Umumiy doc
сигнализаторининг схемаси
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
сигнализаторининг схемаси
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 184 Idishlardagi sochiluvchan moddalarning yuqori va quyi sathlarini nazorat qilish uchun bitta (BKS-2.1) yoki ikkita (BKS-2.2) sath datchiklari bilan bir komplektdagi BXS-2 bloki asosida qurilgan sath signalizatorlari (rele) o‘zini oqladi. Nazorat bloklari uchqundan xavfsiz qilib ham chiqariladi (BKS-24 turidagi). Sath signalizatorlari sifatida ulchashning rezonans sxemali (ko‘prikli emas) sig‘imli signalizatorlaridan foydalanish mumkin, masalan, ESU-1, ESU-2 va boshqa turlaridan. Bunday qurilmalarda elektrod 1 va bunker devori 2 (5.16-rasm) dan tuzilgan sig‘imli o‘zgartkich induktivlik g‘altagi L bilan birga tebranish konturini tashkil etadi. Uning rezonans chastotasi o‘zgartkich sig‘imi bilan, ya’ni sathning qiymati bilan aniqlanadi. Konturning rezonans chastotasi bilan generator G ning kuchlanish chastotasi (sathning chegaraviy qiymatiga mos kelgan) ustma-ust tushsa, R rele sinalizasiya sxemasini ulaydi. Akustik sath signalizatorlari zarrachalar o‘lchami 2 dan 200 mm gacha bo‘lgan sochiluvchan va bo‘lakli moddalarning sathini kontaktsiz avtomatik signalizasiyalash uchun qo‘llaniladi. EXO turidagi signalizator akustik o‘zgartkichdan, uzatuvchi o‘zgartkichdan va releli chiqishdan iborat. Signalizasiya oralig‘iga bog‘liq holda turli xil akustik o‘zgartkichlar qo‘llaniladi. Sathdan qaytgan impulslar generatordan kelayotgan impulslardan vaqt oralig‘ining farqi bilan belgilanadi. Keyin moslashish sxemasidan chiqish signali chiqish qurilmasiga keladi, u erda rele qurilmasini ishga tushuruvchi o‘zgarmas tokning chiqish kuchlanishi shakllanadi. Sath o‘lchashning bir qator uslub va vositalari (radioizotopli, rezonansli, konduktometrik va boshq.) mavjud bo‘lib, ular qurilmasi murakkab bo‘lganidan yoki o‘lchanayotgan muhitning tavsifiga ko‘p jihatdan bog‘liqligidan, yoki oziq-ovqat mahsulotlariga ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lganidan sanoatda amalda deyarli qo‘llanilmaydi, shunga qaramay ular yuqori metrologik xossalarga ega. 5-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Moddalar sathini o‘lchash 2. Qalqovichli sath o‘lchagichlari 3. Gidrostatik sath o‘lchagichlari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 185 4. Elektr sath o‘lchagichlari 5. Ultratovushli sath o‘lchagichlari NAZORAT SAVOLLARI 1. Moddalarni sathini o‘lchash usullarini izohlab bering. 2. Qalqovichli sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 3. Gidrostatik sath o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 4. Elektr sath balandligi o‘lchagichlarini ishlash prinsipini tushuntiring. 5. Ultratovushli sath o‘lchagichlari qanday sanoat tarmoqlarida ishlatiladi? 6. Sochiluvchan moddalar sathini qanday o‘lchash mumkin? Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling