Umumiy doc


маторли ўзгартгич схемаси


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

маторли ўзгартгич схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


298 
ulanib, elektron kuchaytirich kuch transformatorining chulg‘amidagi o‘zgaruvchan 
tok kuchlanishidan ta’minlanadi. Ikkilamchi chulg‘amlar bir - biriga yo‘nalgan holda 
ulanib, chiqishlari elektron kuchaytirgichga qaratilgan. G‘altaklar ichida temir 
o‘zaklari o‘rtacha holatda bo‘lsa, g‘altakdagi e
1
va e
2
EYUK lar teng bo‘ladi, ya’ni 
∆E
1
= e
1
— e
2
= 0 va ∆E
2
= e
3
— e
4
= 0, demak, ∆E = ∆E
1
—∆E
2
kuchaytirgich 
kirishidagi farq ham nolga teng bo‘ladi. 
O‘zaklar holati o‘zgarganda g‘altaklarda kattaligi va fazasi birlamchi asbob 
g‘altagidagi o‘zak siljishining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan nobalans kuchlanish 
vujudga keladi. Nobalans kuchlanish elektron kuchaytirgich orqali reversiv dvigatelni 
boshqarish uchun kerak bo‘lgan qiymatgacha kuchayadi. Reversiv dvigatel 
profillangan disk yordamida ikkilamchi asbob g‘altagi o‘zagini, birlamchi asbob 
g‘altagi o‘zagi bilan muvofiqlashtirilgan holatga siljitadi, natijada ikkala g‘altakdagi 
EYUK lar tenglashadi, binobarin, muvozanat holati tiklanadi. Ikkilamchi 
chulg‘amlarning EYUK yana nolga teng bo‘ladi va reversiv dvigatel to‘xtaydi. 
Reversiv dvigatel ikkilamchi asbobning strelkasi va perosi bilan bog‘langan. 
Birlamchi asbobning o‘zagi 5 mm ga siljiganda induksiyalangan EYUK ning 
bog‘lanishi chiziqli bo‘lib qoladi. Differensial-transformatorli tizimlarning ikkilamchi 
asboblari potensiometrlar asosida qurilgan. 
O‘lchash tizimida teleuzatishning differensial-transformatorli tizimi uchun 
ikkilamchi asboblarga KSD va KSU kiradi. Asboblarning quyidagi turlari chiqariladi: 
juda kichik o‘lchamli ko‘rsatuvchi KPD1; VMD va o‘ziyozar KSD1, kichik 
o‘lchamli ko‘rsatuvchi silindrli siferblati aylanadigan KVD1 va o‘ziyozar KSD2, 
aylanasimon diagrammali KSD3. Hamma asboblarning aniqlik sinfi 1. Ikkilamchi 
asboblar yo qo‘shimcha chiqish o‘zgartkichlari yoki boshqariluvchi qurilma bilan 
ta’minlanishi mumkin. Sarf o‘lchagich asboblarda, ko‘pincha, ichiga o‘rnatilgan 
integrallovchi qurilmalardan foydalaniladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling