Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

7.4-§. TEZLIKNI O‘LCHASH 
Turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda tezlikni o‘lchash asboblari 
keng qo‘llanilmoqda, bu jarayonlarda mashina va mexanizmlar qismlarining 
aylanishlar sonini o‘lchash hamda nazorat yoki boshqarish tizimiga berilgan 
qiymatdagi aylanishlarga etganda buyruq berish talab qilinadi. Burchak tezlikni 
o‘lchovchi asboblar — taxometrlar ishlash prinsipiga ko‘ra mexanik, stroboskopik, 
magnitoinduksion, elektrik va elektronli bo‘ladi. Taxometrlar ko‘rsatishlarni 
(ma’lumotlarni) masofaga uzatuvchi va ma’lumotlarni bevosita joyda ko‘rsatuvchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


287 
turlarda ishlab chiqariladi. Asboblar o‘lchash ob’ektiga ulash usuliga ko‘ra turli xil 
tuzilishda yasaladi. Mexanik va stroboskopik taxometrlar avtomatlashtirish 
tizimlarida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, shu munosabat bilan mazkur darslikda ular 
qarab chiqilmaydi. 
Magnitoinduksion taxometrlar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 
tizimlaridagi mexanizmlar va mashinalar qismlarining aylanishlar sonini ham 
mahalliy o‘lchash uchun, ham masofadan o‘lchash uchun keng qo‘llaniladi. 
Masofadan turib o‘lchaydigan magnitoinduksion taxometrlarning ishlash prinsipi 
ob’ekt valining aylanish chastotasini birlamchi o‘zgartkich tomonidan valning 
aylanish chastotasiga mutanosib chastotali elektr yurituvchi kuchga aylantirishga 
hamda uch fazali toklar tizimining aylanuvchi magnit maydonini vujudga keltirish 
xossasiga asoslangan. Tuzilishi jihatidan o‘zgartkich o‘zgarmas magnitli uch fazali 
o‘zgaruvchan tok generatoridan iborat. Kuchlanish generatordan ko‘rsatuvchi 
asbobga keladi, unda esa qabul qilgich (priyomnik) sifatida doimiy magnitlarni 
aylantiruvchi sinxron dvigatel qo‘llanilgan. Aylanish chastotasining strelkaning 
burchak siljishiga o‘zgartirish magnitoinduksion o‘lchov uzeli (bo‘g‘ini) vositasida 
amalga oshiriladi, bo‘g‘inning ishlashi esa aylanuvchi doimiy magnitlar magnit 
maydonning shu maydoning metall diskka yo‘naltirgan induksion toklar bilan o‘zaro 
ta’siriga asoslangan. Bunday o‘zaro ta’sir natijasida strelka bilan bog‘liq diskning 
aylanish momenti yuzaga keladi, bu moment magnitlarning aylanish chastotasiga 
mutanosibdir, disk qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi prujina yordamida muvozanatga keltirib 
turiladi. 
Uzoq masofaga uzatmaydigan taxometrlarda mexanizm valining aylanishi 
doimiy magnitlar o‘rnatilgan asbob valiga bevosita uzatiladi. 
Magnitoinduksion taxometrlar aylanish tezligini o‘lchashning ishchi oralig‘i 
doirasida 1% gacha aniqlikda o‘lchashga imkon beradi, shkalaning qolgan qismida 
esa o‘lchashning yuqori chegarasidan ko‘pi bilan 1,5% aniqlikda o‘lchashga imkon 
beradi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling