Jismoniy tarbiyaning uslubiy tamoyillari


Download 48.62 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi48.62 Kb.
#1507710
  1   2   3
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTLARI JARAYONIDA TA\'LIM VA TARBIYA UMUMIY ASOSLARI


JISMONIY TARBIYA MASHG'ULOTLARI JARAYONIDA TA'LIM VA TARBIYA UMUMIY ASOSLARI


REJA:
Kirish
1.Sport mashqining pedagogik jarayonga xosligi.
2.Sport mashqi tuzilmasi tushunchasi.
3.Sport mashqi tuzilmasi tavsifi.
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish

Bu qismlarning maqadi, mazmuni jismoniy madaniyat darsinikiga o’xshash bo’lib, s’ort mashqida o’zining alohida xususiyatlariga ega. Jumladan vaqt jihatidan bir qancha cho’ziq bo’lib, har bir s’ortchining tayyorgarligiga qarab o’zgarishi mumkin. Ikkinchidan jismoniy madaniyat darsida barcha shug’ullanuvchilar bir xil mashq bajarsalar, s’ort mashqida s’ortchining tayyorgarligi jismoniy rivojiga qarab jismoniy mashq to’shiriqlari hajm, muddati ham har xil bo’lishi mumkin. S’ort mashqining qismlari jismoniy mashq to’shiriqlarini maxsus jihozlangan s’ort inshootlarida o’tkaziladi. S’ort mashqi darsining qismlarining maqsadi va mazmuni jismoniy madaniyat darsinikiga o’xshashligini tushuntirish kerak.


Endi biz, s’ort mashqining jismoniy madaniyat darslarida uchramaydigan tuzilmalariga to’xtalamiz.
S’ort mashqi ko’’ yillik jarayon bo’lgani uchun u quyidagi tuzilishdan ham iborat.
1.Kichik (mikrostruktura) tuzilish – bu mikrotuzilish va alohida mashg’ulotlardan iborat.
2.O’rta (mezostruktura) tuzilish bu mashq bosqichlarining tuzilishi ya‘ni kichik tuzilishlarning tugallangan davri.
3.Katta (makrostruktura) tuzilmalar - bu s’ort mashqining yillik, yarim yillik davrlari.
1.Kichik (mikrostruktura)» tuzilma, bu 3-10 kun davomida o’tadigan s’ort mashqi mashg’ulotlarining ta‘sirini nisbatan tugallangan jarayondir. Kichik tuzilma ko’’incha haftalik bo’ladi. Kichik davrlarning tuzilmasi mashg’ulot davri, s’ortchining tayyorgarligi, yoshi, qo’yiladigan vazifalar, shug’ullanuvchilarning holati, mehnat va ijtimoiy faoliyatining umumiy tartibi va boshqa omillar - bilan belgilanadi. Kichik «davrlarning takrorlanishida mashg’ulotning ish strukturasi qaytariladi, biroq yuklanish hajmi o’zgartiriladi. Kichik davrlar mashg’ulot tuzilmalarining eng o’zgaruvchan qismidir. Mazmuni bo’yicha: mashq qildiruvchi, musobaqalashish va nisbatan dam beruvchi kichik davrlar bo’ladi.
2.O’rtacha oraliq (mezostruktura) tuzilmalar – bu 4-6 haftalik to’lqinlarning dinamikada nisbatan muntazam takrorlanishidir. O’rtacha tuzilmalar bir qator kichik davrlarning umumiy ta‘siri ostida shakllanadi va asosan mashq qilganlikning bosqichlar bo’yicha rivojlanishni aks ettiradi. S’ort mashqi jarayonining o’rta tuzilmalari o’rta davrlarning quyidagi xillarida ifodalangan; jalb etuvchi, bazaviy (rivojlanib boruvchi, zarbdor za stabillashuvchi), nazorat tayyorgarligi, mahorat oshiruvchi, musobaqa oldi, musobaqalashish, oraliq (tiklovchi tayyorgarlik, tiklovchi tutib beruvchi) oraliq davrlar.
3.Katta (makrostruktura) tuzilmalar odatda mashg’ulotning yillik va yarim yillik davrlarida ifodalanadi. Katta tuzilmalar davomida s’ort mashqi mashg’ulotlarini o’tkazish uchun, kichik tuzilmaning nimaga asoslanishi, uning qismlarining qanday qonuniyatlar tashkil qilganligi (odatdagi tuzilma - umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarlik musobaqalashish, o’tish davrlari)ni bilish zarur.
Katta tuzilma s’ort mashqi davomida mashq olganlik (s’ort formasi)ning fazalari, musobaqalar taqvimi, s’ortchining hayot tarzi, mehnat va o’quv faoliyati, moddiy baza sharoiti, fasllardagi iqlim va ob-havo va boshqa xususiyatlari bilan belgilanadi. Katta tuzilmalar bir qator oraliq va kichik tuzilmalardan iborat. Ularning barisi o’z tuzilmasi, mazmuni bilan farq qiladi va ma‘lum darajada bir-biriga bog’liq bo’ladi.

Download 48.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling