Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy texnik vositalarning tarkibi.
17.3-§. BOSHQARISH TIZIMLARINING TEXNIK VOSITALARI Boshqarish tizimi tarkibiga odatda qanday texnik vositalar kirishini va ular o‘zaro hamda boshqariluvchi ob’ekt bilan qanday bog‘langanini qarab chiqamiz: 4 4 5 5 2 2 3 3 y x r r 1 f n f 1 y n y ' 1 y ' n y 1 X m X ' 1 X ' m X 1 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 496 17.6-rasm. Asosiy texnik vositalarning tarkibi. Zamonaviy ABT texnik vositalar majmuasi ma’nosida ham, ularning birgalikdagi ishini tashkil etish ma’nosida ham yagona bir butuni sifatida tashkil etilishi kerak. SHu bilan birga istagan tizim struktura (tuzilish) jihatidan ayrim qismlarga bo‘linishi mumkin, bu yagonalik (bir butunlik) prinsipiga zid kelmaydi, chunki bu hamma qismlar boshqarishning yagona maqsadiga muvofiq ishlashi kerak. Asosiy texnik vositalarning tarkibi 17.6- rasmda ko‘rsatilgan. Bu rasmda quyidagilar belgilangan. 1- texnologik boshqarish ob’ekti (TBO); 2- diskret o‘garuvchilar datchigi; 3- analog o‘zgaruvchilar datchigi; 4- diskret ijro etuvchi mexanizmlar; 5- analog ijro etuvchi mexanizmlar; 6- boshqaruvchi hisoblash mashinasi; 6a- prosessor; 6b- BHM xotirasi; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 497 6v- BHM pulti; 7- axborot to‘plash qurilmasi (ATQ); 7a- me’yorlovchi o‘zgartkichlar; 7b- kommutatorlar; 7v- analog-raqamli o‘zgartkichlar (ARO‘) bloklari; 7g- axborotni boshqarishning yuqori darajalaridan qabul qilish apparaturasi; 7d- ATQ xotirasi; 8- axborotni chiqarish qurilmasi (ACHQ); 8a- chiqish kuchaytirgichlari bloklari; 8b- diskret kattaliklarni uzluksiz kattaliklarga almashtiruvchi bloklar (raqamli- analogi o‘zgartkichlar –RAO‘). 8v- axborotni boshqarishning yuqori darajalariga uzatish apparaturasi; 8g- ACHQ xotirasi; 9- operator pulti (OP); 9a- signallashtirish elementlari; 9b- qo‘lda boshqarish organlari; 10- qayd qilish qurilmasi; 11.BHM ga ma’lumotlarni kiritish qurilmasi; X - boshqarishning yuqori darajalaridan kiruvchi axborot va boshqarish signallari; U – boshqarishning yuqori darajalarining chiqish axborot va boshqarish signallari. Ishlab chiqarish jarayoni X va U o‘zgaruvchilar bilan ifodalanadi. CHiqish o‘zgaruvchilariga m X X ,..., 1 o‘zgaruvchilar kiradi, ularni ikkita qiymat bilan aniqlash mumkin: «ha» yoki «yo‘q», «ulangan» yoki «o‘chirilgan» va hokazo. Bu diskret signallar rostlanadigan tizimning boshqaruvchi signallariga bog‘liq signallarga va rostlanmaydigan signallarga ajraladi. Bularning birinchisiga, masalan, mexanizmlar holati datchiklari kiradi, ikkinchisiga - xom-ashyoning holatini ifodalovchi datchiklar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 498 kiradi. Ob’ektning chiqish parametrlari m X X ′ ′ ,... 1 — ob’ektning holatini ifodalovchi uzluksiz kattaliklar qiymati. Ular temperatura, tok, sarf, bosim va boshqalarning qiymatlari bo‘lishi mumkin, ular diskret o‘zgaruvchilar singari rostlanuvchi va rostlanmaydigan bo‘ladi. Ko‘pincha bu parametrlar bo‘yicha ob’ektga rostlovchi ta’sirning qiymati va ishorasi aniqlanadi. Ob’ektning kirish o‘zgaruvchilari n y y ,.... 1 - bu pirovardida ob’ektning diskret mexanizmlari holati bo‘lib, bunga ular mashina yoki odamning buyrug‘i ta’sirida o‘tishadi. n y y ′′ ′′ ,..., 1 o‘zgaruvchilar mazmunan turli xil rostlovchi ta’sirlar, optimallovchi topshiriqlar va boshqalarning analog kattaliklarini ifodalaydi. р r r ,..., 1 kirish o‘zgaruvchilari - bular rostlanmaydigan va o‘lchanmaydigan kattaliklar (masalan, vaqt o‘tishi bilan o‘zgaruvchi jihozlarning xarakteristikalari, xom ashyo tarkibi va hokazo). р r r ,..., 1 kirish o‘garuvchilari – bu xizmat qiluvchi xodimlar shakllantiradigan boshqaruvchi signallar. Qurilmaning holatiga turli cheklanishlar yoki biror vaqtda ishlab chiqarishning kon’yuktor ehtiyojlari bilan belgilanuvchi biror «kiritishlar» shunday signal bo‘lishi mumkin. 2 1 ,..., r r kirishlardan ba’zilari boshqarish tizimi kirishlarini takrorlaydi, ya’ni tizim ishdan chiqadigan bo‘lsa, bunda jarayonni optimal emas, balki me’yoriy boshqarish imkonini yo‘qotmaslik uchun rezerv (zahira) hisoblanadi. Tizim uchun hamma kirish signallarini qabul qilish va dastlabki ishlov berish vositasi axborotni to‘plash qurilmasi (ATQ) dir (7 blok). Kirish signallariga dastlabki ishlov berish quyidagiga keltiriladi: 1) analog kattaliklarni diskret kattaliklarga o‘tkazishni (almashtirishni) zarur aniqlikda bajarish, chunki BHM faqat diskret (raqamli) kattaliklar bilan ish ko‘radi; 2) tizimning kirishiga qanday axborot kirishiga bog‘liq holda uzilish signallarini shakllantirish (ya’ni O‘TQ da ob’ektda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan kelayotgan BHMning u PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 499 yoki bu ishga oid talablari ham tahlil qilinadi); 3) kiruvchi axborotni xotirlash (bu tizimning qisqa muddatli kirishlarini qayd qilib qo‘yish uchun zarur, chunki bu axborot mashinaga darhol tushmay, balki belgilangan uzilish ierarxiyasiga muvofiq navbat etganda tushadi); 4) axborotni boshqarishning yuqori darajalaridan qabul qilish. Bunda, xarakteristikalari o‘zlariga xos stabil bo‘lmaganidan juda uzun kanallar bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, ko‘pincha bu erda telemexanik qurilmalardan foydalaniladi. Boshqaruvchi ta’sirlarni va nazorat signallarini shakllantirish vositasi bo‘lib axborotni chiqarish qurilmasi (ACHQ) xizmat qiladi (8-blok). Unda quyidagilar amalga oshiriladi: 1) tizimning chiqish signallarini xotirada saqlab qolish, bu BHM chiqish axborotini chiqarib bergandan so‘ng bu holda o‘z buyruqlarini kutmasdan boshqa ishlarni bajarishga o‘tishi mumkin bo‘lishi uchun zarur; 2) raqamli parametrlarni uzluksizga aylantirib, ularni yoki «qurilmalar» sifatida ob’ekt mexanizmlariga, yoki analog turidagi ko‘rsatuvchi asboblarga uzatish uchun almashtitirish; 3) ma’lumotlarni tegishli aloqa kanallari bo‘yicha telemexanik uzatish; 4) ob’ektning real ijro etuvchi mexanizmlarini va signallash hamda qayd qilish organlarini boshqarish uchun zarur kuch. 17-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Boshqarishning texnik vositalari 2. Matematik boshqarish vostalari 3. Matematik ta’minot 4. Dasturiy ta’minot 5. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar 6. Mahalliy avtomatik qurilmalar 7. Kirishlar va chiqishlar soni 8. Axborotning qiymatiy tavsiflari PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 500 9. Tizimning tez ishlashi 10. Tizim chiqishlarining buzilish ehtimoli 11. Davriy qayd qilish 12. CHaqiriqqa ko‘ra qayd etish NAZORAT SAVOLLARI 1. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining asosiy tarkibiy qismlarini sanab o‘ting. 2. Tashqi va ichki matematik ta’minotni izohlang. 3. Mahalliy avtomatik qurilmalar deganda nimani tushunasiz? 4. TJABT larga qanday vazifalar yuklatilgan 5. Boshqarish ob’ektining holati haqida qanday avariyaviy va ogohlantiruvchi signallar mavjud? 6. Boshqarish ob’ekti to‘g‘risidagi axborotni qayd etishning qanday turlari mavjud? 7. Boshqarish masalalari vazifalarni qayta taqsimlash bo‘yicha necha bosqichda amalga oshiriladi? 8. Asosiy texnik vositalarning tarkibini sanab o‘ting. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling