Umumiy doc
-§. QARSHILIK TERMOMETRLAR
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Баъзи металлар
2.5-§. QARSHILIK TERMOMETRLAR Haroratni qarshilik termometrlari bilan o‘lchash harorat o‘zgarishi bilan o‘tkazgich hamda yarim o‘tkazgichlar elektr qarshiligining o‘zgarish xususiyatiga asoslangan. Demak, o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgichning elektr qarshiligi uning harorati funksiyasidan iborat, ya’ni R = f(t). Bu funksiyaning ko‘rinishi termometr qarshiligi materialining xossalariga bog‘liq. Ko‘pchilik toza metallarning elektr qarshiligi harorat ko‘tarilishi bilan ortadi, metall oksidlari (yarim o‘tkazgichlar)ning qarshiligi esa kamayadi. Qarshilik termometrlarini tayyorlashda quyidagi talablarga javob beruvchi toza metallar qo‘llaniladi: 1) o‘lchanayotgan muhitda metall oksidlanmasligi va kimyoviy tarkibi o‘zgarmasligi kerak; 2) metallning haroratga qarshilik koeffisienti etarli darajada katta va barqarorlashgan bo‘lishi lozim; 3) qarshilik harorat o‘zgarishi bilan to‘g‘ri yoki ravon egri chiziq bo‘yicha keskin chetga chiqishlarsiz va gisterezis holatlarisiz o‘zgarishi kerak; 4) solishtirma elektr qarshilik etarlicha katta bo‘lishi kerak. Ma’lum haroratlar oralig‘ida yuqoridagi talablarga platina, mis, nikel, temir, volfram kabi metallar javob beradi. Harorat o‘zgarishi bilan elektr qarshilygining o‘zgarishini xarakterlovchi parametr elektr qarshilikning harorat koeffisienti deyiladi. Harorat koeffisienti haroratga bog‘liq bo‘lgan metallar uchun u faqat haroratning har bir qiymati uchun aniqlanishi mumkin: ) )( 1 ( 0 dt dR R a t = (2.48) bu erda, R 0 va R t — 0 va t°S haroratdagi qarshilik . Temperatura koeffisienti °S -1 yoki 0 K -1 larda ifodalanadi. Ko‘pgina sof metallar uchun harorat koeffisienti 0,0035 ... — 0,065 K -1 chegaralarda yotadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 72 YArim o‘tkazgichli metallar uchun harorat koeffisienti manfiy va metallarnikidan bir tartibga ko‘p (0,01 . . . 0,015 K -1 ) bo‘ladi. Hozir qarshilik termometrlarini tayyorlash uchun mis, platina, nikel va temirdan foydalaniladi. Mis arzon material bo‘lib, uning qarshiligi amalda haroratga chiziqli bog‘liq, ya’ni R t =R 0 (1+at) (2.49) bu erda, R t va R 0 - t va 0°S haroratda termometr qarshiligi; a — mis simning harorat koeffisienti: a = 4,28·10 - 3 K -1 Mis oksidlanishi tufayli u 200°S dan ortiq bo‘lmagan haroratlarni o‘lchashda qo‘llaniladn. Misning kamchiliklariga uning solishtirma qarshiligining kamligini kiritsa bo‘ladi; σ=17·10 -7 Om·m. Solishtirma qarshilik termometrning o‘lchamiga ta’sir etadi: solishtirma qarshilik qancha kam bo‘lsa, sim shuncha ko‘p kerak bo‘ladi, shuning uchun, termometr o‘lchami shuncha katta bo‘ladi. Misdan tayyorlangan qarshilik termometrlari —200 dan + 200°S gacha haroratlarni uzoq vaqt davomida o‘lchashda qo‘llaniladi. Nominal qarshiliklar 0°S da 10, 50 va 100 Om ni tashkil etadi. Amaliyotda yana R 0 =53 Om li termometr ishlaydi. Bu qarshilik termometrlari uchun quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1 Om, 5 Om, 10 Om (R 0 =53 Om ыarshilik termometri Gr. 23 deb belgilangan). Platina — qimmatbaho material. Kimyoviy jihatdan inert va sof holda osonlik bilan olinadi. Platinadan tayyorlangan qarshilik termometrlari—260 dan +1100°S gacha haroratlarni o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Platina qarshiligining haroratga bog‘liqligi murakkab bog‘lanishdan iborat bo‘lib,—183 dan 0°S gacha harorat oralig‘ida quyidagicha yozilishi mumkin: R t =R 0 [1+At+Bt 2 +Ct 3 (t-100)] (2.50) 0 dan + 630°S gacha oralikda esa, quyidagicha ifodalanadi: R t =R 0 (1+At+Bt 2 ) (2.51) bu erda, R t va R 0 — mos ravishda t va 0°S haroratlarda platina karshiligi; A, V, S — o‘zgarmas koeffisientlar bo‘lib, ularning qiymati termometrni darajalashda kislorod, suv va oltingugurtning qaynash nuqtalari bo‘yicha aniqlanadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 73 Standart qarshilik termometrlarida qo‘llaniladigan PL- 2 markali platina uchun (2.50) va (2.51) tenglamalardagi koeffisientlar quyidagi qiymatlarga ega: A = 3,96847·10 -3 1/°S; V = — 5,847·10 -7 1/ 0 S; S = — 4,22·10 -12 1/°S. Texnik termometrlarni tayyorlashda ishlatiladigan PL-2 markali platina uchun R 100 /R 0 = 1,391 0°S da platinali qarshilkk termometrlari quyidagi qarshiliklarga ega bo‘lishi mumkin: 1, 5, 10, 50, 100 va 500 Om (amalda R 0 = 46 Om li termometr ishlatiladi). Bu qarshilik termometrlari uchun o‘zgarishning nominal statistik xarakteristikasiga quyidagi belgilashlar kiritilgan: 1P, 5P, 10P, 50P, 100P va 500P (R 0 ==46 Om qarshilikli termometr Gr. 21 deb belgilangan). Platinaning kamchiliklaridan biri uning tiklovchi muhitda metall bug‘lari, uglerod oksidi va boshqa moddalar bilan ifloslanishidir. Bu ayniqsa yuqori haroratlarda namoyon bo‘ladi. Nikelli va temirli qarshilik termometrlari —60 dan + 180°S gacha haroratlar oralig‘ida ishlaydi. Nikel va temir qarshilik termometrlari katta harorat koeffisientiga ega: a N1 =(6,21-6,34)·10 -3 K -1 a Fe =(6,25-6,57)·10 -3 K -1 va solishtirma qarshiligi katta: δ N1 =1,18-1,38·10 -7 Om·m; δ Fe =0,55-0,61·10 -7 OM·m. Ammo bu metallar quyidagi kamchiliklarga ega: ularni sof xolda olish qiyin, bu esa bir-birini almashtira oladigan qarshilik termometrlari tayyorlashda qiyinchilik tug‘diradi; temir va, ayniqsa, nikel qarshiligining haroratga bog‘liqligi oddiy empirik tenglamalar bilan ifodalanadigan egri chiziqlardan iborat emas; nikel va, ayniqsa, temir nisbatan past haroratlarda ham osongina 0 1 2 3 4 5 6 R 0 R t 200 400 600 0 C Pt Cu Nl Fe 2.13 – расм. Баъзи металлар Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling