Umumiy doc


-§. MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

14.9-§. MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR 
Agar rostlash obektida yukning o‘zgarishi tez va keskin, shuningdek, kechikish 
katta bo‘lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, 
ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo‘ladi. Rostlash jarayonini 
parametrning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kirish signali vositasida 
yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‘lgan obektlarda texnologik jarayonlarni 
rostlash uchun PD-rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. 
Agar differensial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo‘shilsa to‘g‘ri, 
ayrilgan holda esa teskari bo‘ladi.
кир
P
VI
Г
В
P
Г
В
Б
V
Г
В
Б
IV
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


426 
14.11-rasm. PF 2.1 To‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi. 
PF2.1 to‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan 
parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo‘ljallangan 
(14.11.rasm). Siqilgan hajmdagi havoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) 
taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi va inersion bo‘g‘in orqali 
o‘sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta’minlovchi havo bosimi bilan 
muvozanatlashadi. CHiqish kamerasi A kuzatuvchi tizim sxemasi asosida ulangan. 
Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nolga yaqin bo‘lsa, taqqoslash 
elementi IV ning chiqishiga kirish signali R bilan kuzatiladi. Agar bosim o‘zgara 
boshlasa, masalan, o‘zgarmas tezlikda ortsa, u holda V kameraning oldida drossel-
qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig‘indisi B va A 
kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo‘ladi. Natijada taqqoslash 
elementi IV dagi soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. CHiqishda 
kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo‘ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda 
bosimning o‘zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga 
bog‘liq. Taqqoslash elementi IV dan chiqqan signal element V va quvvat 
kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U 
taqqoslash elementi kuchaytirgichining xatosini yo‘kotishga xizmat qiladi. O‘chirish 
relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo‘ljallangan. Buyruq bosim R
k
=0 
bo‘lganda soplo yopiq bo‘lib B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o‘tadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


427 
Rostlagichni o‘chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi R berilib, bunda, 
soplo ochiladi va kirish signali (R
kir
) bevosita B kameraga keladi. Bu holda 
taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o‘zaro teng, chiqishdagi bosim esa 
kirishdagiga teng bo‘ladi. Avvaldan ta’sirni 0,05...10 minutgacha oraliqda sozlash 
mumkin. 
14-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich 
2. Bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagich 
3. Dasturli rostlagich 
4. Drossellash diapazoni 
5. Izodrom vaqti 
6. Kuzatuvchi rostlagich 
7. Rostlash qonuni 
8. Rostlashning differensial qonuni 
9. Rostlashning integral qonuni 
10. Rostlashning statik qonuni 
11. Rostlashning mutanosib-differensial qonuni 
12. Rostlashning mutanosib-integral qonuni 
13. Rostlashning mutanosib-integral-differensial qonuni 
14. Stabillovchi rostlagich 
15. To‘g‘ri darajalash 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Rostlash qonuni deb nimaga aytiladi? 
2. Rostlashning statik qonuni deganda nimani tushunasiz? 
3. Rostlashning integral qonuni nima? 
4. Rostlashning mutanosib-integral qonunining tavsifini keltiring. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


428 
5. Rostlashning differensial qonuniga ta’rif bering. 
6. Rostlashning mutanosib-differensial qonuni deganda nimani tushunasiz? 
7. Rostlashning mutanosib-integral-differensial qonuni qanday afzalliklarga ega? 
8. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deb nimaga aytiladi? 
9. Nima uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda elektr rostlagichlar 
keng qo‘llaniladi? 
10. Pozision rostlagichlar ishlab chikarishning qaysi sohalarida ishlatiladi? 
11. Izodrom rostlagichlar deganda nimani tushunasiz? 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling