Umumiy doc
XI bob. AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARI VA ULARNING
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
XI bob. AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMLARI VA ULARNING
ELEMENTLARI TAHLILI PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 352 11.1 - §. ELEMENTLARNING MATEMATIK TAVSIFI, AHAMIYATI VA ISHLATILISHI Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlashi tizim elementlarining to‘g‘ri tanlanishi va rostlanishiga bog‘liq. Buning uchun, rostlanuvchi ob’ekt va ART lar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak. Rostlanuvchi ob’ektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan hajmi, oqib o‘tadigan fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari bilan farq qiladi. Ammo ART larni tahlil qilishda, ob’ektlar va ART elementlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o‘xshash bo‘lgan xususiyatlarini aniqlash hamda ob’ektlarni shu xususiyatlar bo‘yicha namunali obe’ktlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Namunali rostlash ob’ektlarining xossalarini bilish muayyan sanoat ob’ektlarini tahlil qilish vazifasini osonlashtiradi. Bu vazifa tekshirilayotgan ob’ekt turini aniqlashdan iborat bo‘lib, ob’ekt xususiyatlari tegishli namunali ob’ekt xususiyatlari o‘xshash deb qabul qilinadi. Rostlash ob’ekti va ART elementlari xususiyatlarini tavsiflashda matematik modellash usuli qo‘llaniladi. Matematik modellash – modellarni qurish va o‘rganish bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda, o‘rganilayotgan ob’ekt o‘rniga model deb ataluvchi moddiy ob’ekt olinadi. o‘rganilayotgan ob’ektga o‘xshash modelning jarayonlari boshqa fizik hodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi. Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to‘g‘ri analogli qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning matematik tavsifini bir qator elementar matematik operasiyalar bajarib tiklanadi. Bu operasiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda echish yoki bitta elementni ko‘p marta echish bilan bajariladi. To‘g‘ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan farqli ravishda alohida elementlarga bulinmaydi. Ular boshlang‘ich nisbatlarni qurilmada o‘tayotgan hodisa xususiyatlariga ko‘ra tiklaydi. Bunda doimo model va haqiqiy jarayon parametrlari o‘rtasidagi bir ma’noli moslashuvi (tanlangan analogiya tizimiga ko‘ra) ko‘rsatish mumkin. O‘rganilayotgan ob’ektning kirishi va boshqaruvchi parametrlari o‘rtasidagi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 353 nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob’ektning matematik modelini kurish va uni o‘rganish bir qator o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bosqichlarni bajarish demakdir. Modellash vazifasini aniqlash: -ob’ektni o‘rganish va tavsifning shakllanishi; -matematik tavsifni tuzish; -modellovchi algoritmni ishlab chiqish; -olingan model va haqiqiy jarayonning mosligini aniqlash; -modellash (ob’ektning matematik modelini tadqiq qilish; -olingan ma’lumotni tahlil qilish. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling