Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

.
 
Ikkinchi bosqich (17.4-rasm): 
1) avtomatlashtirish va himoya qilishning mahalliy qurilmalari saqlanadi; 
2) boshqaruvchi hisoblash mashinasi BHM ob’ektni odam ishtirokisiz
ishtirokisiz boshqaradi, bunda u mahalliy avtomatlashtirish qurilmalari 
datchiklariga ta’sir ko‘rsatadi; 
3) operator tizim ishini nazorat qiladi, u istagan vaqtda boshqaruvni o‘z qo‘liga olib, 
uning ishiga aralashish imkoniga ega. 
 
 
17.5-rasm. Boshqarish masalalarini amalga oshirishning uchinchi bosqichi. 
Uchinchi bosqich: (17.5-rasm). 
БО 
Р-р 
БХМ 
О 
БО 
ОАŠ 
БХМ 
О 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


492 
Mahalliy avtomatlashtirish va himoya qilish qurilmalarining vazifalari BHM 
ga beriladi, odamning vazifasi esa ikkinchi bosqichdagidek qolaveradi. 
Endi texnologik jarayonlarni boshqarishning asosiy vazifalarini qarab 
chiqamiz. 
17.2.1. TEXNOLOGIK JARAYONNI BERILGAN
REJIMDA ROSTLASH 
Bu masalani hal etish keyinchalik mahalliy rostlovchi qurilmalarda ishlab 
chiqish sharti bilan «ustavka»larni hisoblashga keltiriladi, ular bu holda boshqarish 
tizimining ijro etuvchi mexanizmlari bo‘ladi. Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar 
turli xil grafiklar, jadvallar va boqsha ma’lumotlar bo‘lib, ularning bir qismi 
mashinaning xotirasiga oldindan kiritiladi, yana bir qismi esa tizimga rostlash 
jarayonining kechishida tezkorlik bilan keladi. 
Bu masalaning o‘ziga xos xususiyatlari, birinchidan, BHM ga xos bo‘lgan 
raqamli rostlashning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishning zarurligidir; 
ikkinchidan, tizim tarkibiga uzluksiz kattaliklarni diskret kattaliklarga sxemali va 
dasturli almashtirish zarurligi va aksincha (chunki tizim kirishga odatda analogli 
signal keladi va BHMda ishlov berilgandan so‘ng tizimning chiqishda ham signal 
analogik bo‘lishi kerak) va uchinchidan, o‘lchashlar va almashtirishlarning aniqligiga 
ancha jiddiy e’tibor berish zarurligi. 
Rostlashning vazifasi, asosan, hisoblash vazifalaridir. Rostlash maqsadlari 
uchun tizim xotirasida saqlanadigan dastur asosan arifmetik amallarni o‘z ichiga 
oladi. 
Bu programmani ishga tushirish uchun talab, odatda, rostlash konturining 
teskari bog‘lanish zanjirida parametrlarning haqiqiy va talab qilinayotgan 
qiymatlarining nomutonosibligi belgisi sifatida shakllanadi. Texnologik ob’ektlar 
uchun rostlash masalalarini hal qilish odatda tez ta’sir ko‘rsatishning qat’iy talablari 
bilan bog‘liq. Bu narsa tegishli dasturlarni bajarish uchun afzallik darajasini 
belgilashda o‘z aksini topishi kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


493 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling