Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish masalalarini amalga oshirishning uchinchi bosqichi.
- 17.2.1. TEXNOLOGIK JARAYONNI BERILGAN REJIMDA ROSTLASH
.
Ikkinchi bosqich (17.4-rasm): 1) avtomatlashtirish va himoya qilishning mahalliy qurilmalari saqlanadi; 2) boshqaruvchi hisoblash mashinasi BHM ob’ektni odam ishtirokisiz ishtirokisiz boshqaradi, bunda u mahalliy avtomatlashtirish qurilmalari datchiklariga ta’sir ko‘rsatadi; 3) operator tizim ishini nazorat qiladi, u istagan vaqtda boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, uning ishiga aralashish imkoniga ega. 17.5-rasm. Boshqarish masalalarini amalga oshirishning uchinchi bosqichi. Uchinchi bosqich: (17.5-rasm). БО Р-р БХМ О БО ОАŠ БХМ О PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 492 Mahalliy avtomatlashtirish va himoya qilish qurilmalarining vazifalari BHM ga beriladi, odamning vazifasi esa ikkinchi bosqichdagidek qolaveradi. Endi texnologik jarayonlarni boshqarishning asosiy vazifalarini qarab chiqamiz. 17.2.1. TEXNOLOGIK JARAYONNI BERILGAN REJIMDA ROSTLASH Bu masalani hal etish keyinchalik mahalliy rostlovchi qurilmalarda ishlab chiqish sharti bilan «ustavka»larni hisoblashga keltiriladi, ular bu holda boshqarish tizimining ijro etuvchi mexanizmlari bo‘ladi. Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar turli xil grafiklar, jadvallar va boqsha ma’lumotlar bo‘lib, ularning bir qismi mashinaning xotirasiga oldindan kiritiladi, yana bir qismi esa tizimga rostlash jarayonining kechishida tezkorlik bilan keladi. Bu masalaning o‘ziga xos xususiyatlari, birinchidan, BHM ga xos bo‘lgan raqamli rostlashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishning zarurligidir; ikkinchidan, tizim tarkibiga uzluksiz kattaliklarni diskret kattaliklarga sxemali va dasturli almashtirish zarurligi va aksincha (chunki tizim kirishga odatda analogli signal keladi va BHMda ishlov berilgandan so‘ng tizimning chiqishda ham signal analogik bo‘lishi kerak) va uchinchidan, o‘lchashlar va almashtirishlarning aniqligiga ancha jiddiy e’tibor berish zarurligi. Rostlashning vazifasi, asosan, hisoblash vazifalaridir. Rostlash maqsadlari uchun tizim xotirasida saqlanadigan dastur asosan arifmetik amallarni o‘z ichiga oladi. Bu programmani ishga tushirish uchun talab, odatda, rostlash konturining teskari bog‘lanish zanjirida parametrlarning haqiqiy va talab qilinayotgan qiymatlarining nomutonosibligi belgisi sifatida shakllanadi. Texnologik ob’ektlar uchun rostlash masalalarini hal qilish odatda tez ta’sir ko‘rsatishning qat’iy talablari bilan bog‘liq. Bu narsa tegishli dasturlarni bajarish uchun afzallik darajasini belgilashda o‘z aksini topishi kerak. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling