Umumiy doc


VI bob. MODDALARNING TARKIBINI VA FIZIK XOSSALARINI


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
VI bob. MODDALARNING TARKIBINI VA FIZIK XOSSALARINI
NAZORAT QILISH
6.1- §. ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI 
Texnologik jarayonlarni harorat, bosim, sarf va sath kabi parametrlarga ko‘ra 
boshqarish, ko‘pincha, talab etilgan sifatdagi mahsulotlar olishga kafolat bera 
olmaydi. Ko‘pgina hollarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi va fizik 
xossalarini avtomatik tarzda nazorat qilish zarurati tug‘iladi. Texnologik jarayonlar 
davomida qayta ishlanayotgan moddalarning tarkibi va ularning fizik xossalari 
o‘zgaradi, bu parametrlarni nazorat qilish texnologik jarayonlarning borishi 
to‘g‘risida bevosita fikr yuritishga imkon beradi, chunki ular ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifatini ifodalaydi, shuning uchun moddalarning tarkibini va fizik
xossalarini nazorat qilish asosiy masalalardan biridir. SHu munosabat bilan keyingi 
yillarda analitik asbobsozlikning jadal rivojlanishi sodir bo‘lmoqda. 
Moddalarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari haqidagi o‘lchov axborotini 
olish uchun o‘lchash vositalarini analizatorlar deb atash qabul qilingan. Avtomatik 
analizatorlar tahlil qilinayotgan muhitning tarkibini emas, balki aniq fizik parametrni 
o‘lchaydi, uning o‘zgarishi bu muhitda aniqlanayotgan komponentning miqdoriy-
sifatiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. 
Turli xil belgilar bo‘yicha analitik o‘lchash vositalarini tasniflash ancha qiyin. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


186 
O‘lchash vositalari tahlil uslubi, tahlil qilinayotgan muhitning xossalari
komponentlar soni, ijro etilishi, chiqish signali, axborotni berish uslubi va hokazolar 
bo‘yicha tasniflanishi mumkin. 
Gazlarni avtomatik tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: namunani 
oldindan o‘zgartirmasdan — termokonduktometrik, termomagnit, absorbision optik 
(infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan 
o‘zgartiriladigan — elektr-kimyoviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, 
potensiometrik) termokimyoviy
fotokalorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-
ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar. 
Suyuq muhitlarning tarkibini va fizik xossalarini avtomatik nazorat qilishda 
sanoatda sinov moddasini dastlabki o‘zgartirishsiz tahlil qilish uslubi keng tarqaldi: 
konduktometrik, potensiometrik, polyarografik, dielkometrik, optik (refraktometrik, 
polyarizasion, turbodimetrik, nefelometrik), to‘yingan bug‘ bosimlari bo‘yicha, 
radioizotopli, mexanik (zichlik), kinematik (qovushoqlik) va boshqalar, hamda sinov 
moddasini dastlabki o‘zgartirish bilan — titrometrik. 
Namlik miqdorini o‘lchash vositalari alohida guruhga ajratiladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling