Umumiy doc
BOSHQARISH OB’EKTINING HOLATI HAQIDA
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
17.1.1. BOSHQARISH OB’EKTINING HOLATI HAQIDA
AVARIYAVIY VA OGOHLANTIRUVCHI SIGNALLASH Tizimning bu vazifa doirasidagi ishi shunday tashkil etiladiki, bunda, boshqarilayotgan jarayonning u yoki bu parametrlari me’yoridan chetlashishi yoki ob’ektning biror mexanizmining ishdan chiqishi tizimning kirish qurilmalarida qayd qilinadi. Bu qurilmalar uzilishiga bo‘lgan talabni shakllantiradi va mashina kelayotgan signalga maxsus dastur bo‘yicha ishlov beradi. Bu dasturning ishlashi natijasida yorug‘lik yoki tovush signali (yoki ikkalasi bir vaqtda) ulanadi. Ob’ektda avariya yoki avariya oldi holati bo‘lishiga qarab signalning xarakteri o‘zgarishi mumkin. Masalan, avariya vaqtida qizil lampa yonadi va tovush signali ulanadi, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 488 ogohlantiruvchi signal holida - ko‘k rang chiroq, yonadi va qo‘ng‘iroq chalinadi. Nazorat qilinuvchi parametrlari va qurilmalari son ko‘p bo‘lgan ob’ekt uchun dastlab signallash dasturi u yoki bu bo‘g‘inning nosozoliligi haqida umumlashtirilgan signal berishi mumkin (bu avtomatik signal. Keyin zarur bo‘lganda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar umumlashgan signalning shifrini ochib (chaqiruvchi signal), yanada mufassal axborotni chaqiradi. Signallash vazifasi mashinadan etarlicha tez aks ta’sir ko‘rsatishini talab qiladi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga aniq va ravshan axborot berishning shakl hamda usullarini chiqish zarurligini taqozo etadi, bundan tashqari bu shakllar ko‘pincha boshqarish ob’ekti xususiyatiga va texnologik jarayonga bog‘liq. 17. 1.2. BOSHQARISH OB’EKTI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI QAYD ETISH Bu vazifa boshqarish tizimi tarkibida turli xil qayd qiluvchi qurilmalar va asboblar borligini oldindan belgilab qo‘yadi (masalan, raqam bosish qurilmasi, ikkilamchi o‘ziyozar asboblar va hokazo) bu qurilma va asboblarda boshqarish ob’ektining holati va ish rejimlari haqidagi, shuningdek, texnologik jarayonning borishi haqidagi ma’lumot qayd qilinadi. Ma’lumotlar turli xil shaklda qayd qilinishi mumkin: kodlangan shaklda yoki odatdagi matnda, jadvallar, blankalar va hokazolar shaklida, bu hujjatlar bundan keyin qancha boshqa axborot tashuvchilarda (magnit lentalari, disklari vaqt saqlanishi va foydalanishiga bog‘liq holda qog‘ozda yoki perfolentalarda) qayd qilingan holda bo‘lishi mumkin. Qayd qilishning bir nechta turi farq qilinadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling