Umumiy doc


Tahlil qilishning potensiometrik usuli


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Tahlil qilishning potensiometrik usuli 
Potensiometrik usul muayyan indikator elektrodlar hosil qilgan EYUK ni 
6.22-расмКонтактсиз юқори частотали 
кондуктометрнинг ўзгарткичлари:
а – сиғили; б – индуктивли. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


227 
o‘lchash yo‘li bilan ionlar konsentrasiyasining aniqlashga asoslangan. Bu erda, 
konsentrasiyani bevosita potensiallari farqini o‘lchash bilan aniqlash mumkin. 
Texnologik jarayonlarda eritma konsentrasiyasi, ko‘pincha, rN ning qiymati 
bo‘yicha o‘lchanadi: agar rN<7 bo‘lsa, kislotali; rN = 7 bo‘lsa, neytral; rN>7 bo‘lsa, 
ishqorli eritma bo‘ladi. 
Avtomatik asboblarda rN ni o‘lchash uchun elektr usuldan foydalaniladi. U 
tekshirilayotgan eritmaga botirilgan, shishadan tayyorlangan o‘lchash elektrodining 
eritma rN qiymatiga ko‘ra elektrod eritma chegarasida potensiallar farqini 
o‘zgartirishiga asoslangan. Biroq, faqat bitta elektrod va eritma o‘rtasidagi 
potensiallar farqini o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘lchash asosi ulanganida asbobni 
eritmaga ulaydigan o‘tkazgich bilan eritma orasida ham potensiallar farqi hosil 
bo‘lib, u ham eritmadagi vodorod ionlari konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. SHu 
sababli elektrod potensiallarini o‘lchashda o‘lchash elektrodi bilan bir qatorda 
yordamchi elektroddan ham foydalaniladi, uning potensiali o‘zgarmas bo‘lib, 
eritmaning hossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. YOrdamchi elektrod sifatida kalomel yoki 
kumush xlorid qoplangan elektrodlar ishlatiladi. 
Har ikki elektrod galvanik element hosil qiladi. Suvli eritmalarga tatbiq 
etiladigan Nernst tenglamasiga ko‘ra bunday galvanik elementining EYUK i, agar 
yordamchi elektrodning potensiali nolga teng bo‘lsa, quyidagi ifodadan aniqlanadi: 
E =-2,3 (RT/F)∙rN, (6.18) 
bu erda R — universal gaz doimiysi; T — eritmaning mutloq harorati, 
0
K; G‘ - 
Faradey soni. 
(6.18) tenglama shuni ko‘rsatadiki, shisha elektrodning EYUK eritmaning rN 
miqdoriga va uning haroratiga bog‘liq ekan. Eritmaning harorati o‘zgarmas 
bo‘lganida, shisha elektrodning EYUK faqat eritmaning rN miqdori funksiyasidan 
iborat bo‘ladi. Bu tenglamaga R, T va G‘ ning son qiymatlarini qo‘yib, 20°S uchun 
shisha elektrodning potensiali qiymatini (V hisobida) topamiz. 
E = -0,0581 ∙ rN. (6.19) 
6.23-rasmda tekshirilayotgan eritma 10 ga tushirilgan shisha 1 va kalomel 
elektrodlar 7 dan foydalanilgan holda eritmaning rN miqdorini o‘lchash sxemasi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


228 
ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga 
mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. SHisha elektrod shisha naychadan 
iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—0,2 mm) ichi 
kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma’lum bo‘lgan eritma 3 
to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi 
elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat 
qiladi. SHisha elektrodlarning xususiyati shundan iboratki, ularning ichki elektr 
qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°S da 100—200 mOm ga etadi. 
Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 5 
to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 6, 
to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun 
kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib 
o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o‘tib 
qolishining oldini oladi. SHunday qilib, shisha va kalomel elektrodlardan iborat rN- 
metrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo‘lib, 
ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan yig‘indi EYUK ni beradi: 
6.23-расм. Шиша ва каломел электродлари 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling