Umumiy doc


Absorbsion-optik gaz analizatorlari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Absorbsion-optik gaz analizatorlari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


194 
Optik gaz analizatorlarida optik zichlik, sindirish koeffisienti va boshqa 
optik xossalarning tekshirilayotgan komponent konsentrasiyasiga bog‘liqligidan 
foydalaniladi. Elektromagnit nurlanish jadalligining pasayishi yoki nurlanish 
oqimining tekshirilayotgan gaz spektorining infraqizil, ultrabinafsha yoki 
ko‘rinadigan qismlaridagi yutilishini o‘lchashga asoslangan absorbsion-optik usul 
ko‘proq tarqalgan. 
Vodorod, ammiak, metan kabi gazlar infraqizil nurlarni, xlor, ozon, simob 
bug‘lari esa ultrabinafsha nurlarni yutadi. SHuning uchun tahlil qilinayotgan 
komponent turiga qarab bunday gaz analizatorlarida infraqizil yoki ultrabinafsha 
nurlanishdan foydalaniladi. 
Spektrning infraqizil sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida nurlatkichlar 
sifatida 700—800°S gacha qizdirilgan sim spirallaridan foydalaniladi. Spektrning 
ultrabinafsha sohasida ishlaydigan gaz analizatorlarida esa gaz ryazryad lampasi 
nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Optik-absorbsion gaz analizatorlarining ko‘pi differensial sxema bo‘yicha 
qurilgan (6.4-rasm). Manba 1 dan olinadigan nurlanish oqimi yo‘lida yorug‘lik 
filtrlari 2 orasidan tekshirilayotgan gaz aralashmasi o‘tadigan ishlovchi kamera 3 va 
aniqlanayotgan komponent qo‘shilmagan gaz aralashmasi bilan to‘ldirilgan 
taqqoslash kamerasi 4 o‘rnatiladi. Qabul qilgich 5 ish va taqqoslash kameralaridagi 
nurlanish jadalligi farqini qabul qiladi, aniqlanayotgan komponent miqdoriga 
mutanosib bo‘lgan nobalanslik signali esa kuchaytirgich 6 da kuchayib, o‘lchash 
asbobi 7 da qayd qilinadi. 
6.4 – расм. Оптик – абсорбцион газ анализаторининг блок – схемаси. 
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


195 
Odatda optik gaz analizatorlari kompensasion sxema bo‘yicha ishlanib, 
o‘lchash sxemasi optik, gaz yoki elektr usullar yordamida muvozanatlanadi. Optik 
konpensasiya usulida teskari aloqa signali to‘siq yoki optik pona siljishiga 
aylantiriladi. Bu esa taqqoslash kanalida nurlanish jadalligini tegishlicha o‘zgartiradi. 
Ikkinchi holda, taqqoslash kanalida nurlanish oqimi yo‘lida kompensasiyalovchi 
aralashma qatlamining qalinligi o‘zgaradi. Ba, nihoyat, elektr kompensasiyalash 
usulida zanjirda elektr bilan ta’minlash kuchlanishi o‘zgartiriladi.
Infraqizil nurlanishli gaz analizatorlarida qoldiq energiya tekshirilayotgan 
komponent bilan to‘ldirilgan nur qabul qilgichlarida yutiladi. Uzlukli nurlanishdan 
foydalanilganda nur qabul qilgichda energiyaning yutilishi sababli haroratning 
o‘zgarishi, shu bilan birga bosimning o‘zgarishi vujudga keladi. Bu tebranishlarni 
tegishli o‘lchash asbobi bilan olingan nur kabi qabul qilgich mikrofonining 
membranasi qabul qiladi. 
Bunday nur qabul qilgichda gaz bosimining pulslanishi akustik samara nomini 
olgan. Bunday gaz analizatorlari esa optik-akustik asboblar deyiladi. Bu asboblarning 
afzalligi ularning universalligidadir, chunki ko‘pchilik moddalarning infraqizil 
yutilish sfektri bir-biridan farq qiladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling