Umumiy doc


-§. Harorat o‘lchashning zamonaviy vositalari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
2.8-§. Harorat o‘lchashning zamonaviy vositalari 
Haroratni yuqori aniqlikda o‘lchash bu juda murakkab jarayon. Ko‘rib chiqilgan 
echimlar hal qilinayotgan masalaning faqat nazariy qismidir. Amalda faqat o‘lchash 
tizimini yaratish to‘g‘risidagina o‘ylashga to‘g‘ri kelibgina qolmay, balki olingan 
kattalikni nazorat – hisoblash majmuiga yoki ABS ga qanday qilib kiritish to‘g‘risida 
o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Ko‘pincha o‘lchangan kattalik o‘zi bir boylikni ifodalaydi, 
biroq u tegishli boshqaruvchi ta’sir to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yoki 
keyinchalik ishlov berish va tahlil qilish uchun boshqarish tizimining ma’lumatlar 
bazasiga kiritilishi kerak. Datchikdan olingan signalni filtrdan o‘tkazish zarur, chunki 
ko‘pincha o‘lchashlar sanoat xalaqitlari sharoitida o‘tkaziladi va o‘lchash qismini 
boshqarish majmuidan ajratib turadigan galvanik ajratgich (izolyasiya) bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun “eskicha” usulda bajarilgan sovodli echim 
taqdim etilsa, u etarlicha murakkab, qo‘pol va norentabel bo‘lishi aniq bo‘lib qoladi. 
Biroq, agar signallarni me’yorlashning klassik masalasini echishga, ularni filtrlash va 
tizim qismlarini galvanik ajratishga ehtiyoj bor ekan, u holda sanoat avtomatlashtirish 
vositalari bozorida tegishli tayyor echimlar mavjudligi ehtimoli bor. Mazkur holda 
Data forth firmasining modullari qiziqish uyg‘otadi. Agar haroratni termoqarshiliklar 
yordamida o‘lchash to‘g‘risida aniq gapiradigan bo‘lsak, u holda bu firma taklif 
etayotgan echim juda sodda ko‘rinadi: datchik, masalan Pt100 platinali qarshiliklar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


99
termometri olinadi va SCM5B34 yoki SCM5B35 moduliga ulanadi. (2.28 – rasm, 
a,b,v). 
Rasmda qarshilik termometrining RTD ikki, uch va to‘rt simli ulanishi 
variantlari ko‘rsatilgan. SHuni aytib o‘tish joizki, ikki simli ulanish ulovchi 
simlarning uzunligi uncha katta bo‘lmagan va o‘lchashlarning presizion aniqligi talab 
etilmaydigan tizimlarda foydalaniladi; bunday konfigurasiyaning muhim xususiyati 
echimning qiymati minimal ekanligidir. To‘rt simli ulanish, odatda o‘lchash 
labaratoriyalarida foydalaniladi. Bunday konfigurasiyada maksimal aniqlikka 
erishiladi; SCM5B35 moduli ana shu maqsadlar uchn maxsus ishlab chiqilgan. Uch 
simli ulanish ongli kelishuv sifatida ishtirok etadi; u sanoat avtomatlashtirishda 
ko‘pincha foydalaniladigan datchikni ulash varianti hisoblanadi. Bularning hammasi 
operativ xizmat ko‘rsatish uchun etarlicha qulay va birlamchi o‘zgartgichlardan 
signallarni qurish imkonini beradi. Ishchi haroratlarning -40 dan ±85 
0
S gacha 
bo‘lgan keng oralig‘i ko‘pchilik hollarda modullarni o‘lchash nuqtasiga bevosita 
yaqin joyda, kompensasiyalovchi simlarning qisqa uzunligi hisobiga mablag‘ tejab va 
qo‘shimcha isitish yoki sovutishdan voz kechib, joylashtirishga imkon beradi. 
YAna shuni takidlash joizki, Data forth firmasi modullaridan foydalanish – 
signallari me’yorlashtirish masalalarining yagona echimi emas, biroq uni shubhasiz 
davr bilan tekshirilgan klassikaga taalluqlilar toifasiga kiritish mumkin. 
2.28 – rasm. Datchikning SCM5B35 moduliga ulash variantlari. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


100 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling