Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Босимни ўлчаш
7-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Mikrometr 2. Qalinlik o‘lchagich PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 290 3. Profilometr 4. Profilograf 5. Velosimetr 6. Akselometr 7. Vibrometr (tebranish o‘lchagichi) NAZORAT SAVOLLARI 1. Mexanik parametrlarni o‘lchashda nimani tushunasiz? 2. Siljishni o‘lchash usullarini izohlab bering. 3. Tenzometrik o‘lchagichlarning ishlash prinsipini tushuntiring. 4. Taxometrlarning qanday turlarini bilasiz va ularning ishlash prinsipini izohlab bering. 5. Profilometr qanday asbob va uning ishlash prinsipini tushuntiring 6. Profilometr va profilograf orasida qanday farq bor. 7. Velosimetr va akselometr asboblarning ishlash prinsipini tushuntiring. 8. Mikrometr qanday asbob va u kayorlarda qo‘llaniladi? 9. Tezlikni o‘lchashda qanday asboblardan foydalaniladi 10. Taxogeneratorlarning necha turi mavjud, ularning ishlash prinsiplari bir- biridan nimasi bilan farq qiladi? 11. Tenzoo‘lchagichlar qanday afzalliklarga ega? VIII bob. SIGNAL O‘ZGARTKICHLAR, MASOFAGA UZATISH TIZIMLARI VA IKKILAMCHI ASBOBLAR 8.1- §. UMUMIY MA’LUMOTLAR Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi nazarda tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 291 Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi. Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat. Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik, pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi. Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatda 8.1-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan.R bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining siljishi X statik tavsif X=f(p) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membrana markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash etarli bo‘lardi. Bosimni masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa yo‘li 4 bo‘yicha ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, mutanosib elektr signalga o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartirish birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi. 8.1.-расм.Босимни ўлчаш Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling