Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
кондуктометрнинг схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 225 chulg‘ami o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Elektrolit eritmasi naychada hosil qilgan berk suyuqlik o‘rami transformator Tpl ning ikkilamchi chulg‘ami vazifasini bajaradi. Suyuqlik o‘ramidagi elektromagnit ta’sirlashuv natijasida EYUK induksiyalanadi U w w E p ⋅ = 2 1 . (6.15) Bu erda ω 1 — transformator Tr 1 ning birlamchi chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni; ω 2 -suyuqlik o‘ramlari soni, odatda (ω 2 =1); U—transformator Tpl ning birlamchi chulg‘amini ta’minlovchi kuchlanish. EYUK ta’sirida suyuqlikdan o‘tayotgan tok kuchi x K w U w K x E R E Ip p p p p p 2 1 ⋅ = ⋅ = = , (6.16) bu erda R p — suyuqlik o‘ramining qarshiligi; K r — past chastotali konduktometrik yacheykaning konstantasi; uning qiymati suyuqlik o‘rami uzunligining o‘tkazuvchi kesimi yuzi nisbatiga teng bo‘lib, odatda K r ning kattaligi tajriba yo‘li bilan topiladi; x — eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi. (6.16) tenglamaning o‘ng qismidagi x kattalikdan boshqa hamma kattaliklar o‘zgarmasdir. SHuning uchun tok kuchi Ir nazorat qilinayotgan eritmaning konsentrasiyasiga teng bo‘ladi. Tok kuchi Ir ikkinchi transformator Tr 2 bilan o‘lchanadi, suyuqlik o‘rami uning uchun birlamchi chulg‘am bo‘lib xizmat qiladi. O‘lchash transformatori Tr2 ning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK E o‘lch ning kattaligi konsentrasiyaga mutanosib bo‘ladi. Ko‘pgina hollarda uni kompensasion usulda o‘lchanadi, buning uchun transformator Tr 2 ning qo‘shimcha chulg‘ami w q dan foydalaniladi, bu transformatorning amper-o‘ramlari soni eritmaning amper- o‘ramlariga ko‘ra hisoblanadi. Kompensasiya sharti I k w k =I p w 2 . (6.17) Kompensasiyalovchi chulg‘am orqali o‘tadigan tok kuchini o‘lchash uchun reversiv dvigatel PD dan foydalaniladi, u surilgich Rr ni siljitadi. Reoxord surilgichining va asbobning u bilan bog‘langan strelkasining vaziyati nazorat qilinayotgan eritma konsentrasiyasiga mutanosib bo‘ladi. O‘lchashdagi harorat PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 226 xatoliklarini kompensasiyalash uchun qarshilik termometri Rt mo‘ljallangan, u ko‘prik sxemasiga ulangan bo‘lib, nazorat qilinayotgan eritma ichida turadi. Kontaktsiz past chastotali konduktometrlardan solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 1—10 -6 Sm/sm chegarasida bo‘lgan elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorat qilishda foydalaniladi. KK rusumidagi konduktomerlarda 10 ~2 dan 1 Sm/sm gacha bo‘lgan elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash KK-8 va KK-9 konduktometrlari bilan bajariladi. YUqori chastotali konduktometrlarda tahlil qilinayotgan eritmaning konsentrasiyasini o‘lchash eritmaning unga bog‘liq bo‘lgan reaktiv qarshiligini nazorat qilish yo‘li bilan bajariladi. YUqori chastotali kontaktsiz konduktometrlarning birlamchi o‘zgartkichlari o‘lchanadigan reaktiv karshilikning turiga qarab sig‘imli va induktivli xillarga bo‘linadi.Har ikki turdagi o‘zgartkichlarning sxemasi 6.22 – rasmda ko‘rsatilgan. Eritmaning konsentrasiyasi bilan o‘zgartkichlarning chiqish parametrlari C x va L x o‘rtasida murakkab bog‘liqlik mavjud bo‘lganligi sababli (bu bog‘liqlikka eritmaning tabiatidan tashqari o‘zgartkichning o‘lchamlari va materiali, ta’minlash chastotasi va boshqalar ta’sir qiladi) ularning darajalanish tavsiflari har qaysi konkret o‘zgartkich va eritma uchun tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. YUqori chastotali konduktometrlarning o‘lchash o‘zgartkichlari sifatida yuqori chastotali generatorlardan ta’minlanadigan ko‘prikli va rezonasli sxemalardan foydalaniladi. Rezonansli sxemalarda rezonans konturining birlamchi o‘zgartkich induktivli yoki sig‘imli qarshiliklariga bog‘liq bo‘lgagan xususiy tebranishlari o‘lchanadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling