Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
 
 
 
 
9.4-§ MIKROPROSESSOR VA RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASI 
VOSITALARINING O‘LCHOV TIZIMLARIDA QO‘LLANILISHI 
9.6-rasm a, b da tasvirlangan o‘lchov tizimlari (O‘T) hozirgi vaqtda kimyoviy-
texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilish, rostlash va boshqarishda keng 
qo‘llanilmoqda. 9.6-sxema, a da yasalgan o‘lchov tizimi o‘lchash ob’ektidagi xamma 
kattaliklarni bir vaqtda o‘lchashni va qayd qilishni ta’minlaydi. 9.6-sxema, b bo‘yicha 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


333 
yasalgan o‘lchov tizimi esa navbati bilan o‘lchashni va qayd qilishni ta’minlaydi. 
Rasmda keltirilgan o‘lchov tizimlaridagi o‘lchov axboroti birlamchi o‘lchov 
o‘zgartkichlar 1 yordamida shakllanadi va signallar tarzida aloqa kanali 4 ga 
yuboriladi. 
O‘lchanayotgan 
fizik 
kattalikning 
turiga, 
birlamchi 
o‘lchov 
o‘zgartkichining ishlov prinsipiga va axborotni uzatish zarur bo‘lgan masofaga 
bog‘liq holda o‘lchov tizimi tarkibiga birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlardan tashqari
oraliq 2 (9.6-rasm, a) va uzatuvchi 3 o‘lchov o‘zgartkichlari ham kiritilishi mumkin. 
Bunda o‘lchov o‘zgartkichi birlamchi o‘lchov o‘zgartkichi yonida yoki aloqa 
kanalidan kelayotgan signalni o‘lchovchi asbob 5 yonida joylashgan bo‘lishi 
mumkin, bu signal odam qabul qilishi uchun qulay va qayd qiluvchi bo‘ladi. O‘lchov 
asbobi 5 ni ikkilamchi asbob deb atab, bunda u bilan bir to‘plam (komplekt)dagi 
o‘lchov o‘zgartkichlarining hammasi birlamchi asboblar bo‘ladi. O‘lchov tizimida 
(9.6-rasm, b) birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlarning asbob 5 ga navbatma-navbat ulash 
bilan kommutator 6 qo‘llanilib, uni yordamchi qurilma deb qarash lozim bo‘ladi. 
Soddalik uchun 9.6-rasm, b da tarkibida faqat birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlari 
bo‘lgan o‘lchov tizimi ko‘rsatilgan. Umumiy holda unga oraliq va uzatuvchi o‘lchov 
o‘zgartkichlari kiritilishi mumkin. Bunda hamma o‘lchanuvchi kattaliklar 
o‘zgartkichlarining chiqish signallari 9.6-rasm, a da sxema bo‘yicha yasalgan 
tizimidan farqli ravishda tabiati va o‘lchash oraliqlariga ko‘ra bir xil bo‘lishi kerak. 
O‘lchov oralig‘i ayni bir asbob 5 bilan o‘lchash va qayd qilish imkoniyatini 
ta’minlash uchun zarur. 
Bir nechta birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlari BO‘O‘ bo‘lgan bitta ikkilamchi 
asbobli o‘lchov tizimlarining (9.6-rasm, b) ish imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, 
9.6 – расм. Ўлчов тизимларининг структура схемалари
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


334 
parametrlarni avtomatik rostlash vositalarini murakkablashtirib yuboradi. 
Bir necha yuz parametrlarni o‘lchash talab qilinadigan zamonaviy kimyoviy-
texnologik jarayonlardagi har bir birlamchi o‘lchov o‘zgartkichi uchun individual 
ikkilamchi asbobi bo‘lgan O‘T ning qo‘llanilishi nazorat va boshqaruv shchitlarining 
ortishi bilan va operatorning qisqa vaqt ichida juda ko‘p axborotni idrok qilish 
zarurligi bilan bog‘liq qiyinchiliklar bilan bog‘langan. Fiziologik cheklanishlar 
tufayli hayotda ancha tajribali operator ham bunday O‘T olgan axborotni zarur tarzda 
qayta ishlay va foydalana olmaydi. SHuning uchun bu ish bilan bir vaqtda bir nechta 
operator shug‘ullanadi. 
Texnologik 
qurilmalar 
quvvatining 
ortishi, 
shu 
munosabat 
bilan 
o‘lchanayotgan parametrlar sonining ancha ortishi, axborotlarga ishlov berishning 
raqamli texnikasining rivojlanishi va TJABT ni qo‘llanish yo‘li bilan jarayonlarni 
optimallashtirishga o‘tish axborot tizimi (AT) ning yangi yo‘nalishlarini, texnologik 
jarayonlarda AT bilan birga, «axborot-o‘lchov tizimlari» (AO‘T) tushunchasi bilan 
birlashtirilgan shakllarni ajrata olish tizimini ham qo‘llanishni belgilab berdi. 
AO‘T bilan bog‘liq o‘lchov texnikasi sohasida quyidagi tushunchalar 
foydalaniladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling