Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termokonduktometrik gaz analizatorlari
- Термокондуктометрик
fizik o‘zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta’sir qilish uning tarkibining tubdan
o‘zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o‘zgartirish deb ataladi. Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan %, g/m 3 , mg/l larda darajalanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining foiz hisobidagi miqdori harorat va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi. Gaz analizatorlari tarkibiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan tashqari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha qurilmalar ham kiradi. Asosiy, yordamchi qurilmalar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va tahlilga tayyorlovchi qurilmalardir. Gaz analizatorlarining mavjud tasnifi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentrasiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik-kimviy xossalarga asoslanadi. Quyida sanoatda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. Termokonduktometrik gaz analizatorlari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 188 Termokonduktometrik gaz analizatorlarining ishlash prinsipi gaz aralashmasi issiqlik o‘tkazish qobiliyatining tekshirilayotgan komponent konsentrasiyasiga bog‘liqligiga asoslangan. Agar binar aralashmadagi komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi har xil bo‘lsa, bu usulni qo‘llash qulay. Ko‘p komponentli gaz aralashmasini tahlil qilishda yuqoridagi usulni qo‘llash mumkin, lekin aniqlanmaydigan komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi bir- biridan uncha farq qilmay, aniqlanayotgan komponentning issiqlik o‘tkazuvchanligi ulardan ancha farq qilishi kerak. Ko‘pchilik gaz aralashmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin: n n C C C C λ λ λ λ λ 100 ... 100 100 100 3 3 2 2 1 1 + + + + = , (6.1) bu erda S 1 , S 2 , S 3 ,..., S p — issiqlik o‘tkazuvchanligi tegishlicha λ 1 ,λ 2 ,λ 3 ,...,λ p bo‘lgan komponentlar mikdori (bu erda, S 1 + S 2 + S 3 + . . . + S p = 100 % bo‘lishi shart). Aniqlanmaydigan komponentlarning yig‘indi konsentrasiyasi S v (6.1) ga ko‘ra mos keladigan issiqlik o‘tkazuvchanligi λ v bo‘lgan aralashmaning issiqlik o‘tkazuvchanligi quyidagi ifodadan aniqlanadi: B B A C C λ λ λ λ 100 100 + = , (6.2) bu erda S A — issiqlik o‘tkazuvchanligi λ A bo‘lgan aniqlanadigan komponent miqdori. S v + S A = 1 bo‘lganligi uchun aniqlanadigan komponent konsentrasiyasi S A ning aralashmaning o‘lchanadigan issiqlik o‘tkazuzchanligi λ ga bog‘liqligi, aniqlanmaydigan va aniqlanadigan komponentlarning issiqlik o‘tkazuvchanliklari ma’lum bo‘lganida, quydagi ko‘rinishda bo‘ladi: C A =(λ-λ B )∙(λ A -λ B ). (6.3) Gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun tahlil qilinayotgan aralashma bilan to‘ldirilgan kameraga joylashtirilgan qizdiriladigan o‘tkazgichdan foydalaniladi. Agar o‘tkazgichdan kamera devorlariga faqat issiqlik o‘tkazuvchanlik tufayligina issiqlik berilsa, quyidagi ifoda to‘g‘ri bo‘ladi: Q=2π∙l∙λ(t p -t s )/l p (D/ d), (6.4) bu erda Q — o‘tkazgich 1 sekundda beradigan issiqlik miqdori; l, d — o‘tkazgichning uzunligi va diametri; D PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 189 — kamera diametri, λ — gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi; t n , t s — o‘tkazgich va kamera devorlarining harorati. O‘tkazgich beradigan issiqlik Q va kamera devorlarining atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘lgan harorati t s o‘zgarmas bo‘lganida gaz aralashmasining issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘tkazgichning haroratini, binobarin, uning o‘tkazuvchanligini bir xil qiymatda aniqlaydi. O‘tkazgich sifatida elektr qarshiligining harorat koeffisienti yuqori va kimyoviy jihatdan chidamli metall simdan foydalaniladi; platina ko‘proq, volfram, nikel, tantal kamroq ishlatiladi. Termokonduktometrik gaz analizatorlarining o‘lchash elementlari o‘zi qiziydigan qarshilik termometri rejimida ishlaydigan, platina tola joylashgan kamera shaklidagi o‘zgartkichdan iborat. Gaz aralashmasi tarkibining o‘zgarishi uning issiqlik o‘tkazish qobiliyatini o‘zgartiradi, natijada qizigan tola va gaz aralashmasi o‘rtasida o‘zaro issiqlik almashuvining jadalligi ham o‘zgaradi. Tolaning elektr qarshiligi tekshirilayotgan komponent konsentrasiyasini bildiradi. Bu turdagi sanoat gaz analizatorlarida o‘lchashning differensial usuli qo‘llaniladi, bu erda, tekshirilayotgan va namuna gaz aralashmalarining issiqlik o‘tkazuvchanligi ishlovchi va solishtirma kameralar yordamida solishtiriladi. Ishlovchi kamera oqib o‘tadigan qilib ishlanadi, solishtirma kamera esa tarkibiga konsentrasiyasi o‘lchashning pastki, o‘rta va yuqorigi chegarasiga mos keladigan o‘lchanayotgan komponent kirgan gaz aralashmasi bilan to‘ldiriladi. O‘lchash sxemalari bevosita hisoblash yoki avtomatik muvozanatlash prinsipiga ko‘ra quriladi. 6.1-rasmda ko‘rsatilgan termokonduktometrik gaz analizatori konsentrasiyani muvozanatlashgan ko‘prik yordamida o‘lchaydi. Doimiy sarfga ega bo‘lgan tekshirilayotgan gaz aralashmasi R t 1 6.1 – расм. Термокондуктометрик Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling