Umumiy doc


To‘liq nurlanish (radiasion) pirometrlari


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

To‘liq nurlanish (radiasion) pirometrlari 
Radiasion pirometrlar (to‘liq nurlanish pirometrlari) qizdirilgan jismning 
haroratini o‘lchashga mo‘ljallangan. Pirometr optik tizim (linza, oyna) bilan 
ta’minlangan. Bu tizim jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, qarshilik 
termometri va yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklardan iborat o‘zgartgichga to‘playdi. 
O‘lchash 
asboblari 
sifatida 
millivoltmetr, 
avtomatik 
potensiometr 
va 
muvozanatlashtirilgan ko‘priklardan foydalaniladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


95
2.27 – rasm. Radiasion pirometrning prinsipial sxemasi. 
2.27- rasmda termobatareyali radiasion pirometrning prinsipial sxemasi 
ko‘rsatilgan. Pirometr ob’ektiv linza 1 va okulyarli teleskop 2 dan iborat. Nurlanish 
manbaidan chiqqan nurlarning yo‘lida cheklovchi diafragma 3 o‘rnatilgan, ob’ektiv 
linza fokusida esa termobatareya 4 joylashgan. Okulyar linza oldiga ko‘zni muhofaza 
qiluvchi rangli shisha 5 qo‘yilgan. Termobatareyada to‘plangan nurlar uni qizdira 
boshlaydi va nurlanishning to‘liq energiyasiga mutanosib bo‘lgan EYUK paydo 
bo‘ladi. Bu EYUK millivoltmetr bilan o‘lchanadi. 
100° dan 4000° gacha haroratni o‘lchaydigan radiasion pirometrlarning turli 
tuzilishlari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining optik tizimi, termojuftlarni ulash sxemasi 
va boshqa elementlari bilan farq qiladi. O‘zgartkichlari qarshilik termometridan 
iborat bo‘lgan ba’zi radiasion pirometrlarga nisbatan kichik, masalan, 20°S dan 
100°S gacha haroratlarni o‘lchay oladi. O‘zgartgich qabul qiladigan nurlar 
energiyasini aniq hisobga olish juda qiyin. CHunki o‘zgartkich va atrof muhit 
o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvi mavjud. SHuning uchun, asbob hisobga olib 
bo‘lmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishi tabiiy. 
Lekin shu kamchiliklarga qaramay, radiasion pirometrlar sanoatda juda keng 
qo‘llaniladi. Pirometrlarning ko‘rsatishlarini masofaga uzatish yoki avtomatik 
ravishda yozib olish va ular yordamida haroratni rostlash mumkin. 2500°S gacha 
haroratni o‘lchashda pirometr ko‘rsatishlarining xatosi ±1,5%, 2500°S dan ortiq 
haroratni o‘lchaganda esa ±2,5% dan oshmaydi. 
Seriyalab chiqarilayotgan APIR-S turidagi to‘liq nurlanish pirometrlari 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


96
haroratni 30 dan 2500°S gacha bo‘lgan oraliqda o‘lchashga mo‘ljallangan. Maxsus 
tayyorlangan pirometrlar—100 dan +3500°S gacha haroratlar oralig‘ida qo‘llaniladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling