Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3- §. KUCHNI O‘LCHASH
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 284 O‘lchagichning sezuvchanligi quyidagicha ifodalanadi: 1 2 / ln r r dx dC ε = . (7.12) Burchak bo‘yicha siljish o‘lchagichi 7.4-rasm, v da ko‘rsatilgan. Bunday kondensatorning sig‘imi quyidagicha ifodalanadi: − ⋅ = π π ε a d F C 1 4 . (7.13) bu erda, G‘ — kondensatorning d = 0 bo‘lgandagi yuzi; d — plastinalar orasidagi masofa; a —qo‘zg‘aluvchi plastinalarning siljish burchagi. O‘lchagichning sezuvchanligi dC/da=ε*F/4π 2 d. (7.14) Sig‘imli o‘lchagichlardan chiquvchi signal juda zaif bo‘lganligi tufayli, ular signal kuchaytirgich elementi bilan jihozlanadi. O‘lchagichlar 50 Gs gacha bo‘lgan chastotada ishlasa, ularning signal kuchaytirgichi juda ham katta quvvatga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi. SHuning uchun sig‘imli o‘lchagichlar ancha yuqori chastotalarda (10 kGs va undan yuqori) ishlaganda, o‘rinli bo‘ladi. Sig‘imli o‘lchagichlarning yana bir kamchiligi ularning o‘lchash aniqligiga parazit sig‘imlar (ulovchi simlarning erga nisbatan sig‘imlari) ta’siri kattaligidir. Bunday ta’sirlarni yo‘qotish uchun ekranlangan simlardan foydalaniladi. O‘lchagichning o‘zi ham metall karkas bilan ekranlangan bo‘ladi. Sig‘imli o‘lchagichlar texnologik jarayonlarda moddalarning sathni, qalinligini, namligini hamda bosimini o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. 7.3- §. KUCHNI O‘LCHASH Texnologik jarayonlarda mashina va mexanizmlarning alohida qismlariga ta’sir qiladigan kuchlar va bu kuchlar ta’sirida vujudga keladigan deformasiyalarni (cho‘zilish, qisilish, bukilish va hokazo) o‘lchash uchun ko‘pincha tenzometrik o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgich simlar aktiv qarshiligining deformasiya natijasida o‘zgarish samaraciga asoslanadi. Bu samara tenzosezuvchanlik deb ataladi. Tenzometrik o‘lchagichlarning tenzosezuvchanlik koeffisienti PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 285 H H T l R S ∆ ∆ = , (7.15) bilan xarakterlanadi, bu erda R R R H ∆ = ∆ — qarshilikning nisbiy o‘zgarishi; l l l H ∆ = ∆ — cho‘zilish yoki qisilishning nisbiy o‘zgarishi; l — tenzoo‘lchagichning deformasiyagacha bo‘lgan uzunligi; ∆l — tenzoo‘lchagichning deformasiya natijasida cho‘zilishi, R — tenzoo‘lchagichning deformasiyagacha bo‘lgan aktiv qarshiligi; ∆R — tenzoo‘lchagich qarshiligining deformasiya natijasida o‘zgarishi. Hozirgi vaqtda juda ingichka sim, folga va yarim o‘tkazgich materiallardan tayyorlangan tenzometrik o‘lchagichlar texnikada keng qo‘llanilmoqda Simdan yasalgan tenzoo‘lchagichning tuzilishi, mashina va mexanizmning tekshirilishi lozim bo‘lgan qismiga o‘rnatilish sxemasi va tavsifi 7.5-rasm, a, b, v larda ko‘rsatilgan. Undagi tenzoo‘tkazgich diametri 0,02...0.05 mm gacha bo‘lgan ingichka zigzag shakliga ega bo‘lgan sim bo‘lagidan tuzilgan va yupqa qog‘oz yoki plyonka orasiga olinib, elim bilan yopishtirilgan bo‘ladi. Bunday tenzoo‘lchagich statik yoki dinamik deformasiyasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan mashina va mexanizmning tekshirilishi kerak bo‘lgan qismiga elimlab mustahkam yopishtiriladi. Bunda sim zigzaglarining uzun tomoni l mashina va mexanizmning deformasiyasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan qismiga ta’sir qiladigan kuch f yo‘nalishiga mos yo‘nalgan bo‘lishi kerak (7.5-rasm, a). SHunda kuch yo‘nalishi bo‘yicha vujudga kelgan deformasiya (cho‘zilish, qisilish) tenzoo‘lchagich simining uzunligi l ni ham o‘zgartiradi. Natijada simning ko‘ndalang kesimi S va solishtirma qarshiligi к ρ ham o‘zgaradi. Agar simning cho‘zilgunga qadar bo‘lgan qarshiligi S R k 1 ρ = (7.16) bo‘lsa, cho‘zilgandan keyingi qarshiligi R + ∆ R bo‘ladi. 7.5 – расм. Тензоўлчагич а – тензо датчикнинг ўрнатилиш схемаси б – мувозанатлашадиган кўприк схемаси в – тензоўлчагичнинг статик характеристикаси PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 286 Amalda tenzoo‘lchagich qarshiligining o‘zgarishi ∆R muvozatlanadigan ko‘prik sxema yordamida o‘lchanadi (7.5-rasm, a, b). Simli tenzoo‘lchagichlar ko‘pincha konstantan yoki nixromdan tayyorlanadi. CHunki bu simlarning solishtirma qarshiligi к ρ katta, qarshilik o‘zgarishiga haroratning ta’siri juda kam bo‘ladi. Simli tenzoo‘lchagichlarning xarakterli o‘lchamlari: nominal qarshiligi R = (50 — 400) Om; simning kuch yo‘nalishi bo‘yicha uzunligi I =(15 — 45) mm; eni b = 7—-10 mm; sezuvchanlik koeffisienti 5 . 2 8 . 1 / / ÷ = ∆ ∆ = l l R R S T , (7.17) massasi juda ham kichik bo‘ladi. So‘nggi paytlarda texnikada yarim o‘tkazgichli tenzoo‘lchagichlar keng qo‘llanila boshlandi. Bunday tenzoo‘lchagichlar asosan germaniy yoki kremniy plastinalaridan tayyorlanadi. Plastinalar yupqa qog‘oz yoki plyonka orasiga olinib, elimlanadi va tekshirilishi kerak bo‘lgan mashina qismiga elim bilan mustahkam yopishtiriladi. Afzalliklari: tenzosezuvchanlik koeffisienti sim yoki folganikiga nisbatan 60 marta katta, plastinaning aktiv uzunligi 3—10 mm. Tashqi muhit harorati —160 + 300°S gacha o‘zgarganda ham normal ishlayveradi. Nisbiy deformasiya + 01% o‘zgarganda ham tavsifining to‘g‘ri chiziqliligi saqlanadi. Kamchiliklari: plastinalarning elastikligi kam, bir turdagi tenzoo‘lchagichlarning tavsiflari har xil va to‘g‘ri chiziqli emas. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling