Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

таҳлилаторининг схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


191 
Taqqoslash ko‘prigi B ning ikkita elkasi 6 va 8 gaz muhitida turadi, uning tarkibi 
asbob shkalasining boshlanishiga mos keladi, elkalar 5 va 7 esa tarkibi shkala oxiriga 
mos keladigan gaz muhitida turadi. 
Taqqoslash ko‘prigi B ning diagonaliga reoxord R
P
ulangan, uning surmasi va 
A ko‘prikning uchi elektron kuchaytirgich EK ning kirishiga ulangan. Reversiv 
dvigatel RD reoxordning surmasini va asbobning ko‘rsatkich strelkasini a va v 
ko‘prik uchlaridagi shkalada to kuchlanish surmaning reoxorddan oladigan 
kuchlanish bilan muvozanatlashmaganiga qadar suradi. Gaz analizatorining 
ko‘rsatishi ta’minlash manbai kuchlanishining o‘zgarishiga va atrof-muhit 
haroratining o‘zgarishiga bog‘liq emas. 
TP turidagi gaz analizatorlari bir nechta rusumlarda chiqariladi: TP 1120—
binar va ko‘p komponentli gaz aralashmalarida vodorod miqdorini aniqlash uchun; 
TP 7102—havodagi geliy miqdorini aniqlash uchun; TP 4102—havodagi azot va 
geliy miqdorini aniqlash uchun. Tahlil qilinayotgan gaz turi va o‘lchash chegaralariga 
ko‘ra asosiy xatolik ±2,5; ±4,0; ±10% bo‘ladi. Gaz aralashmasining hajmiy sarfi 
12sm
3
/s, bosim 70—130 kPa. Ko‘rsatishlarni aniqlash vaqti 3 dan 110 s gacha. 
CHiqish signallari 0—5 mA; 0—100 mV; 0—10V. 
Termomagnit gaz analizator 
Gazlar orasida kislorod alohida paramagnetizm xususiyatiga ega. Kislorod 
magnit maydonga boshqa gazlarga nisbatan ko‘proq tortiladi. Uning bu xossasi 
murakkab gaz aralashmalaridagi kislorod konsentrasiyasini o‘lchashga imkon beradi 
Barcha (kislorodni tahlil qiladigan) magnitli gaz analizatorlari termomagnit va 
magnitomexanik asboblarga bo‘linadi. 
Kislorodning harorati o‘zgarganda uning magnit xossalarining o‘zgarish 
samaraiga asoslangan termomagnit usuli keng tarqalgan. Bu usul termomagnit 
konveksiya hodisasiga asoslangan. Agar tok bilan qizdirilgan o‘tkazgich bir jinsli 
bo‘lmagan magnit maydonga o‘rnatilsa, gaz aralashmasining xossasi kamayadi, shu 
sababli o‘tkazgich atrofida magnit maydonning kuchli erlaridan kuchsiz erlariga 
tomon aralashmaning harakati boshlanadi. Haroratning ko‘tarilishi sababli gazning 
magnit xossasi kamayadi, natijada gaz aralashmasining ichki oqimi vujudga keladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


192 
Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya hodisasi sababli 
uzluksiz siqib chiqariladi. 6.3-rasmda termomagnit gaz analizatorining prinsipal 
sxemasi
keltirilgan. 
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati 
issiqlik almashtirgich 1 yordamida turg‘unlashadi. 
Aralashma sarfining doimiyligi o‘lchash o‘zgartkichi 
2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan 
ta’minlanadi. SHu sababli tizim kirishidagi gaz 
sarfining tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga 
ta’sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi 
bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi. O‘zgartkichning 
gazli bo‘shlig‘i ko‘ndalang kanalli halqa kamera 4 
shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning 
kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt 3, Rt 4 
ikki seksiyali platina chulg‘amlar o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi 
nomuvozanat ko‘prikning ikki elkasini hosil qiladi. Agar boshlang‘ich aralashmada 
kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod 
bo‘lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt
chulg‘amlar o‘lchash sxemasi manbaining toki ta’sirida 1OO...2OO°S gacha 
qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat 
ko‘tarilishi bilan magnitning kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning 
yangi qismi magnit maydon xududiga tortilib, qizigan kislorodni xalqa kameraga 
itaradi. 
Gazning hosil bo‘lgan konveksion oqimi issiqlikni asosan chulg‘amdan oladi, 
shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo‘lib qoladi.
Rt 3 va Rt 4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentrasiyasiga mutanosib 
o‘zgarishi natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo 
bo‘ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik 
potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash 
6.3 – расмТермомагнит газ 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling