Umumiy doc
O‘lchash-hisoblash tizimi
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
O‘lchash-hisoblash tizimi (O‘HT)—bu tarkibiga dastu bilan boshqariluvchi
raqamli hisoblash qurilmasi (mikroprosessor, mikro va mini EHM va hokazolar) kiruvchi AO‘T dir. O‘lchash-hisoblash majmuasi (O‘HM) — O‘HT ning universal yadrosi bo‘lib, unga o‘lchov axborotnga raqamli ishlov berish, saqlash, qayd etish va akslantirish kiradi (bundan birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlari mustasno). Elektrik kattaliklarni o‘lchashda O‘HT va O‘HMning texnik vositalari bir xil bo‘lishi mumkin, chunki axborotni birlamchi o‘zgartirish amalda bo‘lmaydi. AO‘T ning o‘lchov va axborotini olish, ishlov berish va uzatish vositalarining mahalliy avtomatik ishlashini tizimli tashkil etishdan iborat asosiy konsepsiyasi (yo‘nalishi) ko‘p jihatdan rivojlanuvchi raqamli hisoblash texnikasi ta’sirida XX asrning 60-yillarning boshlarida ifodalangan edi. O‘sha vaqtlardaa AO‘T ning birinchi avlodi yaratilgan bo‘lib, ular axborotni AO‘T ga kirgan maxsuslashtirilgan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 335 hisoblash qurilmalari yordamida ishlov berish bilan markazlashgan siklik olish bilan ifodalanadi. Bunday AO‘Tlarning elementlar bazasi diskretli — yarim o‘tkazgichli texnika bo‘ladi. Texnologik jarayonlarda birinchi avlod AO‘Tlar markazlashgan nazorat tizimi ko‘rinishida foydalanilar edi. Bu AO‘Tlar kimyoviy-texnologik jarayonlarda uning kechishi tarixi va an’anasini aniqlashni qiyinlashtiruvchi o‘lchash axborotini ifodalashning jadval shakli tufayli, shuningdek, jarayonda foydalaniladigan o‘lchashlar va boshqarishning shchitli tizimi funksiyalarini takrorlash tufayli keng ko‘llaniladi. AO‘Tlarning ikkinchi avlodi XX asr (70-yillar) axborotni adresli to‘plash, uni AO‘T tarkibiga kiruvchi EHM yordamida ishlash va kichik hamda integrasiya darajasidagi mikroelektron sxemaning element bazasi sifatida foydalanish bilan ifodalanadi. AO‘Tlarning hozirgi vaqtda rivojlanayotgan uchinchi avlodi ularning tarkibida katta mikrosxemalar, mikroprosessorli komplekt va mikroEHMlarning foydalanishi bilan ifodalanib, bu AO‘T ning ko‘pgina tavsiflarini ancha yaxshilashga va axborotni to‘plash, ishlov berish hamda saqlash jarayonini ma’lum darajada markazlashtirmaslikka imkon beradi. Bu AO‘T larda mikroprosessor vositalar hisobiga axborotni olish joyiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan joylarda, masalan, qarab chiqilgan MPT ichiga qurilgan o‘lchov qurilmalarida axborot ishlanadi va oraliq saqlanadi. Markaziy EHM bunda ancha murakkab va tezkor masalalarni bajaradi. Ikkinchi va uchinchi avlod axborot-o‘lchov tizimlari yuqorida keltirilgan ta’rifga muvofiq AHT ni ifodalaydi. Hozirgi vaqtda sanoatda AHK larning bir qancha turlari ishlab chiqarilmoqda, ularga AO‘T ni yaratish uchun tegishli o‘lchov qurilmalarini ulash etarli. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda, texnologik parametrlarni o‘lchash masalasi rostlash va boshqarish masalalari bilan uzviy bog‘liq holda hal qilinganda AHT lar TJABT doirasida uning tarkibiga kiruvchi boshqaruvchi hisoblash mashinalari (BHM) yoki boshqaruvchi hisoblash komplekslari (BHK) asosida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 336 yaratiladi. TJABT ni tashkil etish o‘z mafkurasiga ko‘ra uchinchi avlod AO‘T lari uchun AHK ni tashkil etishga o‘xshash. Zamonaviy AHT va BHK da magistral modul struktura bo‘yicha yasalgan mikroprosessorlar, mini va mikroEHMlarning keng qo‘llanilishi apparat vositalarining ko‘payishining soddaligini va AHT yoki BHK hal qiladigan masalalarni dasturlash yo‘li bilan o‘zgartirishga imkon beradi. Buni AO‘T larining barcha turlari, xususan, axborotni to‘plash va ishlov berish o‘lchov tizimlari, avtomatik nazorat tizimlari, texnik diagnostika va texnik shakllarni ajratish tizimlari asosan bir xil strukturaga ega bo‘lishi belgilab beradi, bu struktura umumlashtirilgan ko‘rinishda 9.7-rasmda ko‘rsatilgan. Birlamchi o‘lchov axboroti, masalan, kimyoviy-texnologik jarayonning (o‘lchov ob’ekti — O‘O) parametrlari haqidagi axborot birlamchi o‘lchov o‘zgartkichlari (BO‘O‘) tomonidan ishlab chiqiladi, BO‘O‘ signallari analogli oraliq o‘zgartkichlari blokida (AOO‘B) energiyaning shakli va turiga qarab bir xillashtiriladi va shakli o‘zgaradi (masalan, pnevmatika elektr energiyaga aylanadi). Analog-raqamli o‘zgartkichlar blokida (ARO‘B) bir xillashtirilgan analogli elektr kanallar kodga almashtiriladi va raqamli qurilmaga (RQ) keladi, bu vazifani zamonaviy AHT da mini yoki mikroEHMlar o‘taydi. Xususiy hollarda raqamli qurilmalar sifatida mikroprosessorlar, maxsuslashtirilgan hisoblash qurilmalaridan foydalaniladi. AHT da chiqish qurilmasi sifati displey, raqamli indikatorlar, signalizatorlar, magnit lentalarida to‘plagichlar va hokazolardan foydalaniladi. Raqamli-analogli o‘zgartkichlar (RAO‘) bloki o‘lchanayotgan kattaliklarni 9.7 – расм. Ахборот – ҳисоблаш тизимининг структура схемаси. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 337 o‘zgartirish jarayonida kompensasiyalovchi ta’sirlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. AHT ning barcha ish (funksional) bloklari o‘zaro standart interfeys qurilmalar (IFQ) orqali birlashtirilishi mumkin. AHT ni boshqarish esa boshqarish qurilmasi (BQ) orqali amalga oshiriladi. Xususiy hollarda AHTning yuqorida nomlari zikr etilgan bloklaridan ba’zilari bo‘lmasligi mumkin. Masalan, agar AHTda chiqish signali kod ko‘rinishda bo‘lgan yuqorida qarab chiqilgan o‘lchov qurilmalaridan foydalanilsa, u holda AHT ga AOO‘B va ARO‘B bloklarini kiritish zarurati qolmaydi. Kimyoviy – texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda AHT lar ayni bir PO‘O‘ lardan kelayotgan o‘lchov axborotlaridan foydalanib, o‘lchash, nazorat va texnik diagnostia vazifalarini bajaradi, bu vazifalar AHK dastur vositalari bilan amalga oshiriladi. AHT ning asosiy vazifalaridan biri o‘lchash axborotini to‘plash va ishlov berishdir. Bunda AHT ham bevosita, ham bilvosita o‘lchashlarning bajarilishini, shu bilan birga jaryonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisobining bajarilishini ta’minlaydi. 9.2-jadvalda AHT dan bilvosita majmua o‘lchashlarni bajarishda foydalanishga misollar ketirilgan. 9.2-jadval Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling