Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Davriy qayd qilish. Bu holda tizim berilgan materiallar orqali ob’ekt 
datchiklarini so‘rab chiqadi va parametrlarning yo mutlaq qiymatlarini yoki ularning 
me’yordan chetlanishlari qiymatlarini qayd qiladi. Bunday qayd etishda axborotni 
yig‘ish, unga ishlov berish va chiqarishni ta’minlovchi dastur ishga tashqi 
ta’sirlARSiz kiritiladi, ya’ni taymer bo‘yicha uzilishi amalga oshiriladi, shundan 
so‘ng hamma axborot qayd qilinishini kutmasdan, joriy axborotga qaytish yuz beradi.
Axborotning ma’lum qiymati (porsiyasi) qayd qilingandan so‘ng qayd qiluvchi
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


489 
qurilmaning talabi bilan navbatdagi simvol (yoki simvollar guruhi) bosishga beriladi. 
Ishlashdagi bunday uzlukli rejim mashina vaqtini tejashga intilish bilan taqozo 
qilinadi, chunki qaydlagnchlar EHM ga nisbatan ancha sekinlik bilan ishlaydi va 
qayd qilishning oxirini ko‘tish uni noo‘rin to‘xtab turishga majbur qiladi. 
CHaqiriqqa ko‘ra qayd etish. U yoki bu ma’lumotlarni qayd qilish uchun 
chaqirib, operator uzilishga talabni shakllantiradi, shundan so‘ng zarur axborot 
davriy qayd etishdagiga o‘xshash maxsus dastur bo‘yicha to‘planadi, shakl 
almashtiriladi va chiqariladi. 
Boshqarish ob’ektining holati haqida avtomatik qayd etish. Bunda, 
tizimning ishi xuddi nosozliklarni signallashdagidek tashkil etiladi. Farq faqat 
shundaki, dastur ishining natijasi qayd qiluvchini (registratorni) ishga kiritishdan 
iborat bo‘ladi, unda odatda nosozliklarning nomi yoki me’yoridan chetlashgan 
parametrning nomi bunday holat yuz bergan vaqt qayd etiladi. Nosozliklarning turli 
guruhlari (masalan, avariyali va ogohlantiruvchi) turlicha qayd qilinishi mumkin, 
ya’ni maxsus belgi (masalan, simvollarning turli xil rangi) bilan qayd qilinishi 
mumkin. 
TBJAT doirasida qayd etish masalalarini bajarish operativ harakatlarni talab 
etmaydi va shuning uchun, mashinaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan yoki qayd 
etuvchilardan qayd etish uchun kelayotgan buyurtmalar katta afzallikka ega 
bo‘lmaydi va bu masalalar odatda shoshilinch bo‘lmaganda bajariladiganlar qatoriga 
kiritiladi. 
Hamma axborot masalalarining xarakteri odamning bevosita ishtirok etishini 
oldindan belgilab berib, u axborot oladi,uni tahlil qiladi va shu tahlil asosida 
texnologik jarayonga ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling