Umumiy doc
Aerozolli-ionli gaz analizatorlari
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Aerozolli-ionli gaz analizatorlari gazni tahlil qiladigan radioizotopli
asboblarga taalluqli bo‘lib, ularda gaz muhitining fizik parametri — gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi, ionizasiyalovchi nurlanish ta’sirida bo‘lgan gazlarning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchanadi. Bu asboblarda gazning α yoki β aktiv izotop ko‘rinishidagi ichki ionizasiya manbaiga ega bo‘lgan ionizasion tok kamerasi sezgir element bo‘lib xizmat qiladi. Muhitning nazorat qilinayotgan komponenti konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘lib kameraning elektrodlari orasida ularga kuchlanish berilganda, hosil bo‘ladigan ionizasiya toki xizmat qiladi. Bu gaz analizatorlarining xususiyati shundan iboratki, ularda nazorat qilinayotgan komponent oldin aerozol holatiga keltiriladi. Bu erda, hosil bo‘ladigan aerozol zarralari soni nazorat qilinayotgan komponent konsentrasiyasiga mutanosib bo‘lib, ionizasiya tokining o‘lchanayotgan kuchining o‘zgarishini aniqlaydi. Aerozol zarralari ta’sirida kamera ionizasiya toki I ning o‘zgarishi quyidagi munosabat bilan ifodalanadi: I=I 0 ∙e -CNτr, (6.8) bu erda 1 0 — kamerada aerozol zarralari bo‘lmagandagi boshlang‘ich tok kuchi; N — Brikard doimiysi bo‘lib, uni gaz ionlarining aerozol zarralarga o‘tirish ehtimoli borligi nuqtai nazaridan aniqlanadi; S — gazdagi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 210 aerozol zarralarining konsentrasiyasi; τ — gaz ionlarining kamera ichida «yashash» vaqti bo‘lib, uni ionizasiya kamerasining tuzilishi va elektr maydonning kuchayishiga qarab aniqlanadi; r — aerozol zarralarining o‘rtacha radiusi. 6.12-rasmda aerozolli — ionli gaz analizatorining prinsipal sxemasi ko‘rsatiglan. Nurlanish manbai 1 va ionlar kollektori 3 joylashitirilgan ionizasion oqim kamerasi 2 ga gaz sarfi uyg‘otgichi bilan tahlil qilinayotgan havo so‘rib olinadi. Ayni bir vaqtda kameraga tegishli kimyoviy reagentning bug‘lari kiritiladi. Kamera ichida kimyoviy reaksiya sodir bo‘lib, buning natijasida aniqlanayotgan komponent aerozolga aylanadi. Ionizasiya toki qarshiligi katta nagruzka rezistori R da kuchlanish tushuvini vujudga keltiradi, bu kuchlanish o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 4 da kuchaytiriladi. Aerozol zarralarining konsentrasiyasiga ko‘ra o‘zgaradigan ionizasion tokning kuchi aniqlanayotgan komponent konsentrasiyasining o‘lchovi hisoblanadi. Ikkilamchi asbob 5 aniqlanayotgan komponentning konsentrasiyasini ko‘rsatadi. Asbobdan havodagi zararli moddalarni, shu jumladan azot oksidlari, vodorod xlorid, ammiak, aminlar va boshqalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Vazifasiga qarab gaz analizatorlari shkalasining yuqori chegarasi aniqlanayotgan komponentning 0,5 dan 50 mg/m 3 miqdorida o‘rnatiladi. Asosiy xatolik shkala chegarasining 10—15% i atrofida. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling