Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Кондуктометрнинг
икки электродли 
ўлчаш схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


221 
oshirilgan o‘zgarmas tokdan ham, o‘zgaruvchan tokdan ham
foydalanish mumkin. 
Ikki elektrodli o‘lchash yacheykasi bilan bir qatorda to‘rtta elektrodi bor 
yacheykalardan ham foydalaniladi (6.19-rasm). Tok eritmada ikki tashqi elektrodlar 1 
va 4 orasida o‘tadi, bu elektrodlar kuchlanish manbai U
1
ga ulangan bo‘ladi. Rezistor 
R ning cheklovchi qarshiligi kattaligi tufayli yacheyka zanjiridagi tok kuchi I, 
eritmaning qarshiligi o‘zgarishidan qat’iy nazar, o‘zgarmasdan qoladi. 
Ikki ichki elektrod 2 va 3 potensiometr vazifasini bajaradi va eritmada 
kuchlanish tushuvini o‘lchash uchun mo‘ljallanadi: 
∆U
2.3
=I∙R
YA

(6.13) 
bu erda R
ya
= K/σ — elektrodlar 2 va 3 orasidagi eritmaning qarshiligi (K — to‘rt elektrodli o‘lchash 
yacheykasiniig konstantasi, u elektrodlar 2 va 3 ning oralig‘iga va ular sirtining yuziga bog‘liqdir). 
Binobarin, 
σ
σ
/
'
3
,.
2
K
I
K
U
=

=

, (6.14) 
bu erda 
K=K∙I=const. 
SHunday kilib, elektrodlar 2 va 3 orasidagi potensiallar farqi nazorat 
qilinayotgan eritmaning konsentrasiyasi bilan bir qiymatda aniqlanadi. O‘lchanadigan 
6.19-расмТўрт электродли ўлчаш ячейкаси бўлган 
кондуктометрнинг схемаси
 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


222 
kattalik ∆U
2,3
muvozanatlovchi ko‘prikning a va b uchlaridagi potensiallar ayirmasi 
U
ab
bilan taqqoslanadi. Agar U
ab
≠ ∆U
2,3
bo‘lsa, u holda elektron kuchaytirgich EK 
ning kirishiga muvozanatning buzilish signali ∆U
x
=∆U
ab
—∆U
2,3
kiradi. Muvozanat 
vaqtida Uab = ∆U
2,3
bo‘ladi, bu erda, elektrodlar 2 va 3 zanjirida tok bo‘lmaydi. 
O‘lchashdagi 
harorat 
xatoliklarini 
avtomatik 
kompensasiyalashni 
muvozanatlovchi ko‘prikning elkalaridan biriga ulangan metall qarshilik termometri 
R
t
bajaradi. Nazorat qilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarganida, R
t
qarshilik ham 
o‘zgaradi, buning natijasida potensiallar ayirmasi U
ab
ham o‘zgaradi. R
t
o‘zgargandagi orttirma ∆U
ab
(∆t) nazorat kilinayotgan eritmaning harorati o‘zgarishi 
∆t tufayli hosil bo‘lgan orttirma ∆U
2,3
(∆t) ga kattaligi jihatidan teng va ishorasi 
jihatidan qarama-qarshi bo‘lishi kerak. Bu tenglikka kompensasiyalovchi ko‘prikning 
parametrlarini (R
1
, R
2
, R
3
rezistorlarning qarshiliklarini) hamda kuchlanish U
2
ni 
tanlash yo‘li bilan erishiladi. 
Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi haroratga juda bog‘liq. Eritma harorati 
1°S ga ortsa, uning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 1,5—2% ga oshadi. 
Eritmalarning harorati amalda juda keng chegaralarda o‘zgaradi, shuning uchun 
konduktometrik konsentratomerlar harorat o‘zgarishining o‘lchash natijalariga ta’sir 
qilishini bartaraf qiluvchi avtomatik kompensatorlarga ega bo‘lishi kerak. Sanoatda 
avtomatik harorat kompensatorlari eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, suyuqlikli 
kompensatorlar ularning turlaridan biridir. 
Suyuqlikli kompensator parametrlari o‘lchash yacheykasining parametrlariga 
o‘xshash elektrod datchikdan iboratdir. Kompensator elektr o‘tkazuvchanlik harorat 
koeffisienti nazorat qilinayotgan suyuqlikning harorat koeffisientiga taxminan teng 
bo‘lgan etalon suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Kompensator nazorat qilinayotgan 
suyuqlikka konsentratomerning o‘lchash yacheykasi bilan birgalikda kiritiladi. 
Kompensator ko‘prikli o‘lchash sxemasining elkasiga ulanadi. Etalov va nazorat 
qilinayotgan suyuqlikning haroratlari bir xil bo‘lganligi va harorat koeffisientlari bir-
biriga yaqin bo‘lganligi sababli haroratlar o‘zgarganida, o‘lchash yacheykasi
qarshiligining o‘zgarishini suyuqlikli kompensatorning qarshiligining o‘zgartirish 
yo‘li bilan to‘la kompensasiyalash mumkin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


223 
Sulfat kislota konsentratomeri KSO-u (6.20-rasm) eritmadagi sulfat kislota 
konsentrasiyasini nazorat qilish, qayd etish va rostlash uchun mo‘ljallangan. 
Konsentratomer elektrodli datchik 1 va ikkilamchi asbob 2 KSMZ dan iborat. 
Konsentratomerning datchigi idishdan iborat bo‘lib, uning ichiga teshiklar bilan 
yonma-yon qilib past tomoni ochiq stakan o‘rnatilgan hamda o‘lchash va taqqoslash 
yacheykalari joylashtirilgan. O‘lchash yacheykasi ikkita o‘lchash elektrodidan iborat 
bo‘lib, ularning har qaysisi elektrod kavsharlangan ochiq shisha naychadan iborat. 
Taqqoslash yacheykasi haroratni avtomatik tarzda kompensasiyalash uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, shisha naychaga kavsharlangan elektrodlardan iboratdir
naychalarga sulfat kislota to‘ldirilgan bo‘ladi, uning konsentrasiyasi esa asbob 
shkalasidagi o‘rta belgiga mos keladi. 
Elektr o‘tkazuvchanlik muvozanatdagi ko‘prik sxemasi bo‘yicha o‘lchanadi, 
o‘lchaydigan R
x
va takqoslaydigan R
t
elektrod yacheykalari ko‘prikning ikki elkasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘prik sxemasining qolgan ikki elkasini o‘zgarmas rezistorlar 
R
4
, R
5
, R
6
, R
7
va shuntlovchi rezistorlari R
2
hamda R
3
va reoxord R
1
tashkil qiladi. 
Ko‘prik sanoat chastotasidagi o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlanadi. O‘lchash 
sxemasidagi tok kuchi o‘zgaruvchan tok manbaiga parallel qilib ko‘prikning 
ta’minlash diagonaliga ulangan rezistor R
8
ni siljitish yo‘li bilan rostlanadi. 
6.20-расм. Сулфат кислота концентратометрининг 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling