Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
 
7-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. 
Mikrometr 
2. 
Qalinlik o‘lchagich 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


290 
3. 
Profilometr 
4. 
Profilograf 
5. 
Velosimetr 
6. 
Akselometr 
7. 
Vibrometr (tebranish o‘lchagichi) 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. 
Mexanik parametrlarni o‘lchashda nimani tushunasiz? 
2. 
Siljishni o‘lchash usullarini izohlab bering. 
3. 
Tenzometrik o‘lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring. 
4. 
Taxometrlarning qanday turlarini bilasiz va ularning ishlash prinsipini 
izohlab bering. 
5. 
Profilometr qanday asbob va uning ishlash prinsipini tushuntiring 
6. 
Profilometr va profilograf orasida qanday farq bor. 
7. 
Velosimetr va akselometr asboblarning ishlash prinsipini tushuntiring. 
8. 
Mikrometr qanday asbob va u kayorlarda qo‘llaniladi? 
9. 
Tezlikni o‘lchashda qanday asboblardan foydalaniladi 
10. 
Taxogeneratorlarning necha turi mavjud, ularning ishlash prinsiplari bir-
biridan nimasi bilan farq qiladi? 
11. 
Tenzoo‘lchagichlar qanday afzalliklarga ega? 
 
VIII bob. SIGNAL O‘ZGARTKICHLAR, MASOFAGA UZATISH 
TIZIMLARI VA IKKILAMCHI ASBOBLAR 
8.1- §. UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi 
nazarda tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


291 
Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash 
signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi. 
Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy 
qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa 
yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat. 
Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan 
muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan 
(elektrik, pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga 
o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga 
mo‘ljallangan. 
Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi 
o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni 
qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal 
masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga 
uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. 
Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni 
masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, 
masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq 
o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich 
kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik 
signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha 
ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatda 8.1-rasmda bosim o‘lchash tizimining 
sxemasi keltirilgan.R bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda 
uning markazining siljishi X statik tavsif X=f(p) ga mos ravishda bosim bilan bir 
qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, 
unda bosimni aniqlash uchun strelkani membrana markazi bilan kinematik aloqa 
yordamida ulash etarli bo‘lardi. Bosimni masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — 
X siljishni, uni aloqa yo‘li 4 bo‘yicha ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun
mutanosib elektr signalga o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartirish birlamchi 
asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi. 
8.1.-расм.Босимни ўлчаш 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling