Umumiy doc


компенсацияли ўзгарткичнинг


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

компенсацияли ўзгарткичнинг 
блок – принципиал схемаси
.
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


303 
turg‘unlikka va mustahkamlikka ega. Kamchiliklari — harorat tufayli xatoligi ancha 
yuqori va kuchaytirgichning elektron sxemasi elementlariga zararli ta’sir etuvchi 
muhitlarda ishlay olmaydi, shuningdek, sezgir element va magnit oqimi indikatori va 
xatoliklarining birlamchi o‘zgartkich xatoligiga ta’siri katta. SHu turdagi 
o‘zgartkichlar 1 va 1,5 sinfli bo‘ladi. 
Ikkilamchi asboblar sifatida 1 va 1,5 sinfli milliampermetr yoki ASK tizimdagi 
ko‘p shkalali, tor profilli asboblardan foydalaniladi. 
YUqorida ta’riflangan ko‘rsatishlarni masofaga uzatish tizimlari birlamchi 
o‘zgartkichlar hosil qilgan chiziqli yoki burchakli siljishlar uncha katta bo‘lmagan 
hollarda ishlatiladi. Lekin ba’zi hollarda o‘zgartkich chiqish o‘qining bir necha 
o‘ramida birlamchi asbob o‘zgartkichi signalini yoki bir necha metrga cho‘zilgan 
siljishlarni masofaga uzatish kerak bo‘ladi. Masalan, sath o‘lchagichlarda 
ko‘rsatishlarni masofaga uzatishda shunday vazifa qo‘yiladi. Bunday masalani 
selsinli uzatish yo‘li bilan hal qilish mumkin. O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan selsinli 
masofaga uzatish ham burchakli siljishlarni uzatishga mo‘ljallangan. 
Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar sifatida kontakt halqalarga ega bo‘lgan 
sinxronlanuvchi asinxron elektr dvigatellar yoki chulg‘amsiz rotorli kontaktsiz 
selsinlar ishlatiladi. Uzatuvchi va qabul qiluvchi selsinlar rotorlarining simmmetrik 
holati buzilganda ularning chulg‘amida qiymatlari turlicha bo‘lgan EYUKlar 
induksiyalanadi, aloqa simi bo‘yicha muvozanatlovchi toklar o‘tadi va sinxronlash 
momenti vujudga keladi, natijada qabul qiluvchi selsin rotori buriladi. Selsinlarning 
bunday ulanishi (8.8-rasm, a) indikatorli rejim deyiladi. 
8.8 – расмСелсинли масофага узатиш тизимининг принципиал 
схемаси: 
а – индикаторли режим; б – трансформаторли режим.
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


304 
Transformatorli rejimda (8.8-rasm, b) qabul qiluvchi selsinning rotori 
tormozlangan bo‘ladi va voltmetrning ko‘rsatishlari uzatuvchi selsin burilishiga 
mutanosib o‘zgaradi. Voltmetr qabul qiluvchi selsinning stator chulg‘amiga ulangan. 
Sanoat selsinlarning ta’minlash kuchlanishining turli odatda, 50 dan 500 gs 
gacha chastotalariga mo‘ljallangan bir necha turlarini chiqarayapti. Kontaktli 
selsinlarning eng katta kamchiligi kontakt cho‘tkalaridagi xatoliklarga olib keluvchi 
va selsin ishining ishonchliligini kamaytiruvchi ishqalanishdan iborat. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling