Umumiy doc


BOSHQARISH OB’EKTINING HOLATI HAQIDA


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

17.1.1. BOSHQARISH OB’EKTINING HOLATI HAQIDA 
 AVARIYAVIY VA OGOHLANTIRUVCHI SIGNALLASH 
Tizimning bu vazifa doirasidagi ishi shunday tashkil etiladiki, bunda, 
boshqarilayotgan jarayonning u yoki bu parametrlari me’yoridan chetlashishi yoki 
ob’ektning biror mexanizmining ishdan chiqishi tizimning kirish qurilmalarida qayd 
qilinadi. Bu qurilmalar uzilishiga bo‘lgan talabni shakllantiradi va mashina 
kelayotgan signalga maxsus dastur bo‘yicha ishlov beradi. Bu dasturning ishlashi 
natijasida yorug‘lik yoki tovush signali (yoki ikkalasi bir vaqtda) ulanadi. Ob’ektda 
avariya yoki avariya oldi holati bo‘lishiga qarab signalning xarakteri o‘zgarishi 
mumkin. Masalan, avariya vaqtida qizil lampa yonadi va tovush signali ulanadi, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


488 
ogohlantiruvchi signal holida - ko‘k rang chiroq, yonadi va qo‘ng‘iroq chalinadi. 
Nazorat qilinuvchi parametrlari va qurilmalari son ko‘p bo‘lgan ob’ekt uchun 
dastlab signallash dasturi u yoki bu bo‘g‘inning nosozoliligi haqida umumlashtirilgan 
signal berishi mumkin (bu avtomatik signal. Keyin zarur bo‘lganda xizmat 
ko‘rsatuvchi xodimlar umumlashgan signalning shifrini ochib (chaqiruvchi signal), 
yanada mufassal axborotni chaqiradi.
Signallash vazifasi mashinadan etarlicha tez aks ta’sir ko‘rsatishini talab qiladi 
va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga aniq va ravshan axborot berishning shakl hamda 
usullarini chiqish zarurligini taqozo etadi, bundan tashqari bu shakllar ko‘pincha 
boshqarish ob’ekti xususiyatiga va texnologik jarayonga bog‘liq. 
 
17. 1.2. BOSHQARISH OB’EKTI TO‘G‘RISIDAGI
AXBOROTNI QAYD ETISH 
Bu 
vazifa 
boshqarish 
tizimi 
tarkibida 
turli 
xil 
qayd
qiluvchi qurilmalar va asboblar borligini oldindan belgilab qo‘yadi (masalan, raqam 
bosish qurilmasi, ikkilamchi o‘ziyozar asboblar va hokazo) bu qurilma va asboblarda 
boshqarish ob’ektining holati va ish rejimlari haqidagi, shuningdek, texnologik 
jarayonning borishi haqidagi ma’lumot 
qayd qilinadi.
Ma’lumotlar turli xil shaklda qayd qilinishi mumkin: kodlangan shaklda yoki 
odatdagi matnda, jadvallar, blankalar va hokazolar shaklida, bu hujjatlar bundan 
keyin qancha boshqa axborot tashuvchilarda (magnit lentalari, disklari vaqt 
saqlanishi va foydalanishiga bog‘liq holda qog‘ozda yoki perfolentalarda) qayd 
qilingan holda bo‘lishi mumkin. Qayd qilishning bir nechta turi farq qilinadi.

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling