Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Узлуксиз автоматик
Avtomatik titrlash
Titrlash — eritmalarni miqdoriy tahlil qilishning keng tarqalgan universal usullaridan bo‘lib, zavod laboratoriyalarida bajarilgan tahlillarning asosiy qismi щu usulga to‘g‘ri keladi. Avtomatik titrlash uchun asboblar (avtomatik titrometrlar)ning qo‘llanilishi tahlillar o‘tkazish tezligini keskin oshiradi, ko‘pgina hollarda ularning aniqligini orttiradi, ko‘p sonli laborantlar-analitiklarni kamaytiradi. Eritmada boshqa komponentlar bilan turgan, tabiati ma’lum bo‘lgan modda A ning konsentrasiyasini aniqlash titrlash deb ataladi. Buning uchun maxsus reagent V tanlanadi, uni titrlovchi modda (titrant) deb ataladi, u quyidagi sxema bo‘yicha tahlil qilinayotgan aralashmaning ma’lum komponentiga tanlab reaksiya ko‘rsatadi: A+B→M+N , (6.22) PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 237 bu erda, M va N — titrlash reaksiyasining mahsulotlari . Titrlovchi modda V ni namunadagi modda A ning hammasi reaksiyaga kirmaganiga qadar qo‘shiladi. Bu erda, titrlovchi modda miqdori Q B boshlang‘ich namunadagi titrlanayotgan moddaning miqdori Q A ga ekvivalent bo‘ladi. Q A =K p ∙Q B , (6.23) bu erda K r — titrlash reaksiyalarining stexiometrik koeffisienti. Titrlanadigan modda miqdori Q A =C A ∙Q pr , (6.24) bu erda S A — tahlil qilinayotgan aralashmadagi modda A ning konsentrasiyasi; Q np = const — boshlang‘ich namuna miqdori. Titrlovchi moddaning ekvivalent miqdori Q B =C B ∙V B , (6.25) bu erda S v — titrlovchi moddaning konsentrasiyasi; V B — titrlovchi moddaning ekvivalent hajmi. Q A va Q B ning miqdorlarini (6.23) tenglamaga qo‘yib, izlanadigan konsentrasiya S A ning titrlovchi moddaning ekvivalent hajmiga bog‘liqligini hosil qilamiz: C A =K τ ∙V B , (6.26) bu erda, const Q C K K пр B p = ⋅ = τ . SHunday qilib, titrlashda namunadagi komponentning aniqlanadigan konsentrasiyasining o‘lchovi titrlovchi moddaning ekvivalent hajmidan iborat bo‘ladi. Titrlash reaksiyalarining borishini nazorat qilish uchun ishlatiladigan asboblarning ishlash prinsipiga qarab titrlashning quyidagi xillari bo‘ladi: konduktometrik, potensiometrik, amperometrik va fotometrik. Titrlash jarayoni diskret (davriy) va uzluksiz bo‘lishi mumkin. Davriy titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning alohida namunasi (dozasi) tahlil qilinadi. Uzluksiz titrlashda tahlil qilinayotgan moddaning sarf bo‘yicha stabillashgan oqimi tahlil qilinadi, bu modda uzluksiz ishlovchi reaktorga kirib turadi. Uzluksiz titrlashda titrlovchi moddaning ekvivalent sarfi aniqlanadigan komponentning o‘lchovi bo‘ladi, ya’ni PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 238 S A =K T 1 ∙q V ekv , (6.27) bu erda, ; * 1 const q C K K A B p T = = q A =const — tahlil qilinayotgan modda A oqimining sarfi; q V ekv —titrlovchi modda V ning ekvivalent sarfi. Avtomatik titrlash usuli bilan tahlillarni avtomatik tarzda bajarish uchun mo‘ljallangan asboblar titrometrlar deb ataladi. Vazifasiga ko‘ra avtomatik titrometrlar laboratoriya va ishlab chiqarish titrometrlariga bo‘linadi. Laboratoriya titrometrlari yarim avtomatik asboblardir, chunki titrlash siklining barcha tayyorgarlik va yordamchi operasiyalari qo‘lda bajariladi. Ishlab chiqarishdagi avtomatik titrometrlar sanoat sharoitida texnologik jarayonlarni uzluksiz siklik yoki uzluksiz avtomatik tarzda tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Uzluksiz ishlaydigan avtomatik titrometrning prinsipial sxemasi 6.30-rasmda ko‘rsatilgan. Nazorat qilinayotgan texnologik oqimdan namuna olinadi, u sarf stabilizatori 1 orqali aralashtirgich 2 ga uzluksiz tushib turadi. Bu erga titrlovchi eritma tushadi, uning sarfini rostlovchi organ 3 (masalan, yuqori aniqlikdagi dozalovchi nasos) bilan aniqlanadi. Namuna va titrlovchi eritma oqimlari uzluksiz ravishda aralashib va o‘zaro reaksiyaga kirishib turadi. Agad aralashtirgichga vaqt birligi ichida tushib turgan titrlovchi eritma miqdori xuddi shu vaqt ichida namuna bilan birga tushib turgan titrlovchi modda miqdoriga ekvivalent bo‘lsa, u holda reaksiyaga kirgan 6.30 – расм. Узлуксиз автоматик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling