Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Elektr taxometrlar mexanizm va mashinalar vallarining aylanish chastotasini 
masofadan turib o‘lchash imkonini beradi. Taxometrlarda datchik sifatida 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


288 
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok generatorlaridan foydalaniladi, ko‘rsatuvchi asboblar 
sifatida esa shkalasi tegishlicha graduslarga ajratilgan strelkali elektr o‘lchov 
asboblaridan foydalaniladi. Taxometrlar val mexanizmlari bilan bikr ulanadi yoki 
turli xil tuzilishdagi ulash muftalari orqali ulanadi. Yo‘l qo‘yiladigan xato 
o‘lchamining yuqori chegarasidan 1,5% bo‘ladi. Taxometr atrofidagi havoning 
harorati 10÷60°S bo‘lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlashga 
mo‘ljallangan. Texnologik mashinalarning aylanish (burchak) tezliklarini o‘lchash 
uchun kichik quvvatli o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan 
tok 
mashinalari 
— 
taxogeneratorlardan 
foydalaniladi (7.6-rasm). Taxogeneratorning vali 
texnologik mashinalar valiga mexanik bog‘langan 
bo‘lib, undan chiqadigan signal — elektr yurituvchi 
(EYUK) texnologik mashina va mexanizmlarning 
aylanish tezligi p ga mutanosib bo‘ladi. 
O‘zgarmas tok taxogeneratorining sxemasi 
7.6-rasm, a da ko‘rsatilgan. Undan olinadigan elektr 
yurituvchi kuch (EYUK):
e=S
e*
p. (7.18) 
Kollektor 
bilan 
cho‘tka 
orasidagi 
qarshilikning 
o‘zgaruvchanligi 
taxogeneratordan chiquvchi signal e ning qiymatiga ta’sir qiladi. Ish vaqtida 
taxogeneratordan chiqadigan ovozning yuqoriligi, gabarit o‘lchamlari va massasining 
katta bo‘lishi taxogeneratorning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. 
Bunday kamchiliklardan bir muncha holi bo‘lganligi uchun hozirgi paytda 
o‘zgaruvchan (asinxron, sinxron) tok taxogeneratorlari keng qo‘llanilmoqda. 
7.6-rasm, v da asinxron taxogeneratorning tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan. 
Asinxron taxogenerator statorida o‘zaro 90
0
ga burilgan ikki chulg‘am o‘rnatilgan. 
Birinchi chulg‘am I o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Ikkinchi chulg‘amdan 
olinadigan EYUK esa tezlikni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Taxogeneratorning 
rotori 1 jez yoki alyuminiydan stakansimon kilib yasalgan bo‘lib, uning vali 2 
stakanning tub tomonida bo‘ladi (7.6-rasm, g). 
7.6 – расм. Тахогенераторлар
а,б – ўзгармас ток тахогенератори 
ва унинг характеристикаси; в,г - 
ўзгарув чан ток тахогенератори ва 
унинг стакансимон ротори; 1 ва 2 – 
статор чулғамлари 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


289 
Statorning manbaga ulangan chulg‘amida hosil bo‘ladigan pulsasiyalanuvchi 
oqim F
1
rotor devorlarida induksiyalanadigan o‘zaro 90° burchakka burilgan ikki xil 
tok va ular tufayli vujudga keladigan F
d
va Fq oqimlarni hosil qiladi. 
Taxogeneratorning ikkinchi chulg‘amida induksiyalanadigan EYUK qiymati 
rotorning aylanish tezligi p ga mutanosib (Fq = const) bo‘lgani uchun 
e
q
=C
e
*n (7.19) 
bo‘ladi. Bunday EYUK ni ko‘rsatuvchi millivoltmetr shkalasidan texnologik 
mashinaning aylanish chastotasi (tezligi) aniqlanadi. 
Elektron taxometrlarning ishlash prinsipi berilgan barqaror vaqt oralig‘ida 
birlamchi o‘zgartkichdan chiqadigan impulslar sonini elektron qurilma yordamida 
sanashga asoslangan. Birlamchi o‘zgartkich o‘zgaruvchan tokni kuchaytiruvchisi 
bo‘lgan magnitoelektrik o‘zgartkichdan iborat. Nazorat qilinayotgan ob’ektning
valida mahkamlangan ferromagnit materialdan yasalgan tishli disk aylanganda
birlamchi o‘zgartkichning chulg‘amida o‘zgaruvchan kuchlanishli impulslar paydo 
bo‘lib, ular kuchaya boradi va taxometrning elektron blokiga keladi. Impulslarning 
chastotasi tishli diskning aylanish chastotasiga mutanosib, demak, nazorat 
qilinayottan ob’ektning aylanish chatotasiga ham mutanosib bo‘ladi. Elektron blokiga 
kelayotgan impulslarning o‘zgarishi o‘lchangan aylanish chastasining zarur tarzda 
axborot berishini ta’minlashga imkon beradi, shuningdek, berilgan aylanishlar soniga 
etganda elektr signali agregati tomonidan boshqarish tizimiga signal berishga va 
chiqarishga imkon beradi. 
Aylanish tezliklarini o‘lchash oraliqlari 2—4000 ayl/min. Asosiy o‘lchashning 
yo‘l qo‘yiladigan xatolik chegarasi ko‘pi bilan 0,5%. Taxometr atrof havosining 
harorati 10÷50°S bo‘lganda va nisbiy namlik 80% gacha bo‘lganda ishlash uchun 
mo‘ljallangan. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling