601
ga imkon beradi.
SHuningdek, ko‘rib chiqilayotgan tizimlarda GUI (Graphic Users Interface)
standart funksiyalarni ko‘llab- kuvvatlash to‘g‘risidagi masala juda muhimdir. Ko‘rib
chiqilayotgan SCADA- tizimlarning ko‘pchiligi Windows boshqaruvida ishlayotgani
uchun bu foydalanilayotgan GUI ning turini belgilaydi.
Agar tizim uchun ma’lumotlarning foydalanilayotgan
formatlari va prosedura
(tadbir) interfeysi belgilangan va tavsiflangan bo‘lsa, u holda bu tizim ochiq
hisoblanadi, bu esa unga «tashqi», alohida (mustaqil) ishlab chiqilgan kompyuterlarni
ulash imkonini beradi.
SHaxsiy dasturiy modullarni ishlab chiqish
Avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chikaruvchi-
firmalar oldida shaxsiy
(SCADA tizimlari doirasida ko‘zda tutilmagan) dasturiy modullarni yaratish va ularni
yaratilayotgan avtomatlashtirish tizimiga kiritish to‘g‘risidagi masala turadi. SHuning
uchun tizimning ochiqligi to‘g‘risidagi masala SCADA- tizimlarning muhim
xarakteristikasi hisoblanadi. Aslida tizimning ochiqligi
u yoki bu tizimli servisni
amalga oshiruvchi tizimli (SCADA ma’nosida) chakiruvlar spesifikasiyalarining
ochiqligini anglatadi.
Bu grafik funksiyalarga, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash
funksiyalarga va h.o.larga kirish mumkinligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: