Umumiy doc
O‘lchov asbobi ko‘rsatishining kechikishi
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
O‘lchov asbobi ko‘rsatishining kechikishi uning inersiyasini, ya’ni kattalik
o‘zgargan vaqtdan asbob ko‘rsatishining siljishigacha o‘tgan vaqtni xarakterlaydi. Asbob ko‘rsatishining kechikishi qancha kam bo‘lsa, asbobning sifati shuncha yuqori bo‘ladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 33 O‘lchash vositalarining umumlashgan xarakteristikasi asosiy va qo‘shimcha xatoliklarning chegaraviy qiymatlari bilan, shuningdek, o‘lchash vositalari aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa parametrlar bilan ifodalanadigan aniqlik sinfidan iborat; parametrlarning qiymati o‘lchash vositalarining ayrim turlari uchun standartlarda belgilangan. O‘lchash vositalarining aniqlik sinfi ularning aniqlik xossalarini xarakterlaydi, ammo ular shu vositalar yordamida olib borilgan o‘lchashlarning bevosita ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi.CHunki aniqlik o‘lchash usullariga hamda o‘lchash o‘tkazilayotgan sharoitga ham bog‘liq. Yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatoliklar chegaralari keltirilgan (nisbiy) xatoliklar ko‘rinishida berilgan o‘lchash asboblari uchun quyidagi sonlar qatoridan olingan aniqlik sinfi beriladi: (1, 1,5; 2,0; 2,5; 3; 4; 5; 6)·10 n , bu erda, n = 1,0; — 1; -2 va hokazo. O‘lchash asbobining aniqlik sinfi foizlarda hisoblangan eng katta keltirilgan xatolikka teng: % 100 % 100 min max max max max ⋅ − ∆ = ⋅ ∆ = = N N X N X j A A (1.15) Turli o‘lchov asboblari uchun Davlat standartida turli aniqlik sinflari qabul qilingan. Ular asbobning siferblatida ko‘rsatilgan. Masalan, shkalasi 0—100°S dan iborat bo‘lgan logometrni darajalash natijasida mutlaq xatolikning quyidagi qiymatlari olingan: SHkalasi belgisi, °S . . . 0 20 40 60 80 100 Mutlaq xatolik, ∆x, °S ... 0,4 1,6 1,0 0,4 0 - 0,6 Bu erda, logometrning keltirilgan xatosi % 6 , 1 % 100 100 6 , 1 % 100 max = ⋅ = ⋅ ∆ = N X j YUqorida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra aniqlik sinfini 2,0 ga teng deb olamiz (yaxlitlash kattalashtirish tomon olib boriladi). Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari chegaralari foizlarda ifodalanadigan nisbiy xatoliklardan iborat asboblarning aniqlik sinflari qavs ichida yozilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 5%), bu sonlar yo‘l qo‘yiladigan asosiy nisbiy xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, 2,5 aniqlik sinfidagi, shkalasi 0—100 mV bo‘lgan millivoltmetr uchun shkalaning ixtiyoriy belgisida asosiy nisbiy xatolik PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 34 ±2,5% dan oshmaydi, ya’ni shkalaning ixtiyoriy belgisida mutloq xatolik (mV larda) к X X ⋅ ± ≤ ∆ 100 5 , 2 bu erda, X k — asbobning ko‘rsatishi . Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklari shkala uzunligi bilan aniqlanadigan me’yorlovchi qiymatlarga bog‘liq foizlarda ifodalanadigan asboblarning aniqlik sinflari burchakcha bilan ajratib qo‘yilgan sonlar bilan belgilanadi (masalan, 05; 1,5), bu sonlar yo‘l qo‘yiladigan asosiy keltirilgan xatoliklar qiymati bilan ustma-ust tushadi. Masalan, shkalasi 5—50 mV va aniqlik sinfi 2,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun yo‘l qo‘yiladigan asosiy mutlaq xatolik quyidagi ifoda bo‘yicha (mVlarda) hisoblanadi: 1 , 1 100 45 5 , 2 100 5 , 2 ± = ⋅ ± = ⋅ ± = H к N X bu erda, N H = N max - N min va N min asbob shkalasining oxirgi va boshlang‘ich qiymatlari. O‘lchash uchun asbob tanlashda uning aniqlik sinfi asosiy chegaraviy mutloq xatolik bilan aniqlanishini e’tiborga olish lozim, bu xatolik shkalaning turli belgilarida nisbiy xatolikning turli qiymatlariga mos keladi. Masalan, shkalasi 0...150 mV va aniqlik sinfi 1,5 bo‘lgan millivoltmetr uchun asosiy chegaraviy mutloq xatolik 2,25 mV ga teng bo‘lib, shkalaning 25 va 100 mV belgilarida nisbiy xatolik tegishlicha quyidagiga teng bo‘ladi (% larda): 25 , 2 100 100 25 , 2 9 100 25 25 , 2 100 100 25 ± = ⋅ ± = ± = ⋅ ± = ⋅ ∆ = b X X b к Nisbiy xatolikni kamaytirish maqsadida o‘lchash asbobi shkalasining yuqorigi chegarasini shunday tanlash lozimki, o‘lchanayotgan kattalikning kutiladigan qiymati (ko‘rsatishi) uning oxirgi uchinchi qismida (yoki oxirgi yarmida) joylashishi maqsadga muvofiq. O‘lchash vositalarining xatoliklari statistik va dinamik xatoliklarga bo‘linadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling