Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

масининг хроматограммаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


214 
Almashlab ulagich 8 bir-biriga ishqab moslangan ikkita plastinadan 
tayyorlangan bo‘lib, ulardan biriga kanal qilingan va elektr dvigatel bilan 
aylantiriladi, shuning uchun u har 60°dan keyin ikki vaziyatni egallashi mumkin. 
6.16-rasmda shunday vaziyat ko‘rsatilganki, bu erda, eltuvchi gaz almashlab 
ulagichga kelib, uning kanali bo‘ylab ajratish kolonkasiga yo‘naladi, tahlil 
qilinadigan gaz aralashmasi esa namuna oladigan almashtiriladigan spiral 7 dan 
o‘tadi, u naycha ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, hajmi 2, 3, 5 va 10 ml ni tashkil etishi
mumkin. 
Almashlab ulagichning plastinasi 60°ga burilganida uning kanallari rasmda 
shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan vaziyatni oladi. Bu erda, eltuvchi gaz tahlil 
qilinayotgan belgilangan hajmdagi gaz namunasini dozalash spirali 7 dan ajratish 
kolonkasiga siqib chiqaradi, gaz aralashmasining asosiy oqimi esa bu vaqtda 
almashib, ulagichning boshqa kanali bo‘yicha atmosferaga haydaladi. Almashlab 
ulagichning qo‘zg‘aluvchan plastinasi o‘zgarmas vaqt oraliqlarida (3 dan 5 min 
gacha) taymer bilan avtomatik tarzda buriladi, bu vaqt tahlil qilinayotgan gaz 
aralashmasining tarkibi va uning ajralishiga qo‘yiladigan talabga qarab o‘rnatiladi. 
Ajratish kolonkasi 9 zanglamaydigan po‘latdan yoki misdan ichki diametrini 6 
mm va uzunligini 2—10 m qilib (tahlil qilish sharoitlariga qarab) tayyorlangan 
hamda ichiga sorbent to‘ldirilgan spiral naychadan iboratdir. Tahlil qilinayotgan 
aralashmaning namunasi kolonka 9 ga tushib, uni tashkil etuvchi komponentlarga 
6.16 – расм. Газ – абсорбцион хроматографининг 
схемаси
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


215 
ajratadi va detektorlarga yuboriladi. 
Datchik detektori tahlil qilinayotgan gaz aralashmasi komponentlarining 
ajralishini aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlashi eltuvchi gaz va tahlil 
qilinayotgan 
komponent 
binar 
aralashmasi 
issiqlik 
o‘tkazuvchanliklarining 
ayirmasidan foydalanishga asoslangan. Detektor zanglamaydigan po‘latdan 
tayyorlangan massiv blokdan iborat bo‘lib, uning ikkita kameralari 5 va 6 bo‘ladi, 
hajmi taxmnnan 0,2 sm
3
keladigan bu kameralarda esa qarshilik termometrlari 
(termistorlar) bo‘lib, ular o‘lchash ko‘prigining elkasini tashkil qiladi. Datchik 
kamerasini termostatlashga harorat rostlagichi yordamida erishiladi. 
Eltuvchi gaz detektorning kameralari 5 va 6 dan o‘tganida har ikki kamerada 
issiliq berish sharoiti bir xil bo‘ladi. O‘lchash sxemasi muvozanatda bo‘ladi va 
ikkilamchi asbobning diagrammasida nol chiziq yoziladi. Almashlab ulagichning 
qo‘zg‘aluvchan plastinasi 60° ga burilganida eltuvchi gaz dozalash kamerasida ajratib 
qolingan namunani siqib chiqaradi va uni ajratish kolonkasiga yuboradi, u erdan 
detektorning o‘lchash kamerasiga goh eltuvchi gaz, goh tegishli binar aralashma 
beriladi. O‘lchash kamerasiga issiqlik o‘tkazuvchanligi sof gaz eltuvchining issiqlik 
o‘tkazuvchanligidan boshqacha bo‘lgan binar aralashmaning kirishi natijasida 
qarshilik termometrining harorati va qarshiligi, binobarin ko‘prikning muvozanati 
o‘zgaradi. Muvozanatning bunday o‘zgarishini qayd etuvchi asbob IV cho‘qqi 
ko‘rinishida qayd etadi. 
Xromatografning boshqarish bloki V ga asbobning o‘lchash sxemasi elektron 
harorat rostlagnchi, vaqt belgilovchi — taymer, nolni avtomatik qo‘yish qurilmasi, 
almashlab ulovchi qurilma 8 ni boshqarish qurilmasi va rele kiradi. 
Sanoatda ishlatiladigan XP—499 xromatografi gazsimon mahsulotlar- 
nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. 
Xromatograf texnologik oqimlardan olingan gazlarni tahlil qilishga imkon beradi, 
tahlil natijalarini uzluksiz qayd etishni ta’minlaydi, shuningdek, standart elektr va 
pnevmatik chiqish signallari olishni ta’minlaydi va boshqarish tizimida foydalanishi 
mumkin. Konsentrasiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0,05—100%, asosiy xatoligi 
±1%. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


216 
Sanoatda ishlatiladigan «Neftexim—SKEP» xromatografi ko‘p komponentli 
gaz aralashmalari, bug‘lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining 
harorati 200
0
S gacha bo‘lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz rejimda 
ishlaydi va boshqarish tizimlarida datchik sifatida foydalanish mumkin. 
Konsentrasiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0—100%, chiqish signallari 0—5 mA; 
0—10 V; 0,02—0,1 mPa. Portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling