Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
qo‘yiladigan xatolik deyiladi. Xatolik miqdori o‘lchashlar olib borilayotgan tashqi
muhitga (atrof muhit harorati, atmosfera bosimi, tebranish va boshqalarga) bog‘liq bo‘lgani sababli asosiy va qo‘shimcha xatoliklar tushunchalari kiritiladi. O‘lchash asbobi uchun texnik sharoitlar imkon bergan, maxsus yaratilgan normal ish sharoitida yo‘l qo‘yilgan xato asosiy xatolik deyiladi. Atrof-muhiting normal holati deb 20°S harorat va 101325 N/m 2 (760 mm sim. ust) atmosfera bosimi qabul qilingan. Tashqi sharoit o‘zgarishining asboblarga bo‘lgan ta’siridan kelib chiqqan xato qo‘shimcha xatolikdir. O‘lchov asboblarining sifati ularning xatoliklaridan tashqari asboblar variasiyasi, sezgirligi va sezgirlik chegarasi bilan xarakterlanadi. Bir kattalikni ko‘p marta takroriy o‘lchashlar natijasida asbob ko‘rsatishlari orasidagi eng katta farq o‘lchov asbobining variasiyasi deyiladi. Variasiya o‘lchanayotgan kattalikni ma’lum bir miqdorgacha asta-sekin oshirib va kamaytirib aniqlanadi. Variasiya o‘lchov asbobining mexanizmi, oraliqlari, gisterezisi va boshqa PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 32 qismlardagi ishqalanishi sababli kelib chiqadi. Variasiya (V) o‘lchov asbobi shkalasi maksimal qiymatining foizi hisobida ifodalanib, asosiy yo‘l qo‘yiladigan xatolik qiymatidan oshib ketmasligi lozim: % 100 min max ⋅ − ∆ = N N N V (1.11) bu erda, ∆N' — asbob ko‘rsatishidagi eng katta farq; N max va N min —asbob shkalasining yuqori va quyi qiymatlarn. Asbob ko‘rsatishining aniqligiga uning sezgirligi xam katta ta’sir qiladi. Asbob strelkasi chiziqli yoki burchak siljishining u siljishni xosil qilgan fizik kattalik o‘zgarishiga nisbati asbobning sezgirligi deyiladi: Q n S ∆ ∆ = (1.12) bu erda, S — asbobning sezgirligi; ∆ n — strelka siljishining o‘zgarishi; ∆Q — o‘lchanayotgan kattalikning o‘zgarishi. Sezgirligi yuqori bo‘lgan asboblar asosan aniq o‘lchashlar uchun ishlatiladi. O‘lchanayotgan kattalik qiymatining asbob ko‘rsatishiga ta’sir qila oladigan eng kichik o‘zgarishi sezgirlik chegarasi deyiladi. SHkala va strelkaga ega bo‘lgan asboblar uchun asbobning sezgirligiga teskari bo‘lgan kattalik shkala bo‘linmasi qiymati deyiladi: n Q C ∆ ∆ = (1.13) bu erda, S—shkala bo‘linmasining qiymati. Ikkita yonma-yon belgi (shtrix yoki nuktalar) orasidagi farq — shkala bo‘linmasi deyiladi. SHkala bo‘linmasining qiymati strelkani bir bo‘linmaga siljitgan kattalik qiymatining o‘zgarishini xarakterlaydi. Ba’zan kattalikning xaqiqiy qiymatini topish uchun asbob ko‘rsatishini tuzatish koeffisienti K ga ko‘paytiriladi: к x X k X ⋅ = (1.14) Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling