlarning ko‘p qismi ultrabinafsha nurlar bo‘ladi. Nurlanishni qo‘shimcha monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular tahlil qilinayotgan modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi. Ultrabinashfa nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelementlar va fotorezistorlardan foydalaniladi. Amalda ultrabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensasiyali ikki nurli gaz analizatorlari, optik kompensasiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita o‘lchaydigan, ultrabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analizatorlari ham ishlatiladi. 6.6-rasmda bir nurli ultrabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorning blok- sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda bitta manba 1 va bitta foto qabul qilgich 8 bor. Manbaning nurlanishini elektr dvigatel 2 aylantiradigan obtyurator 3 uzadi va u qarama-qarshi fazalarda o‘zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo‘linadi. Bu oqimlarning har qaysisi tegishli optik yorug‘lik filtri — ish filtri 5 va taqqoslash filtri 6 dan o‘tadi. Filtrlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va f 1 , f 2 chastotalar chegarasida to‘plangan. Nurlarning filtrlangan oqimlari ish kyuveti 7 dan o‘tadi, bu kyuvet orqali nurlanishni f 1 chastotada yutadigan tahlil qilinayotgan gaz kyuvet 7 ga haydaladi, so‘ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da tahlil qilinayotgan, komponent bo‘lmaganida ish va taqqoslash oqimlarining jadalligi nolni rostlash 6.6 – расм. Бир нурли ултрабинафша Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling