Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Технологик параметрларни ўлчаш учун МПТ ўрнатилган қурилмаларнинг
9.3- §. MIKROPROSESSORLARNING TEXNOLOGIK O‘LCHOV VOSITALARIDA QO‘LLANILISHI Asbobsozlik rivojining hozirgi bosqichi o‘lchov vositalari tarkibida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 328 mikroprosessorlar — mikroprosessor tizimlari asosiga qurilgan hisoblash qurilmalaridan keng foydalanish bilan ifodalanadi. O‘lchov qurilmalarida bunday tizimlarining qo‘llanilishi natijasida ikki maqsadga erishiladi: o‘lchov qurilmalarining vazifalari kengaytiriladi va ularning tavsiflari yaxshilanadi. Mikroprosessor tizimlarning (MPT) elektr o‘lchov vositalarida foydalanilishi ularni joylashtirishga va ishlatish algoritmlariga yangicha yondoshishga, axborot berish imkoniyatlarini oshirishga, aniqligini, ishonchliligini va tez ishlashini yanada oshirishga imkon beradi. Texnologik o‘lchashlar sohasida samarali echimlarni izlash va MPT ichiga qurilgan o‘lchov asboblari ishlab chiqish davom ettirilmoqda. Umumiy holda o‘lchov qurilmalari tarkibiga MPT ning kiritilishi quyidagi kabi asosiy vazifalarni hal qilishga imkon beradi: ifodalar bo‘ycha hisoblash (shu jumladan linearizasiya, masshtablash, o‘lchamlar natijalariga ishlov berish va hokazolar); berilgan algoritm bo‘yicha hisoblash; statistik ishlov berish; parametrni tahlil qilish (maksimumga, minimumga va hokazo); statistik tavsifni tuzatish (jumladan, almashtirish koeffisientini tiklash va signalning nol darajasini tuzatish); o‘lchov qurilmasi ulangan tizimi bilan bog‘lanish; o‘z-o‘zini diagnostika qilish; o‘lchashlarni boshqaruv; o‘lchov qurilmasining rejim parametrlarini stabillash yoki dasturiy sozlash. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 329 Biroq MPTni o‘lchov qurilmalar tarkibiga ularga bevosita yangi ijobiy sifatlarni berish bilan bir qatorda, kiritish bu qurilmalarning ancha murakkablashuviga olib keladi. Murakkabligi bo‘yicha MPT kiritilgan o‘lchov qurilmalari mikro EHM qatnashgan o‘lchov tizimlariga yaqindir. Misol tariqasida hozirgi vaqtda texnologik parametrlar o‘lchov qurilmalarini yaratish uchun foydalaniladigan struktura sxemalarni qarab chiqamiz (9.4-rasm). YOrdamchi o‘lchashlar uslubini amalga oshiruvchi sxema (9.4 rasm, a) eng ko‘p qo‘llaniladi. Bunday sxema buyicha yasalgan o‘lchov qurilmasi ishida asosiy parametr va yordamchi parametrlar P1, P2—ta’sir ko‘rsatuvchi kattaliklar (atrof harorati, atmosfera bosimi va boshqalar) haqidagi axborotdan foydalaniladi. MPT 9.4 – расм. Технологик параметрларни ўлчаш учун МПТ ўрнатилган қурилмаларнинг Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling