Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isitish uzeli sxemasi Mahsulot nasos yordamida T
- 22.4.2. Boshqarish prinsiplari
22.4-§. ISSIQLIK ALMASHTIRGICH 22.4.1. Texnologik uzelning tavsifi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 705 Qarshi oqimli issiqlik almashtirgichda bir oqimning (mahsulotning) isishi jarayoni ikkinchisining (issiqlik eltgichning) sovushi xisobiga modellashtiriladi. Isitilayotgan mahsulot sifatida sovuq suv, issiqlik eltgich sifatida esa issiq suvdan foydalaniladi. Texnologik uzelning sxemasi 22.4-rasmda keltirilgan. G‘ilof quvurli issiqlik almashtirgich quvurlar dastasi va quvurni o‘rab turgan qobiqdan iborat. Suyuqliklar issiqlik almashtirgichning bu ikki qismi bo‘ylab o‘tib, quvurlarning sirti orqali o‘zaro issiqlik almashinadilar. 22.4-rasm Isitish uzeli sxemasi Mahsulot nasos yordamida T-1 issiqlik almashtirgich quvurlariga, issiqlik eltgich esa, boshqa nasos bilan uning korpusiga uzatiladi. Issiqlik eltgich T-1 ga oqib kiradi va quvur dastasida mahsulot oqimiga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Oqimlarning qarama-qarshi yo‘nalishi issiqlik almashinuvining yanada yuqori tezlikda bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa issiqlik almashtirgichning o‘lchamlarini minimallashtirishga imkon beradi. Isigan mahsulot issiqlik almashtirgich quvurlarining issiqlik eltgich kirgan uchidan oqib chiqadi, sovutilgan issiqlik eltgich esa issiqlik almashtirgichning mahsulot oqib kiradigan tomonidan chiqadi. 22.4.2. Boshqarish prinsiplari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 706 Issiqlik almashtirgichni boshqarish vazifasi isitish jarayonini qurilmaning xavfsizligi va undan samarali foydalanish talablariga muvofiq o‘tkazishdan iborat. Mahsulot N-1/A,V nasos yordamida T-1 issiqlik almashtirgichning quvurlar dastasiga uzatiladi. Mahsulotning sarflanishini boshqarishni issiqlik almashtirgichga tomon liniyadagi FV-100 klapan yordamida FIRC-100 rostlagichi amalga oshiradi. Mahsulotning haroratini TIR—300 asbobi o‘lchaydi. Issiqlik eltgich T-1 issiqlik almashtirgichga N-2/A,V nasos yordamida uzatiladi. Issiqlik almashtirgichga kirayotgandagi uning harorati TIR-310 asbob yordamida o‘lchanadi. T-1 issiqlik almashtirgichdan chiqishda qizigan mahsulotning berilgan haroratini TIRC-330 rostlagich ta’minlab turadi, u FIRC-110 asbob uchun sarf miqdorini o‘zgartirib, T-1 ga kelayotgan issiqlik eltgich oqimini kaskadda boshqaradi. FIRC-110 rostlagich FV-110 klapan yordamida issiqlik eltgichning talab etilayotgan sarfini ta’minlaydi, bu klapan issiqlik almashtirgichga issiqlik eltgichni uzatish quvurida joylashgan. T-1 dan chiqarilayotgan sovitilgan issiqlik eltgichningharoratini TIR-320 datchigi nazorat qilib turadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling