Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ionli gaz analizatorlari 
Ionli gaz analizatorlaridan havodagi zararli moddalarni aniqlashda
shuningdek, portlash xavfi bor gaz aralashmalarini nazorat qilishda foydalaniladi. 
Ular ishlash prinsipi bo‘yicha ikki guruh: alangali-ionli va aerozolli-ionli gaz 
analizatorlariga bo‘linadi. 
Alangali-ionli gaz analizatorlari organik moddalarning vodorod alangasida 
ionlashuviga asoslangan. Alangali-ionli o‘zgartkich elektr maydonga joylashtirilgan 
vodorod gorelkasidan iborat. Sof vodorod yonganida ionlar deyarli hosil bo‘lmaydi, 
shuning uchun sof vodorodning elektr o‘tkazuvchanligi juda ham past bo‘ladi. 
Organik moddalarning alangasi paydo bo‘lganida ularning ionlashuvi sodir bo‘ladi va 
alanganing elektr o‘tkazuvchanligi keskin ortadi. 
Bu gaz analizatorining prinsipial sxemasi 6.11-rasmda keltirilgan. O‘lchash 
6.11 – расм. Аланга-ионли газ анализаторининг 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


209 
elektrodlaridan biri gorelka 1 bo‘lib, unga manba 4 dan 60—300 V li o‘zgarmas 
kuchlanish beriladi, gorelka korroziyabardosh po‘lat yoki titandan tayyorlanadi. 
Ikkinchi (kollektorli deb yuritiladigan) elektrod o‘rnida yupqa devorchali silindr 
xizmat qiladi, u gorelka 1 bilan .o‘qdosh bo‘lib, nodir metallar (platina, oltin, 
titan)dan tayyorlanadi. O‘zgartkichning ionizasiya kamerasiga yonishni saqlab turish 
va vodorodning yonish mahsuloti bo‘lgan suvning kondensasiyalanishining oldini 
olish uchun havo kiritib turiladi. 
O‘zgartkich zanjirida ionizasiya tokining paydo bo‘lishiga reaksiya davomida 
elektrodlarda musbat va manfiy zaryad eltuvchilarning hosil bo‘lishi sabab bo‘ladi. 
Ionizasiya tokining kuchi 10
-7
—10
-8
A dan oshmaydi. SHu munosabat bilan 
o‘zgartkichning tok signali o‘zgarmas tok kuchaytirgichi 5 ga beriladi. 
Kuchaytirilgan signal ikkilamchi asbob 6 ga (masalan, avtomatik potensiometrga 
yoki signalizasiya qurilmasiga) keladi, bu qurilma konsentrasiya berilgan qiymatidan 
ortib ketganida signal chiqaradi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling