Umumiy doc


- §. G‘ALAYONLANISH BO‘YICHA ROSTLASH


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

10.3
- §. G‘ALAYONLANISH BO‘YICHA ROSTLASH 
1830 yilda fransuz matematigi Ponsele g‘alayonlanish (yuk) bo‘yicha rostlash 
prinsipini (Ponsele prinsipi) ta’riflab bergan. Ijro etuvchi mexanizm rostlovchi 
organining ob’ekt yuki ta’sirida harakatga keladigan rostlash tizimi g‘alayonlanish 
bo‘yicha ART deyiladi. 
G‘alayonlanish bo‘yicha rostlash sezilarli tengsizlik paydo bo‘lishdan avvalrok 
g‘alayonlanishning zararli ta’sirini yo‘qotishga imkon beradi. Avtomat rostlagich 
bunday tizimlarda faqat konkret g‘alayonlanish ta’siriga javoban harakatga keladi. 
Rostlanuvchi ob’ektga esa bir necha g‘alayonlanishlar ta’sir qilishi mumkin. 
Rostlanuvchi ob’ektga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan g‘alayonlanishlar soni nechta 
bo‘lsa, bu ob’ekt shuncha avtomat rostlagichlar bilan ta’minlanishi kerak degani. 
Rostlanuvchi ob’ekt haqida aniq ma’lumotlarsiz uni g‘alayonlanish bo‘yicha 
rostlash mumkin bo‘lmaydi. 
Agar xom ashyo xossalarining o‘zgarishi avvaldan ma’lum bo‘lsa, xom ashyo 
zahirasi va turli aralashtirgichlardan foydalanib ta’minlashning tarkibi saqlanadi, yoki 
xom ashyo xossalarining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yib, jarayonga berilgan vazifani 
o‘zgartirish yo‘li bilan chiqish parametrlarining doimiyligi saqlanadi. 
G‘alayonlanish 
bo‘yicha 
rostlash 
tizimida 
rostlash 
sifati 
jarayon 
parametrlarining avvaldan berilgan ma’lumotlarning aniqligiga bog‘liq. Bu tizimlar 
asosiy g‘alayonlanishlari ma’lum va o‘lchovli bo‘lgan ob’ektlar uchun qulay. YUk 
bo‘yicha rostlashda vaqtning har bir onida uzatish va iste’mol qilish o‘rtasidagi 
tenglikni ta’minlash juda qiyin.
ART bilan g‘alayonlanish kompensasiyasining xususiyati – ular ochiq rostlash 
tizimlaridan iborat ekanligidir. Bu tizimlarda rostlanuvchi parametr bilan avtomat 
rostlash o‘rtasida aloqa yo‘q. Bunday ochiq rostlash tizimlarining kamchiligi 
rostlagich ishi va natija orasida aloqa yo‘qligida. Vaqt o‘tishi bilan tizimda paydo 
bo‘lgan eng kichik xato ham rostlanuvchi kattalikning chetga chiqishiga olib keladi. 
SHuning uchun, yuqori darajada aniqlikka ega bo‘lgan rostlagichlar yaratish zarur 
bo‘lib, buni amalga oshirish katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


347 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling