Umumiy doc


 AVARIYAGA QARSHI TADBIRLARNI TASHKIL ETISH


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
17.2.4. AVARIYAGA QARSHI TADBIRLARNI TASHKIL ETISH 
Agar optimallash masalalari uchun o‘rtacha afzallik belgilansa, avariyaga 
qarshi himoya qilish masalalariga yuqori afzallik belgilanadi va tegishli dasturlarga 
birinchi talabga ko‘ra hech qanday navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi. 
YUqori darajada ishonchlilik va avariyaga qarshi tadbirlarni tez bajarishni 
ta’minlash zarurligi - bularning hammasi boshqarish tizimiga bo‘lgan talablarni 
yanada qattiqlashtiradi. 
Avariyaga qarshi masalalarning butun kompleksini uchta asosiy guruhga 
ajratish mumkin: 
1) agar biror avariya sodir bo‘lsa, nima qilish zarurligining dastlabki hisob-
kitobi masalalari; 
2) avariya sodir bo‘lganda, turli tadbirlarni ta’minlash (apparatlarni o‘chirish, ish 
rejimini o‘zgartirish va boshqa) masalalari; 
3) avariya oqibatlarini bartaraf qilishni ta’minlash masalasi (istiqbolni 
belgilash masalasi). 
Masalalarning (vazifalarning) birinchi guruhi joriy sharoitlarni hisobga olib, 
mumkin bo‘ladigan avariya holatlarini oldindan bilib beradigan BHM ga yuklanadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


495 
Ikkinchi guruh masalalarini hal qilish ko‘pincha mahalliy avtomatlashtirish 
qurilmalari zimmasiga yuklanadi. 
Avariya oqibatlarini bartaraf qilish va normal rejimga o‘tish yo BHM ga, yoki 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar zimmasiga yuklanadi. 
17.2.5. BOSHQARISHNING YUQORI DARAJALARI BILAN
OPERATIV ALOQA 
Operativ aloqa boshqaruvchi masalalarni hal qilish uchun ham, axborot 
masalalarini hal qilish uchun ham kerak. U ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi: 
«mashina-mashina» aloqasi, yoki operativ xodimlar orqali aloqa. 
Bu aloqani bajarish dasturi talab qilinayotgan axborotga bo‘lgan talabni qabul 
qilish va tahlil qilish, bu axborotni izlash yoki yig‘ish va zarur ishlov berish, 
shuningdek, uni ko‘rsatilgan manzilga (adresga) uzatishni ta’minlaydi. 
Juda takomillashgan ABT da ancha chuqur aloqa tashkil etiladi. Uni «xotira-
xotira» deyiladi. 
Bu holda ishga u yoki bu dasturni kiritishga buyurtmani bajarishdan tashqari
tizimlar axborotlarni bir xotiradan ikkinchisiga yozib, ularni almashishlari mumkin. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling