Umumiy doc


XVII bob. TEXNIK JARAYONLARNI BOSHQARISH


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

XVII bob. TEXNIK JARAYONLARNI BOSHQARISH 
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINING 
UMUMIY VAZIFALARI 
 
 17.l-§. AXBOROT MASALALARINING RO‘YHATI VA TARKIBI 
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (ABT) axborotni to‘plash, ishlov berish 
va taqdim etishning texnik vositalari va algoritmlarining majmuasidan iborat bo‘lib, u 
korxonani yoki ayrim jarayonlarni kibernetika usullari asosida boshqarishni 
ta’minlaydi. 
Boshqarish ob’ektiga qarab texnologik jarayonlarni boshqarish tizimi va 
korxonalarni tashkiliy-ma’muriy boshqarish tizimlari farq qilinadi. Ham u, ham bu 
vazifalarni qo‘shib olib boruvchi - integrallangan ABT (IABT) deb ataluvchi ABT 
ham bo‘lishi mumkin. 
ABT avtomatik tizimlardan farqli o‘laroq odam-mashina tizimlaridir. Bunday 
tizimlarda boshqarish vazifalari odam va texnik vositalar o‘rtasida bo‘linadi. Biroq 
avtomatlashtirilgan tizimlarning odam-mashina tabiati ABT da ayrim vazifalarni 
to‘liq avtomatlashtirish mumkinligini, ayniqsa, texnologik jarayonlarni bevosita 
raqamli boshqarish darajasida inkor etmaydi. 
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlarini sanab 
o‘tamiz. 
1. Boshqarishning texnik vositalari. Bular avvalambor boshqaruvchi 
hisoblash mashinalari (BHM), keyin boshqaruv ob’ekti bilan aloqa qilish
(bog‘lanish) qurilmasidir, bu qurilma texnologik jarayon haqidagi axborotni qabul 
qilishni va boshqaruvchi ta’sirlarning yoki axoborot signallarining shakllanishini 
ta’minlaydi:
- mashinaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan axborot kiritiladigan turli 
qurilmalar (masalan, teletayp, perfolentalardan ,perfokartalardan kiritish, boshqarish 
organlari bo‘lgan pultlar va hakazo) va axborotni avtomatik qayd etish qurilmalari 
(bosuvchi qurilmalar, turli xil qayd etuvchilar, indiqatorli panellar va hokazo).
Keyingi paytlarda hisoblash texnikasining agregat vositalari rivojlanishi bilan BHM 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


480 
tushunchasi ko‘pincha «boshqaruvchi hisoblash kompleksi» (BHK) tushunchasi
bilan almashtirilmoqda. Bu tizimning markaziy yadrosi endi agregat blanklardan 
komplektlash bilan bog‘liq bo‘lib, ularni prosessorga (operasion qurilma va markaziy 
boshqaruv bloki) va operativ xotirlash bloklari (OXB) ga bo‘lish qabul qilingan. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling