Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
22.3.4.2. Me’yordagi to‘xtatish
Umumiy mulohazalar «Me’yordagi to‘xtatish» mashqining maqsadi-separatorni to‘g‘ri va havfsiz o‘chirish bo‘yicha harakatlarning zarur ketma-ketligini o‘rganish. Separasiyalash uzelini to‘la to‘xtatish odatda asosiy qurilmani ta’mirlashni o‘tkazish uchun yoki ishlab chiqarish zarurati bilan amalga oshiriladi. To‘xtatishni boshlashdan oldin separator ishi bilan bog‘liq qurilmalar operatorlariga separator to‘xtatilishi haqida habardor qilish zarur. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 704 Tadbir . 1. Xom ashyo sarfi rostlagichi FIRC-100 ni dastaki rejimga o‘tkazing va klapanni asta-sekin berkita borib, xom ashyo uzatishni nolgacha kamaytirib boring. 2. Sath rostlagichi TIRC-301ni dastaki rejimga o‘tkazing va klapanni yoping 3. S-1 dagi ortiqcha bosim hisobiga fazani chiqarib tashlash uchun klapanni 10- 20% ga oching va sath rostlagichi LIRC-410 ni dastaki rejimiga o‘tkazing . Drenaj liniyasidagi HV-002 ajratkichni yoping. 4. S-1 dagi suyuqlikning sathi 5-10%gacha pasaysa, LIRC-410 sath rostlagichi klapanini yoping. Drenaj chizig‘ida HV-002 ajratkichni ochib, qolgan suyuqlikni quriting. Separator bo‘shaganda, HV-002 ajratkichni yoping 5. PIRC-220 rostlagichni dastaki rejimga o‘tkazing. Rostlagich klapanini ochib, S-1 dagi bosimni pasaytiring. Bosim pasaygandan so‘ng klapanni berkiting. 6. Xom ashyo liniyasidagi HV-001 ajratkichni va rostlovchi klapanlar oldidagi BV-100, BV-220 va BV-410 ajratkichlarni berkiting. 7. S-1 separatordagi bug‘larning soviy boshlashiga qarab, ular qisman kondensasiyalanishi mumkin. Bu separatorda suyuqlik paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi (LIRC-410 datchigi). Bunda separatorda siyraklanish yuzaga keladi. Separatordan kondensatni siqib chiqarish uchun HV-003 havo o‘tkazgichni oching (bosimni tenglashtirish uchun) va drenaj liniyasidagi HV-002 ajratkichni ochib va yopib, suyuqlikni davriy ravishda drenaj qiling (quriting). Separasiya qilish uzeli to‘xtatildi va asbob-uskunaga texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash uchun tayyor. Separatorni ta’mirlashga tayyorlash operasiyalari modellashtirilmaydi. Ular real qurilmada korxonada amal qiluvchi yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling