Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

сигнализаторининг 
схемаси 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


177 
suyuqlikka botirilgan chuqurligiga bog‘liqligiga asoslangan. 
Ikkala g‘altak induktivligi L
1
va L
2
o‘zgartirilganda ularning o‘z induktivligi 
tenglamaga mos ravishda o‘zgaradi, 
2
1
*L
L
K
M
=
(5.19) 
bu erda, K — tarqatish oqimi bilan aniqlanadigan aloqa koeffisienti

Bunday sath o‘lchagichlar yadroviy energetika qurilmalarida suyuq metall 
tarzidagi issiq eltuvchilar sathini o‘lchashda eng ko‘p tarqalgan. 
«Kvant» turidagi diskret induktiv sath o‘lchagichlar chiqarilyapti. Ular harorati 
680°S gacha bo‘lgan suyuqlantirilgan metall sathini o‘lchashga mo‘ljallangan. 
5.6-§. RADIOIZOTOPLI SATH O‘LCHAGICHLARI 
Radioizotopli sath o‘lchagichlarining ishlash prinsipi yutish qobiliyati turlicha 
bo‘lgan ikki muhitdan o‘tayotgan nurlarning qayd qilinishi va muxitlarning chegarasi 
o‘zgarishi bilan nurlanish o‘zgarishiga asoslangan. Barcha radioizotopli sath 
o‘lchagichlarning asosiy qismlari nurlanish manbai va nurlarni qabul qiluvchilardan 
iborat. Nurlanish manbai sifatida o‘zidan j nurlar chiqaradigan So
60
, Cs
137
, Se
75
va 
boshqa moddalar ishlatiladi. Qabul qiluvchi sifatida Geyger-Myuller hisoblagichi, 
ssintilyasion hisoblagichlar yoki yarimo‘tkazgichli detektorlar ishlatiladi. Detektor 
chiqishida paydo bo‘lgan impulslar elektron kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va 
sath o‘zgarishiga muvofiq elektr signalga aylanadi. 
 
 
 
 

 
 
 
j-nurlanish jadalligini kamaytirish qatlam qalinligiga qarab, quyidagi 
eksponensial munosabat bilan ifodalanadi: 
5.12 – расм. Радиоизотопли сатҳ ўлчагичнинг принципиал схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


178 
I
x
=I
0
exp(-μx), (5.20) 
bu erda, I
0
 — j- nurlanishning boshlang‘ich jadalligi; μ — moddaning tabiati va uning qatlami qalinligi x ga 
bog‘liq bo‘lgan j-nurlanishning kuchsizlanish koeffisienti. 
Radioizotopli sath o‘lchagichning prinsipial sxemasi 5.12-rasmda ko‘rsatilgan. 
U radioaktiv nurlanish manbai 1, ionlovchi nurlanishni qabul qiladigan hisoblagich 2, 
elektr toki manbai 3, qarshilik 4, elektron kuchaytirgich 5 va o‘lchash asbobi 6 dan 
iborat. Hisoblagich metalldan yasalgan silindr bo‘lib, ichi inert gaz bilan to‘ldirilgan. 
Silindr markazida undan izolyator bilan ajratilgan metall sim o‘rnatilgan. Silindr 
devori elektr manbaining manfiy qutbiga, metall sim esa musbat qutbiga ulangan. 
Silindr inert gaz bilan to‘ldirilgan bo‘lgani uchun hisoblagich zanjirida tok 
bo‘lmaydi. Hisoblagichga radioaktiv nur ta’sir etib, undagi inert gaz ionlanishi 
boshlangandagina hisoblagich 2 va qarshilik 4 zanjirida tok hosil bo‘ladi. Bu tok 
miqdori inert gazning ionlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Gazning ionlanishi esa 
radioaktiv nurlanish manbai bilan hisoblagich orasiga o‘rnatilgan idish ichidagi 
suyuqlikning yoki sochiluvchi moddaning balandligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. 
Idishdagi suyuqlik balandligi nur yo‘lini to‘la berkitsa, rezistordan o‘tadigan tok 
nolga yakin bo‘ladi, nur yo‘li ochilishi bilan, ya’ni suyuqlik balandligi pasayishi bilan 
rezistor zanjirida tok orta boshlaydi. Idish ichidagi suyuqlik balandligi ana shu 
rezistordagi kuchlanish U miqdori bilan o‘lchanadi. Buning uchun rezistordagi 
kuchlanish miqdori oldin elektron kuchaytirgich 5 yordamida kuchaytiriladi, so‘ngra 
esa o‘lchov asbobi 6 ga uzatiladi. 
Radioizotopli sath o‘lchagichlar boshqa asboblarga nisbatan universaldir. Bu 
asboblar sath o‘lchashni nazorat qilishni diskret va uzluksiz ravishda amalga oshiradi; 
ular ochiq va berk idishlardagi suyuq hamda sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash 
uchun ishlatilishi mumkin, o‘lchanayotgan muhit bilan asbob orasida hech qanday 
mexanik bog‘lanish bo‘lmagani sababli agressiv suyuq va sochiluvchi moddalarning 
balandligini o‘lchash mumkin. Asboblar ko‘rsatishining aniqligi va stabilligi muhit 
holatining (harorat, namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik va boshqa fizik 
xossalarning) o‘zgarishiga bog‘liq emas. Barcha radioizotopli asboblarning umumiy 
kamchiligi radioaktiv nurlarning tirik organizmga zararli ta’siridir. Asboblarning 
xatosi ±0,5—1% dan oshmaydi. Bular asosan boshqa turdagi asboblarni ishlatish 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


179 
mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling