Umumiy doc


Fotoelektrik kalorimetrlar


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Fotoelektrik kalorimetrlar spektrning ko‘rinadigan qismida ishlash uchun 
mo‘ljallangan. Konsentrasiyani o‘lchash tahlil qilinayotgan moddaning bo‘yalish 
jadalligi bo‘yicha bajariladi, asbobning nomi ham shundan olingan («kolor»— rang 
degani). Odatda fotokalorimetrlar spektrning keng sohasida ishlaydi, shuning uchun 
ularda nurlanish manbalari sifatida cho‘g‘lanish lampalaridan foydalaniladi. O‘lchash 
sezgirligi va tanlanishini oshirish uchun fotokalorimetrlarda yoruђlik filtrlaridan keng 
foydalaniladi. Erug‘lik oqimlarining jadalligini qayd etish uchun qabul qilgichlar 
sifatida turli fotoelementlar, fotoqarshiliklar va fotoko‘paytirgichlardan foydalaniladi. 
Avtomatik fotokalorimetrlarda odatda ikki kanalli (differensial) sxemalar 
qo‘llaniladi. Bu sxemalar yorug‘lik manbaidagi o‘zgarishlarga sezgir emas, chunki 
ularda o‘lchash ishlari taqqoslash usulida 
bajariladi. Ikki kanalli kalorimetrlarda (6.27- 
rasm) 
ikki 
fotoelementning 
fototoklari 
taqqoslanadi; fototoklardan birining kattaligi 
nazorat qilinayotgan eritma orqali o‘tayotgan 
yorug‘lik oqimiga, ikkinchi fototokning 
qattaligi esa etalon eritmadan o‘tgan yorug‘lik 
oqimiga mutanosib bo‘ladi. 
Etalon 
va 
tekshirilayotgan 
6.27 – расмИкки каналли 
фотокалориметрнинг схемаси
1 – ёруғлик манбаи; 2 – ёруғлик филтри;
3 – призма; 4 – кўзгу; 5 – ўлчаш кюветаси;
6- эталон кюветаси; 7 – фотоэлемент;
8 – электрон кучайтиргич; 9 – ўлчов асбоби. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


234 
suyuqliklarning optik xossalari bir xil bo‘lgan xollarda har ikki fotoelementning 
yoritilganligi bir xil bo‘ladi va ko‘prik diagonalida tok bo‘lmaydi. Agar 
tekshirilayotgan suyuqlik etalon suyuqliknikidan farq qiladigan konsentrasiyaga ega 
bo‘lsa (kuchli yoki kuchsiz bo‘yalgan bo‘lsa), u holda ko‘prikning diagonalida tok 
paydo bo‘lib, uning kattaligi konsentrasiyaga funksional bog‘liq bo‘ladi. 
Optik qismining nisbatan murakkabligi va sxema elementlari spektral 
tavsiflarining o‘lchash natijalariga ta’sir qilishi bu asboblarning kamchiligi 
hisoblanadi. Bunday asboblarning xatoligi kyuvet darchalarining va nurlar yo‘lidagi 
boshqa elementlarning bir xilda ifloslanmasligi tufayli katta bo‘ladi. 
Suyuqlikda erimay qolgan muallaq zarralar konsentrasiyasini nazorat qilish 
uchun loyqa muhitlarda yorug‘likning sochilishiga asoslangan usullar qo‘llaniladi. 
Agar loyqa muhit orqali yorug‘lik oqimi o‘tkazilsa, u holda uning bir qismi 
suyuqlikdagi zarralar orqali sochiladi. Nazorat qilinayotgan suyuqlikda muallaq 
zarralar konsentrasiyasi qancha yuqori bo‘lsa, yorug‘lik okimining shuncha katta 
qismi sochiladi. Bu erda, nazorat qilinayotgan suyuqlik orqali o‘tayotgan yorug‘lik 
oqimi jadalligining kuchsizlanishi ham (turbidimetrik o‘lchash), yorug‘lik oqimining 
sochilish jadalligi ham (nefelometrik o‘lchash) konsentrasiya o‘lchovi bo‘lishi 
mumkin.
Ikki optik kanali bor nefelometrning 
prinsipial 
sxemasi 
6.28- 
rasmda 
ko‘rsatilgan. YOrug‘lik oqimi manba 1 
dan chiqib, shisha darchalar 3 bilan 
jihozlangan o‘lchash kamerasi 2 orqali 
o‘tadi. Kamera 2 orqali o‘tgan yorug‘lik 
oqimi taqqoslash kanaliga 
yo‘naladi, 
sochilgan yorug‘lik oqimi esa o‘lchash 
kanaliga 
yo‘naladi. 
Har 
ikki 
oqim 
obtyurator 4 yordamida navbatma - navbat 
fotoelement 5 ga tushadi. Sochilgan yorug‘lik oqimi bilan taqqoslash oqimi 
o‘rtasidagi farq (ayirma) muallaq zarralar konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘ladi. 
6.28 – расм. Нефелометрнинг принципиал 
схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


235 
Nefelometrlarda 
yorug‘lik 
oqimlarining 
kompensasiyalanish 
prinsipidan 
foydalaniladi, buning uchun ularning notengligi mavjud bo‘lganida elektron 
kuchaytirgich chiqishiga ulangan reversiv dvigatel RD asbob strelkasini optik pona 6 
sari siljitib, yorug‘lik oqimlarini tenglashtiradi. 
Nefelometrlar asosan emulsiyalarni tahlil qilishda va qisman oqova suvlardagi 
neft mahsulotlari miqdorini tahlil qilishda ishlatiladi. 
Turbidimetrik analizatorlar ichimlik va oqova suvlarning loyqaligini, 
tindirgichlar va texnologik uskunalardagi shlam sathini, suspenziyalardagi zarralar 
konsentrasiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Turbidimetrik analizatorlar suv loyqaligini 
o‘lchaydigan O—3 dan 0—500 mG/l gacha o‘lchash chegarasiga ega, o‘lchash 
xatoligi ±2% dan oshmaydi. 
Konsentrasiyani aniqlashning polyarimetrik usuli ba’zi optik jihatdan aktiv 
moddalarning ulardan o‘tayotgan qutblangan yorug‘likning qutblantirish tekisligini 
aylantirish xossasidan foydalanishga asoslangan. Optik jihatdan aktiv moddalari bor
eritmalar qutblanish uchun qutblanish tekisligini aylantirish burchagi a eritma 
qalinligi bir xil turganida shu eritma qatlamiga mutanosib bo‘ladi: 
a = a
0
∙ l∙ s, (6.21) 
bu erda a
0
—qutblanish tekisligining qutblangan yorug‘lik haroratiga, uning to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lgan 
solishtirma aylanishi; l — qatlam qalinligi; s — eritmaning konsentrasiyasi. 
SHunday qilib, α
0
ning qiymatini bilgan holda, l ni o‘lchangan qiymati 
bo‘yicha konsentrasiya s ni aniqlash mumkin. 
6.29- rasmda avtomatik polyarimetrning prinsipial sxemasi keltirilgan. 
YOrug‘lik nurlari manba 1 dan chiqib linza 2 yordamida parallel tutamga yaqinroq 
yorug‘lik 
tutamiga 
aylantirilgach, 
interferension 
filtr 

dan 
o‘tib, 
monoxromatik 
bo‘lib 
qoladi. 
Polyarizator 4 bu nurlanishni azimuti 
ma’lum qutblangan chiziqli nurlanishga 
aylantiradi. Modulyator 5 (masalan 
Faradey 
yacheykasi) 
qutblanish 
6.29 – расмАвтоматик поляриметрнинг 
схемаси.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


236 
azimutini f chastota bilan o‘rta vaziyatdan bir xildagi kattalikka o‘zgartiradi. 
Analizator 7 qutblanish azimutining o‘rtacha vaziyatiga nisbatan 90° burchak hosil 
qilib o‘rnatilgan (ayqash vaziyat) bo‘lib, foto qabul qilgich 8 ga qutblanish azimuti 
o‘zgarishining qo‘shaloq chastotasi (2f) ga teng modulyasiyali amplituda bilan kiradi. 
Foto qabul qilgich ta’minlash bloki 9 dan ishlaydi va nurlanishni elektr signaliga 
o‘zgartiradi. 
Agar modulyator bilan analizator o‘rtasiga optik jihatdan aktiv ob’ekt 6 
joylashtirilsa, u holda qutblanish azimuti o‘rtacha vaziyatdan ma’lum burchak a ga 
o‘zgaradi va foto qabul qilgichga f chastotali nurlanish kiradi. f chastotali elektr 
signal elektron kuchaytirgich 10 da nomuvofiqlik signalini hosil qiladi, bu signal
analizator bilan bikr aloqaga ega bo‘lgan ijro mexanizmi 11 ga keladi. 
Nomuvofiqlik signalining fazasiga qarab, ijro mexanizm analizatorning tizimini optik 
o‘qi atrofida u yoki bu tomonga buradi. Bu hol to ayqash vaziyat yana qaror 
topganiga qadar davom etadi va analizatordan keyin nurlanish chastotasi 2f ga teng 
bo‘lmay qoladi. 
Analizatorning burilish burchagi qutblanish azimutining optik jihatdan aktiv 
ob’ekt bilan birga aylanish burchagiga teng bo‘ladi. O‘lchash natijalari analizator 
bilan ijro mexanizmi orkali bog‘langan sanoq qurilmasi 12 da qayd etiladi.
Qutblanish-optik usullar amalda inersiyasiz bo‘lib, yuqori aniqlikka egadir. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling